Yaponiya Jahon iqtisodiy forumi (JIF) ekspertlari tomonidan tuziladigan raqobatbardosh milliy turizm reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “TASS”. Shu tariqa, u ushbu nufuzli ro‘yxatning yuqori pog‘onalariga birinchi marta ko‘tarildi.
JIF ta’kidlashicha, Yaponiyada sayyohlik sohasida yuqori malakali xodimlar ishlaydi, mijozlar bilan muomala esa a’lo bahoga sazovor. Bundan tashqari, bu yerda katta miqdordagi tarixiy meros obyektlari bor. Shuningdek, mamlakatdagi transport unfratuzilmasi qulay va taraqqiy etgan.
2014-yilda Yaponiyaga 13,4 million xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, ularning jami xarajatlari 2 trillion yen (16,8 milliard dollar)dan oshgan. Mahalliy hukumat 2020-yilga kelib, sayyohlar oqimi yiliga 20 million kishigacha yetishini ko‘zda tutmoqda.
Izoh (0)