O‘zbekistonda 2025-yilda 6,3 trln so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilib, eksport hajmi 250 mln dollarga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyati 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, 2024-yil yakuni bo‘yicha 5,1 trln so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi, 180,1 mln dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksport qilindi.
Tarmoq bo‘yicha jami 310 mln dollarlik investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi. Farmatsevtika klasterining sanoat zonasida umumiy qiymati 796,9 mln dollarlik 21 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar uchun klaster maydonidan 84,71 gektar yer ajratildi.
9 ta loyihada qurilish ishlari boshlandi, 11 ta loyihalarda loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2024-yilda GxP standartlarni joriy etish bo‘yicha 3 785 ta korxonada inspeksiya amalga oshirildi. GMP sertifikatiga ega korxonalar soni 54 taga, GDP sertifikatiga ega distribyutor korxonalar soni 318 taga, GPP sertifikatiga ega dorixonalar soni 2 538 taga yetkazildi.
2025-yilda farmatsevtika yo‘nalishida 453 mln dollarlik (o‘sish — 146 foiz) investitsiya mablag‘lari o‘zlashtiriladi. Shu jumladan, 166 mln dollarlik 32 ta loyiha ishga tushiriladi hamda 1 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
O‘zbekistonning qaysi hududida dori uchun eng ko‘p pul sarflanadi?
Aholi jon boshiga nisbatan to‘g‘ri keladigan eng yuqori xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahrida — 1,7 mln so‘m;
- Buxoro viloyatida — 746 ming so‘m;
- Samarqand viloyatida — 660,7 ming so‘m.
Eng kam xarajatlar:
- Qashqadaryo viloyatida — 308,9 ming so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 302,3 ming so‘m;
- Surxondaryo viloyatida — 289,5 ming so‘m.
Umuman o‘tgan yilda dori vositalari uchun eng katta xarajatlar:
- Toshkent shahri — 5 trln so‘m;
- Samarqand viloyatida — 2,6 trln so‘m;
- Farg‘ona viloyatida —1,5 trln so‘m.
Poytaxt ko‘rsatkichlari yirik tibbiyot muassasalarining aynan ushbu hududda joylashgani hisobiga shakllangan.
Respublika hududlari kesimida eng kam xarajatlar quyidagilarga to‘g‘ri kelmoqda:
- Jizzax — 536 mlrd so‘m;
- Navoiy — 490 mlrd so‘m;
- Sirdaryo — 442,5 mlrd so‘m.
Bunday axborotlar soliq organlarining ma’lumotlar bazasida nafaqat viloyatlar, balki har bir tuman va mahalla kesimida shakllanadi.
O‘zbekistonda bir yilda 31,7 mlrd so‘mlik dori va tibbiyot buyumlari aholiga bepul berildi.
Reimbursatsiya dasturi doirasida gipertoniya va yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan dispanser nazoratida turgan bemorlar oilaviy shifokorlariga murojaat etib, elektron resept asosida dorixonalardan 27 turdagi dori vositalarini bepul olishi mumkin.
Izoh (0)