Rossiya Federatsiyasining Sankt Peterburg shahrida sud 14 quti tovuq tuxumini o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgan 34 yoshli erkakka nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda shahar prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Krasnogvardiya tumani prokuraturasi ilgari bir necha bor sudlangan 34 yoshli Ruslan Glexshteyn haqidagi jinoiy ish bo‘yicha davlat ayblovini qo‘llab-quvvatladi. Jinoyatlar majmui bo‘yicha aybdorga qattiq tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘tash sharti bilan 7 yil-u 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Sudda aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchi 2023-yilning 26-noyabr kuni ertalab soat to‘rtda Marshal Tuxachevskiy ko‘chasidagi do‘kondan har birida 10 tadan bo‘lgan 14 quti tovuq tuxumini o‘g‘irlagan. Yetkazilgan zarar 1700 rublni (264 ming so‘m) tashkil etgan. U Rossiya Jinoyat kodeksining 161-moddasi 1-qismi (bosqinchilik) bo‘yicha aybdor deb topildi.
“Dastlabki tergov jarayonida ayblanuvchi o‘g‘irlangan mahsulotni uyiga olib kelganini, tovuq tuxumlarining bir qismini o‘zi iste’mol qilganini, qolgan qismini esa tanishlariga sovg‘a qilganini bildirdi”, deya ta’kidlandi idora bayonotida.
Izoh (0)