• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tashqi ishlar vazirligimiz uxlamasdan, jurʼatni yig‘ib chora ko‘rsin” — Rasul Kusherbayev o‘zbeklarni itga tenglashtirgan rossiyalik haqida

    Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi ekanligi aytilayotgan shaxsning o‘zbekistonliklarni itga tenglashtirib gapirgan videosi tarqalmoqda. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida qator muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

    Jumladan, ekologiya vaziri maslahatchisi, jamoatchilik faoli Rasul Kusherbayev videomurojaat qildi. Uning aytishicha, O‘zbekiston qonunchiligida millatlararo adovat qo‘zg‘ashga qaratilgan holatlar bo‘yicha javobgarlik mavjud. Shu bilan birga, xalqaro normalarda ham insonning kelib chiqishidan kamsitish, haqorat qilish, noinsoniy munosabat qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan. 

    “Bugungi rus jamiyatining aksariyati ilgarigi rus jamiyatidek emas. Bugun ular alamlarining, yo‘qotishlarining, mag‘lubiyatlarining zahrini kimga sochishni bilmayotgan jamiyat. Va harbiy mafkura bilan yashayotgan jamiyat. Markaziy osiyoliklarni, bir vaqtlar koloniya qilib bosib olib foydalangan bu xalq, ko‘pchiligi hali ham o‘zining shovinistik qarashlaridan voz kechmagan. Juda ham hurmatli insonlari, teng munosabat qiladigan, ziyolilari bor. Shu bilan birga, millatchilari ham uyg‘onib kelyapti. Bugungi kunda ularning safi ko‘payib boryapti. 

    Endi bir kami itga tenglashtirish qolgandi o‘zbekistonliklarni. Bu safar ham Tashqi ishlar vazirligimiz jurʼatsizlik qilib, mum tishlab o‘tiradigan bo‘lsa, bilmadim, bunaqa noinsoniy, pastkash munosabatning chegarasi ko‘rinmayapti. Agar biznikilar birortasi rus millati vakilini itga, cho‘chqaga yoki biror narsaga tenglashtirib internetga tarqatsa, bilasizmi, qanaqa javobgarlik bo‘ladi, qanaqa reaksiya qilinadi?! 

    Toshkentdagi maktabda rus tili o‘qituvchisi bilan bog‘liq muammo kelib chiqqanida Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova chiqib izoh so‘ragandi”, deydi Rasul Kusherbayev.

    Uning aytishicha, bu yerda butun millat tahqirlanyapti, kamsitilyapti. 

    “Bilmadim, shunda ham Tashqi ishlar vazirligimiz indamay kuzatib, ularga paxta qo‘yish bilan ovora bo‘lsa, bilmadim, ertaga bundan battar narsalarga tenglashtiriladi. Xalqaro shartnomalarimiz bor, davlatlararo munosabatlar bor. Biz kelishganmiz-ku, o‘rtamizdagi hamma hamkorlik, savdo-iqtisodiy aloqalar bormi, hammasi o‘zaro tenglik, bir-birini hurmat qilish asosida bo‘ladi, bir-birimizni kamsitmaymiz deganmiz. Davlatlararo munosabatlarda tengmiz, deb tan olingan-ku”, deya qo‘shimcha qiladi Kusherbayev.

    Rasul Kusherbayev rossiyalik siyosatchilar qilayotgan pastkash munosabatlarga Tashqi ishlar vazirligi, vakolatli idoralar biror marta normal darajada munosabat qilmaganini aytib o‘tdi.

    “Tashqi ishlar vazirligimiz uxlamasdan, jurʼatni yig‘ib chora ko‘rsin, shunda odamlar ham tinchlanadi”, deydi u.

    O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari

    Avvalroq “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekiston xalqining shaʼnini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlarni yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning “O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati”ga kiritilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgandi.

    Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni ro‘yxatga kiritish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashining, Senati kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimiga asosan amalga oshiriladi.

    Ro‘yxatga kiritilgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston hududiga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Toshkentdagi maktabda sodir bo‘lgan holat

    2024-yilning sentyabr oyida Toshkentning Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisini urdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida yozilishicha, o‘qituvchi rus sinfiga darsni o‘zbek tilida o‘tgan. O‘quvchi darsni rus tilida o‘tishni so‘ragan. Shundan so‘ng videoda aks etgan holat yuz bergan.

    Mariya Zaxarova Rossiya O‘zbekistondan yuz bergan hodisaga huquqiy baho berishni va bolaga nisbatan shafqatsizlik qilgan aybdorga qarshi choralar ko‘rishni so‘raganini aytdi.  “Bu masalani diqqat-e’tiborimiz markazida tutamiz”, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi.

    Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bolani urgan ayol sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, videodagi voqea uning dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan. Voqeadan xabar topgan o‘quvchining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

    Shu bilan birga, ushbu ayol boshqa bir qancha huquqbuzarliklar sodir etgani aniqlandi. Qizi o‘qiydigan boshqa maktabda maktab direktori o‘rinbosari bo‘lgan ayolga jismoniy kuch ishlatgan, Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan g‘ayriijtimoiy munosabatda bo‘lib, ularining qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik ko‘rsatgan.

