• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Telegram qaysi davlatlarda va nima sababdan taqiqlangan?

    Telegram kompaniyasi dunyoning turli mamlakatlarida bir necha bor ziddiyatli vaziyatga duch kelgan. Messenjer terrorizmni targ‘ib qilish, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi, dezinformatsiya tarqatish va ekstremizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda.

    Telegram asoschisi va bosh direktori Pavel Durov hibsga olinganidan so‘ng, ilova yana qattiq tanqidlar obyektiga aylandi. Durov 24-avgust kuni Ozarbayjondan Parijga shaxsiy samolyotida borganda Le Burje aeroportida qo‘lga olindi. U fransuz huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan Telegram’da kiber va moliyaviy jinoyatlar masalalarida hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblandi. 

    Foto: Getty Images
    U hibsga olinganidan keyin: “Telegram bosh direktori Pavel Durovning yashiradigan hech narsasi yo‘q. Odatda tez-tez Yevropa bo‘ylab sayohat qiladi. Ilova suiiste’mol qilingani uchun platforma yoki uning egasini javobgar deb topish absurd”, deya munosabat bildirdi Telegram jamoasi.

    Xabarlar almashish ilovasi shu kabi ayblovlar yoki hukumatning ommaviy axborot vositalari erkinligini cheklashi sababli ba’zi mamlakatlarda taqiqlagan va allaqachon ko‘plab mamlakatlarda ziddiyatlarga sabab bo’lgan.

    2015-yildan beri Telegram 31 ta mamlakatda vaqtincha yoki butunlay taqiqlangan, bu butun dunyo bo‘ylab 3 milliarddan ortiq foydalanuvchi demakdir.

    Telegram bilan muammoga duch kelgan mamlakatlar haqida quyida ma’lumot beramiz:

    Buyuk Britaniya

    Avgust oyi boshida Telegram Buyuk Britaniyadagi muhojirlarga qarshi tartibsizliklarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish uchun ishlatilgan, deya xabar beradi Britaniya politsiyasi.

    Bu Angliya shimolida bolalar o‘ldirilganidan keyin sodir bo‘ldi, shundan so‘ng Telegram ekstremist guruhlar tomonidan qochqinlar, musulmonlarga nisbatan nafratni targ‘ib qilish, hujum joylari va nishonlari haqida ma’lumot almashishda foydalanildi.

    Britaniya bosh vaziri Key Starmer ijtimoiy tarmoqlardagi tartibsizliklarning tarqalishiga hissa qo‘shayotgan bunday faoliyatga qarshi keskin choralar ko‘rilishini bildirdi. Biroq hozirgacha Telegram’ga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmadi. Biroq Starmer 2021-yilda barchani kompaniyaga qarshi “qattiq va samarali sanksiyalar” qo‘llashga chaqirdi.

    Ispaniya

    Mart oyida Ispaniya aholisi qisqa muddatga Telegram’dan foydalanish imkonidan mahrum bo‘ldi: mamlakatning to‘rt asosiy media-nashrlari – Mediaset, Atresmedia, Movistar va Egeda ular tomonidan yaratilgan, mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontent ruxsatsiz Telegram orqali tarqatilayotganidan shikoyat qilganidan so‘ng, sud ilovani taqiqladi.

    2023-yil iyulida sud ishni ko‘rib chiqish uchun Telegram’dan qo‘shimcha ma’lumot yuborishni so‘radi. Messenjer vakillari javob bermaganidan so‘ng esa ilovani bloklash buyurildi. Biroq nomutanosiblik va millionlab foydalanuvchilarga zarar yetkazishi mumkin, kabi tanqidlardan keyin qaror bekor qilindi.

    Norvegiya

    Mamlakat ushbu ilovani milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin deb hisoblaydi. Shu sababdan 2023-yil mart oyida amaldorlar va siyosiy maslahatchilarga ish qurilmalaridan Telegram va TikTok’dan foydalanishga taqiq qo‘yildi.

    Focus 2023 tahdidlarini ochiq baholashda razvedka xizmati Norvegiya xavfsizligi manfaatlariga asosiy tahdid sifatida Rossiya va Xitoyni ko‘rsatmoqda.

    “Shuningdek, ular ijtimoiy tarmoqlar dezinformatsiya va soxta yangiliklar orqali bizga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lganlar uchun qulay maydon ekanini ta’kidlamoqda”, dedi adliya vaziri Emilie Enger Mehl.

    Germaniya

    2022-yilda Germaniya hukumati 64 ta kanal nafratga qarshi qonunlarni buzishi mumkinligini aniqlagandan so‘ng Telegram’ni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Xususan, antisemit kanallar haqida so‘z bordi.

    Germaniya Telegram operatorlariga mamlakat qonunchiligiga rioya qilmagani uchun 5 million yevro miqdorida jarima soldi. Messenjer Germaniya hukumati bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgan va ushbu videolar bilan bir qatorda noqonuniy kontentga ega bo‘lgan barcha materiallarni o‘chirib tashlagan.

    Ukraina

    Telegram 2022-yil boshida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri asosiy aloqa ilovasiga aylandi: prezident Vladimir Zelenskiy har kuni kanalida murojaat qoldirdi, messenjerdan frontda aloqa uchun foydalanildi.

