Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni Samarqand shahridagi sammit doirasida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini ikki davlat rahbarlarining yaqinda Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni, shu jumladan hududlar darajasida ilgari surish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishi muhimligi taʼkidlandi.
Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Shuningdek, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, oliy darajadagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)