Janubiy Koreyaning janubi-sharqidagi Kanvondo viloyatida harbiy vertolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Kyodo agentligiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
UH-1H rusumli vertolyot nazorat parvozi chog‘ida yerga qulagan. Salondagi ekipajning to‘rtala a’zosi darhol shifoxonaga yetkazilgan, ammo ularning uch nafari jon taslim qilgan. Ekipajning to‘rtinchi a’zosi – 50 yoshli uchuvchining esa, ahvoli og‘ir bo‘lsa-da, hushi joyida. Unga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Harbiylar hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshladi.
Izoh (0)