24-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da Donetskdagi Lenin maydonida “Donetsk xalq respublikasi” mitingi bo‘lib o‘tdi, unda qurollangan soqchilar qurshovida jangarilar taxminan 50 nafar asirga olingan ukrain harbiylari kolonnasini olib o‘tishdi. Bu haqda “Segodnya” xabar berdi.
Kolonna ma’lum masofagacha piyoda olib o‘tildi, so‘ng ularni avtobusga o‘tqizib olib ketishdi.
Namoyish marosimiga Donetskning yuzga yaqin aholisi tashrif buyurdi. Guvohlarning xabariga ko‘ra, ba’zi kishilar asirlarga un sepib, qarg‘ishlar yog‘dirgan.
Maydonda, shuningdek miting va Ukraina harbiylaridan olib qo‘yilgan texnikalar, jumladan to‘plar, tank, BTR, yuk mashinasi va boshqalardan iborat ko‘rgazma tashkil qilindi.
Nashrning eslatishicha, terrorchilar 100 dan ortiq kishini asir olgan.
Izoh (0)