Sankt-Peterburg shahrida 9-fevral kuni O‘zbekiston va Rossiya energetika sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Uch tomonlama uchrashuvda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “Gazprom” boshqaruv raisi Aleksey Miller hamda Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov ishtirok etgan.
Uchrashuvda O‘zbekistonga Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali yetkazib berish masalasi, xususan, uch tomonlama ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan dastlabki texnik ko‘rik natijalari, yetkazib berishning mavjud imkoniyatlari hamda yanvar oyida imzolangan yo‘l xaritasining ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv yakuni bilan uch tomonlama o‘rganishlarning keyingi bosqichini jadallashtirish hamda natijasi bo‘yicha qisqa muddatlarda uch tomonlama uchrashuvni qayta tashkil etishga kelishib olindi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)