    Foto: Axios

    Biroq rossiyaliklar ham undan o‘z maqsadlarida, xususan, dezinformatsiya tarqatish va harbiy guruhlarni buzish uchun foydalanmoqda. Bu Ukrainani agar kompaniya ma’lum o‘zgartirishlar kiritmasa, masalan, Ukrainada ofis ochmasa va zararli yoki yolg‘on kontentni olib tashlamasa, Telegram’ni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqishga majbur qildi.

    Rossiya

    2018-yilda kompaniya asoschisi va bosh direktori Pavel Durov baʼzi foydalanuvchilar haqidagi maʼlumotlarni rasmiy idoralarga topshirish talablarini bajarmagani uchun Rossiya Telegram’ni ikki yilga taqiqlagandi. Ammo taqiq yaroqsiz bo‘lib qoldi. Dastur esa aholi uchun yangiliklarning asosiy elchisiga aylandi.

    Vaqtinchalik taqiqqa qaramay, rasmiy Telegram kanallari keyinchalik Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi kabi davlat idoralariga kirib keldi.

    Belarus

    Belarusda Telegram 2020 va 2021-yillardagi hukumatga qarshi namoyishlar haqida ma’lumot almashish uchun asosiy vosita bo‘lgan. Ilova hatto prezidentlik saylovlari paytida mamlakat interneti uch kunga yopilgan davrda ham ishlashda davom etgan kam sonli ilovalardan biri edi.

    Ovoz berishdan so‘ng Belarusda ekstremistik va asosan hukumatga qarshi deb topilgan Telegram kanallari ro‘yxati e’lon qilindi. Xalqaro Amnistiya tashkilotiga ko‘ra, ularga qo‘shilgan foydalanuvchilar yetti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

    Xitoy

    Telegram Xitoyda 2015-yildan beri bloklangan. Xitoy rasmiylari ushbu messenjer milliy xavfsizlikka tahdid soladi, go‘yoki unda salbiy kontent tarqaladi, norozilik aksiyalari va hukumat nazorati ostida bo‘lmagan jamoat harakatlari tashkil etiladi, deb hisoblaydi.

    Foto: Time

    Ba’zi ekspertlarning fikricha, Xitoy hukumatining o‘zi hukumat va kommunistik partiyani tanqid qilib, blokirovka uchun sabab yaratish uchun “hujumlar” uyushtirgan.

    Eron

    Telegram Eronda mamlakatning iqtisodiy ahvolini yaxshilash talabi bilan boshlangan norozilik namoyishlari ortidan 2018-yildan so‘ng bloklangan. Hukumat Telegram’ni namoyishlarga yordam berganlikda ayblab, Eronda ishlab chiqarilgan mahalliy ilovalarni qo‘llab-quvvatlash kerakligini aytgan.

    Taqiqdan avval Eronning 80 millionlik aholisining yarmi Telegram’dan foydalanishi xabar qilingan. Ko‘pchilik hali ham VPN orqali ilovadan foydalanishda davom etmoqda.

    Hindiston

    Durov hibsga olinganidan bir kun o‘tib Hindiston hukumati Telegram’ning bir necha jinoiy faoliyatdagi o‘rni bo‘yicha tergov olib borilayotganini ma’lum qildi. Taqiqlash to‘g‘risidagi qaror tergov tugaguniga qadar qabul qilinishi mumkin.

    Aytilishicha, messenjer orqali bolalar pornografiyasi va universitet kirish imtihoni varaqlari tarqatilgan, aksiyalar narxi manipulyatsiya qilingan va tovlamachiliklar amalga oshirilgan.

    Foto: Times of India

    Iyul oyida hukumat Telegram kanalidagi administrator po‘lat list ishlab chiqaruvchi kompaniya aksiyalari narxini sun’iy o‘zgartirgani uchun 20 000 yevrodan ko‘proq mablag‘ olganini fosh qiluvchi sxemalardan birini aniqladi.

    “Telegram’dagi eng keng tarqalgan firibgarlik turlaridan biri bu investitsion firibgarliklar bo‘lib, unda foydalanuvchi guruhga taklif etiladi va rasmiy birja savdo ilovasini aks ettiruvchi aslida soxta dastur orqali aksiyalarga investitsiya qilish so‘raladi”, dedi Dehli politsiyasining kiberjinoyatchilik bo‘limi.

    Tailand

    Telegram Tailandda 2020-yildan beri hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida qo‘llangani uchun taqiqlangan. Ilova orqali 2014-yilda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatni qo‘lga kiritgan sobiq bosh vazir Prayut Chan-o-chaning isteʼfosi talab qilingan materiallar tarqatilgan.

    29.08.2024, 17:21   Izoh (0)   24253
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Durov hibsga olingach, Telegram messenjerini yuklab olish keskin oshdi

    27.08.2024, 11:05

    Durovning hibsga olinishi ortida Vashington turibdi — Rossiya Davlat dumasi 

    27.08.2024, 18:32

    Pavel Durov nomzodi Nobel mukofotiga ilgari surildi 

    28.08.2024, 09:40

    WSJ: Makron Telegram shtab-kvartirasini Fransiyaga ko‘chirishni taklif qilgan

    28.08.2024, 17:32

    Forbes: Durov farzandlarining onasi Shveysariyada unga qarshi sudga murojaat qildi

    28.08.2024, 18:57

    Indoneziyada Telegram bloklanishi mumkin 

    29.08.2024, 14:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.