Qozog‘iston va Eron prezidentlari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy telefon suhbati davomida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni prezident saylovidagi g‘alaba va lavozimga kirishgani bilan tabrikladi.
Suhbat davomida ikki mamlakat yetakchilari Qozog‘iston-Eron hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishgan. Tomonlar siyosiy muloqotning yuqori darajasi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi samarali munosabatlarni qayd etib o‘tishgan.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari bo‘yicha ham fikr almashilgan.
Izoh (0)