Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025-yilning mart oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining o‘zgarishi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi
Mart oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi pasayishda davom etdi.

Avtomobillar narxlari yanvar oyidagiga nisbatan quyidagicha arzonlashdi:
- Onix: ko‘p foydalanilgani 1000 dollarga (13 172 dollardan 12 170 dollarga), kam foydalanilgani 400 dollarga (14 900 dollardan 14 500 dollarga);
- Lacetti: ko‘p foydalanilgani 300 dollarga (13 500 dollardan 13 200 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 200 dollarga (14 500 dollardan 14 300 dollarga), kam foydalanilgani 150 dollarga (15 ming dollardan 14 850 dollarga);
- Cobalt: o‘rtacha foydalanilgani 339 dollarga (12 339 dollardan 12 ming dollarga), ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (11 600 dollardan 11 500 dollarga), kam foydalanilgani 70 dollarga (12 750 dollardan 12 680 dollarga);
- Nexia: o‘rtacha foydalanilgani 600 dollarga (11 500 dollardan 10 900 dollarga); ko‘p foydalanilgani 284 dollarga (10 784 dollardan 10 500 dollarga);
- Spark: o‘rtacha foydalanilgani 100 dollarga (10 500 dollardan 10 400 dollarga), ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (9 600 dollardan 9 500 dollarga);
- Damas: o‘rtacha foydalanilgani 134 dollarga (8 ming dollardan 7 866 dollarga), kam foydalanilgani 61 dollarga (8 061 dollardan 8 ming dollarga) arzonlashgan.
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi yanvar oyidagiga nisbatan quyidagicha o‘zgargan:

- Equinox: kam foydalanilgani 2400 dollarga (35 500 dollardan 33 100 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 1000 dollarga (31 ming dollardan 30 ming dollarga), ko‘p foydalanilgani 466 dollarga (27 300 dollardan 26 834 dollarga);
- Malibu: kam foydalanilgani 313 dollarga (32 313 dollardan 32 ming dollarga);
- Tracker: ko‘p foydalanilgani 723 dollarga (16 923 dollardan 16 200 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 382 dollarga (17 882 dollardan 17 500 dollarga) arzonlashgan. Shuningdek, o‘rtacha foydalanilgan Malibu narxi 150 dollarga (29 150 dollardan 29 300 dollarga) oshgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan Malibu (26 ming dollar) va kam foydalanilgan Tracker (18 ming dollar) narxida o‘zgarish kuzatilmagan.
Elektromobillar narxi
Mazkur davrda yangi va o‘rtacha foydalanilgan elektromobillar narxining tushishi tezlashdi. Xususan:
- BYD E2: yangisi 800 dollarga (16 800 dollardan 16 ming dollarga);
- BYD Han: o‘rtacha foydalanilgani 1100 dollarga (35 ming dollardan 33 900 dollarga), yangisi 650 dollarga (32 150 dollardan 31 500 dollarga);
- BYD Song Plus DM-i Champion: o‘rtacha foydalanilgani 1200 dollarga (25 500 dollardan 24 300 dollarga), yangisi 600 dollarga (28 200 dollardan 27 600 dollarga);
- BYD Song Plus EV Champion: yangisi 675 dollarga (28 ming dollardan 27 325 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 500 dollarga (26 ming dollardan 25 500 dollarga);
- BYD Yuan Up: yangisi 200 dollarga (20 800 dollardan 20 600 dollarga, o‘rtacha foydalanilgani 225 dollarga (19 ming dollardan 18 775 dollarga) arzonlashgan.
Xorijiy avtomobillar narxi
Mart oyida yanvar oyiga nisbatan xorijiy avtomobillardan Kia Sportage, K5, Sorento va Seltos‘ning narxlari boshqa avtomobillar narxlariga nisbatan sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan:
- Kia Sorento: ko‘p foydalanilgani 3000 dollarga (38 ming dollardan 35 ming dollarga), kam foydalanilgani 3000 dollarga (47 500 dollardan 44 500 dollarga);
- Kia Sportage: kam foydalanilgani 1750 dollarga (31 750 dollardan 30 ming dollarga), ko‘p foydalanilgani 1233 dollarga (29 733 dollardan 28 500 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 678 dollarga (31 178 dollardan 30 500 dollarga);
- Kia K5: o‘rtacha foydalanilgani 1200 dollarga (27 500 dollardan 26 300 dollarga), ko‘p foydalanilgani 900 dollarga (26 ming dollardan 25 100 dollarga);
- Kia Seltos: o‘rtacha foydalanilgani 1350 dollarga (26 ming dollardan 24 650 dollarga), ko‘p foydalanilgani 500 dollarga (24 ming dollardan 23 500 dollarga), kam foydalanilgani 550 dollarga (25 800 dollardan 25 250 dollarga) arzonlashdi.
2024-yilning noyabr oyida o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks avtomobillar o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, mahalliy lyuks va elektromobillar narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. 2024-yil dekabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayishda davom etdi va bu o‘rtacha narxlarda o‘z aksini topgandi.
2025-yilning yanvarida O‘zbekiston ikkilamchi avtomobil bozorida yanvar oyida pasayish davom etdi. Mahalliy ommabop avtomobillar narxi 2024-yilning dekabr oyidagiga nisbatan arzonlashdi.
Izoh (0)