Toshkent shahrida 95 foiz iste’molchi oqova suv tizimi bilan ta’minlangani ma’lum qilindi.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” xabariga ko‘ra, bu tizimni to‘la holda saqlash va undan samarali foydalanish tashkilot zimmasida. Bunda oqova suv inshootlarini soz holatda tasarruf etish tizim faoliyatining asosi hisoblanadi.
Har mavsum oldidan inshootlarda olib boriladigan profilaktik tadbirlar yuqoridagi maqsadlarga qaratilgan ekani ta’kidlandi. Ayni kunda Bo‘zsuv oqova suv inshootlarda ta’mirlash ishlarida texnologik sozlash ishlari olib borilmoqda.
Oqova suvlarni qabul qilib olishdan tortib tozalangan suvni ochiq suv havasiga qaytarib tashlagungacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarda ishlovchi texnikalar yana bir karra ko‘zdan kechirilib, ta’mirtalab holatlar bartaraf etilmoqda.
O‘zbekistonda 2025-yilda 715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suvi yetib boradi. Joriy yilda 1 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, tizimdagi 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor markazlashgan toza ichimlik suvi yetib boradi, 135 ming xonadon oqova tarmog‘iga ulanadi, 157 ming iste’molchiga zamonaviy hisoblagich o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, davlat rahbarining Fransiyaga tashrifi doirasida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ichimlik suvi bo‘yicha 340 million yevrolik 3 ta loyiha kelishildi.
Izoh (0)