Polsha prezidentligi uchun o‘tkazilayotgan saylovning birinchi bosqichidan so‘ng amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy fuqarolarning o‘z xohishini erkin ifodalashi, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish va soliq qonunchiligi masalalari bo‘yicha referendum tez orada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Jamoatchilik fikrini bilish orqali bu o‘zgarishlar tez orada amalga oshirilishi mumkinligiga aminman”, — dedi prezident.
Komorovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu masalalarni isloh qilish g‘oyasi prezident saroyida anchadan beri bor bo‘lgan, ammo so‘nggi kunlardagi hodisalar referendum tez orada o‘tkazilishi kerakligini ko‘rsatdi.
Mustaqil nomzod Pavel Kukiz o‘zining saylovoldi dasturi sifatida fuqarolarning o‘z xohishini erkin ifodalash masalasini ko‘tarib chiqqandi. U saylovda 20,5 foiz ovoz bilan uchinchi natijani ko‘rsatdi. Saylovning ikkinchi bosqichiga 34,5 foiz ovoz to‘plagan Anjey Dusa va 33,1 ovoz olgan amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy chiqdi. Ikkinchi bosqich 24-may kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)