Xitoyning Szinin shahrida olti yoshli bola ko‘chaning transport yuradigan qismida o‘ynab o‘tirganida muyulishdan avtomobil chiqib keldi. Videokamera mashinaning bir soniyaga bo‘lsa-da to‘xtamay, bolani bosib o‘tganini muhrlagan. Hayratlanarlisi shuki, shundan keyin ham bolakay o‘rnidan sakrab turgan va uyiga yugurib ketgan, deb yozadi Mirror.
Videoyozuvni ko‘rgach, bolakayning ota-onasi vahimaga tushgan, o‘zlarining e’tiborsizligidan farzandining sal qolsa halok bo‘lishi mumkinligini ko‘z oldiga keltirib, yig‘lab yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bolaning yuzi va oyog‘i kichik jarohatlar olgan. Politsiyachilar fikricha, u avtomobil g‘ildiraklari orasida qolib ketgani uchun tirik qolgan. Videoyozuvda yo‘ltanlamas avtomobilning bolakayni sezmay qolganini ko‘rish mumkin. Hozirda mahalliy hukumat haydovchini qidirmoqda.
Izoh (0)