Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi, Namangan shahar hokimligi xizmat mashinalarida doimiy ravishda qoida buzilgani, Toshkentdagi kafe va restoranlarda taomnomalar o‘zbek tilida bo‘lishi – “Daryo” nashri 22-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
O‘zbekistonda haj va umra yagona portali ishga tushadi
U orqali fuqarolar ziyorat uchun elektron navbatga turishi mumkin bo‘ladi.
Tuman MMTB, FVB, Ekologiya bo‘limi boshliqlari va bojxona inspektori pora olayotganida ushlandi (video)
Toshkent shahri, viloyati va Samarqandning ikki tumanida qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi
Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti sifatida qayta tashkil etiladi.
Toshkentda YPXdan qochganlar Gentra’da nechta avtomobilni shikastlagani ma’lum qilindi
Avtomobilda bo‘lganlarning barchasi qamoqqa olingan.
Prezident O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionati IV divizionida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev yengil atletikachilarning yutug‘ini ham alohida e’tirof etdi.
“O‘zgidromet” 6 ta viloyatda sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi
23—24-aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Namangan shahar hokimligi xizmat mashinalarida doimiy ravishda qoida buzilgani aniqlandi
Shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘ragandi.
O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamayib, o‘limlar ko‘paydi
Statistika qo‘mitasi navbatdagi tahlilni eʼlon qildi.
O‘zbekistonda to‘ylar tartibga solinadi
Yoshlarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqiladi.
Toshkentdagi kafe va restoranlarda taomnomalar o‘zbek tilida bo‘lishi ta’minlandi
Xususan, Bоn!, Basri Baba, Cakelab vа China chuan chuan restoranlarida taomnomalar va xizmat ko‘rsatish o‘zbek tilida emasligidan shikoyat qilingandi.
O‘zbekistonda 6 trln so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi
Eksport hajmi 250 mln dollarga yetkazilishi ma’lum qilindi.
Mashina o‘g‘irlashda gumonlangan sudya IIB binosida qiynoqqa solingani aytildi. IIV inkor etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi kafelarning biridan mast holda chiqqan Mirobod tuman sudi sudyasi Rustam Rahmonov mashina o‘g‘irlaganlikda gumonlanayotgani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qariyb 5 trln so‘mlik mahsulotlar mahalliylashtiriladi
Shavkat Mirziyoyev mazkur sohada joriy yil birinchi chorakda qilingan ishlar va navbatdagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Kimyo sanoatida birinchi chorakda 181 mln dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi
Prezident kimyo sanoatidagi loyihalar ijrosi va tarmoqni diversifikatsiya qilish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
O‘zbekistonda mart oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi pasaydi — tahlil
Shuningdek, yangi va o‘rtacha foydalanilgan elektromobillar narxining tushishi tezlashgan.
Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarga subsidiya va kompensatsiyalar beriladi
Pul mablag‘lari mehnat migratsiyasiga ketayotganlarga qanday xarajatlarni qoplash uchun ajratilishi aytildi.
YTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga “ko‘chmas mulk bo‘yicha agent” sifatida rieltorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilishi kutilmoqda
Deputatlar “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Izoh (0)