    Bunday qilmishi uchun unga 25-sentyabr kuni 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHMning 3 baravari (1 020 000 so‘m) va BHMning 7 baravari (2 380 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangandi.

    19 yanvar, 23:34   Izoh (0)   41164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya#nomaqbul

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urush ko‘rgan go‘daklar. Ukrainadagi bolalar taqdiri

    02.07.2024, 17:08

    Ayollarga hushtak chalma, ko‘chada qo‘y so‘yma: Rossiyada migrantlar uchun kurs ishlab chiqildi 

    17.07.2024, 11:45

    Rossiya AQSH o‘z yadroviy salohiyatini oshirishiga tayyorlanmoqda — Rossiya TIV 

    18.07.2024, 20:07

    Shols NATO va Rossiya o‘rtasidagi urushning oldini olishga harakat qilayotganini aytdi

    25.07.2024, 23:00

    AQSH Gruziyada “rangli inqilob” tayyorlamoqda — Rossiya tashqi razvedka xizmati

    26.08.2024, 23:57

    Xitoy va Braziliya yadro qurolidan foydalanish tahdididan ogohlantirdi

    28.09.2024, 21:45

    Rossiya vakillariga BMT Bosh assambleyasi majlisiga borish uchun AQSH vizalari berilmadi

    09.10.2024, 18:22

    O‘zbekiston IIV bolalarning hayvonlarga taqlid qilish holatlari uchrayotganidan ogohlantirdi

    13.10.2024, 18:01

    “O‘zbeklar haqqini mehnat qilib topadi, odam o‘ldirib emas” — Alisher Qodirov 

    20.10.2024, 14:52

    Polsha Poznandagi Rossiyaning bosh konsulligini yopadi

    22.10.2024, 19:41

    Rossiya TIV Polshadagi konsullikning yopilishiga “og‘riqli javob” qaytarishga va’da berdi

    22.10.2024, 20:40

    Shvetsiya Gruziya bilan bevosita hamkorlikni to‘xtatadi

    29.10.2024, 20:45

    Peskov Erdo‘g‘onning Ukraina bo‘yicha taklifini nomaqbul deb atadi 

    18.11.2024, 20:20

    Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi, kuchga kirgan yangi qonunlar, Andijon viloyati bo‘yicha yig‘ilish: 18-noyabrning eng muhim xabarlari 

    18.11.2024, 23:20

    Putin Kursk viloyati rahbarini Ukraina armiyasi hujumi ortidan almashtirdi

    06.12.2024, 16:31

    Bloomberg Tramp bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishini aytdi 

    15 yanvar, 23:25

    AQSH Qirg‘iziston bankiga qarshi sanksiya qo‘lladi

    16 yanvar, 10:10

    Egaridan tushovi qimmatga tushgan top 4 zavod: katta iqtisodiy loyihalarning ortidagi qo‘rqinchli raqamlar

    16 yanvar, 11:09

    “Azov”chilar Toretsk yo‘nalishida 20 dan ortiq rossiyalikni asir oldi 

    16 yanvar, 13:33

    Fransiya Ukrainaga qo‘shin kiritish bo‘yicha maxfiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

    16 yanvar, 12:15

    Hindiston Rossiyadan jang maydonidagi fuqarolarini qaytarishni talab qildi

    16 yanvar, 14:28

    “Yevropa Ukraina armiyasisiz Rossiyaga dosh berolmaydi” — Zelenskiy 

    16 yanvar, 17:24

    Tojikistonlik o‘smir Rossiya maktabida terakt uyushtirishga urinishda ayblanmoqda 

    16 yanvar, 19:40

    Moskvadagi G‘alaba paradida Shimoliy Koreya harbiylari ishtirok etadi 

    16 yanvar, 21:09

    Putinning Ukrainaga hujumini tanqid qilgan tojikistonlik 7 yilga qamaldi

    17 yanvar, 17:25

    Rossiya va Eron tajovuz holatlarida tomonlarning harakatlarini belgilab beruvchi shartnoma imzoladi

    17 yanvar, 22:45

    Blinken: “Tramp Ukraina uchun foydali kelishuvga erisha oladi”

    18 yanvar, 09:55

    Armanilarning AQSH va Fransiyadagi “yashirin kuchi” yoxud arman lobbisining siyosiy ta’siri

    19 yanvar, 11:59

    Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi, qurbonlar bor (foto)

    18 yanvar, 19:41

    Suriyada Rossiya tovarlarini sotish taqiqlandi

    19 yanvar, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xalqaro sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan — vazirlik

    O‘zbekiston | 14 avgust, 17:17

    Peru sobiq prezidenti hibsga olindi

    Dunyo | 14 avgust, 17:15

    “Uenzdey” seriali mualliflari Addamslar oilasi haqida multfilm ishlab chiqaradi

    Kino | 14 avgust, 16:55

    Shavkat Mirziyoyev Fransiya elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:47

    Tramp Putinga tinchlik uchun tabiiy boyliklarni taklif etmoqchi — The Telegraph

    Dunyo | 14 avgust, 16:40

    UEFA Superkubogi bahsi oldidan G‘azodagi urushga qarshi banner namoyish etildi (foto)

    Sport | 14 avgust, 16:35

    Qirg‘iziston 3,5 tonna pistani O‘zbekistonga qaytarib yubordi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.