• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Turkiyada kuchli zilzila boʻlishi avvaldan kutilgandi” — professor Voxidxon Ismoilov bilan yer silkinishi hodisasi toʻgʻrisida suhbat (video)

    “Daryo” nashri Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori oʻrinbosari, geologiya-minerologiya fanlari doktori, professor Vohidxon Ismoilov bilan zilzila hodisasi toʻgʻrisida intervyu uyushtirdi. Suhbat davomida professor Oʻzbekistondagi yer silkinishlari tarixi, Turkiya va Yaponiyadagi zilzilalar, tabiiy ofat taʼsirini kamaytirish boʻyicha koʻrilishi zarur boʻlgan choralar haqida soʻzlab berdi.

    Oʻzbekistondagi eng seysmofaol hududlar

    Yer kurrasining paydo boʻlishidan boshlab, geodinamik jarayonlar mavjud. Yer oʻz oʻqi atrofida va quyosh sistemasida aylanib turibdi, demak, u doimiy harakatda. Qolaversa, Yer qa’ri ichki tuzilishi boʻyicha ham muntazam harakatlanadi.

    Global seysmogen zonalar Yer qa’rining Oʻrta Yer dengizi parallelida joylashgan. Ikkinchi seysmogen zona esa Tinch okeani hududi hisoblanadi. Yaponiya, Flippin, Kurilla, Indoneziya — bularning bari seysmogen zonadadir.

    Oʻzbekiston ham Oʻrta Yer dengizi seysmogen zonasida joylashgan. Xohlaymizmi, yoʻqmi, bu yerlarda zilzilalar boʻladi. Chunki tektonik plitalar harakati oʻzaro bogʻliq. Masalan, Oʻzbekistondagi togʻlarning paydo boʻlishiga asosiy sabab ham tektonik plitalarning bir-biriga nisbatan harakati hisoblanadi. Tyanshan, Pomir togʻlari nima uchun paydo boʻldi? Bu Turon plitasi bilan Hindiston plitasining bir-biriga juda katta bosimi natijasidir. Hindiston plitasi Turon plitasining ostiga kirib ketayotib, Turon plitasini koʻtargani sababli Pomir va Tyanshan togʻlari paydo boʻlgan.

    Bu oʻzidan oʻzi boʻladigan jarayon emas. Mazkur hodisalar millionlab yillar davomida yuz beradi. Shuning uchun u yerlarda juda katta zilzilalar, tektonik yoriqlar paydo boʻlishi kuzatilgan va kuzatilmoqda. Shu jarayonlar haligacha davom etyapti, toʻxtagani yoʻq va haliveri toʻxtamaydi.

    Oʻzbekistondagi eng seysmofaol hududlar mamlakatning sharqiy qismi – Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlaridir. Boisi ushbu hududlar tektonik plitalarning eng faol qismida joylashgan. Fargʻona vodiysida “Talasa Fergan” degan katta regional yoriq ketgan. Uning uzunligi 500—700 kilometrdan iborat.

    Mamlakatda tarixan turli darajalardagi koʻplab zilzilalar boʻlib kelgan. Masalan, 1907-yilda Tojikiston va Oʻzbekiston orasidagi seysmogen zonada Qoratogʻ zilzilasi boʻlgan. Undan keyin, 1946-yilda magnitudasi boʻyicha Turkiyada yuz bergan zilzila kuchiga yaqin Chotqol zilzilasi kuzatilgan.

    1976-yilda Gazlida (Buxoro-tahr.) ikkita ketma-ket zilzila yuz berdi. Ularning ham magnitudasi 7 balldan ortiq edi. Oradan 8 yil oʻtib, Gazlida yana bir, magnitudasi 7,4 boʻlgan zilzila kuzatilgan. Mazkur yer silkinishlari juda talafotli va kuchli boʻlgan. Umuman olganda, Oʻzbekistonda dam-badam shunaqa kuchli zilzilalar sodir boʻlib turadi.

    Yana bir misol, XIV asrda Axsikentda yer qimirlagan. Namanganda joylashgan oʻsha paytdagi shoh saroylarining barchasi zilziladan vayron boʻlgan, deyishadi.

    Tarixiy manbalarda zilzilalarga oid koʻplab maʼlumotlar bor. Jumladan, 942-yilda Koʻhna Urganch zilzilasi keltirilgan.

    1966-yilda Toshkent zilzilasi, undan 100 yil muqaddam, 1868-yilda Toshkentning sharqiy qismida shunaqa kuchdagi, 6 magnitudali zilzila sodir boʻlgan. Oʻzbekiston zilzilalar doimiy sodir boʻlib turadigan hudud hisoblanadi.

    Vohidxon Ismoilov 
    Foto: “Daryo”

    “Turkiyada kuchli zilzila boʻlishi avvaldan kutilgandi”

    Turkiyada juda fojiali zilzila boʻldi. Bu avvaldan kutilgan zilzila edi. Ammo yer qimirlashining kuni aniq prognoz qilinmagandi. Kutilgani shundan iboratki, mamlakatda 90-yillarda zilzila boʻyicha hududli xaritalash ishlari olib borilgan. Oʻsha hududlarda ehtimoliy zilzila 9-10 ballik boʻlishi mumkinligi belgilangan. Zilzila hududlari sharqiy Anadoʻli yorigʻida joylashgan. Bu yoriqning uzunligi 700—1000 kilometrga yetadi. Masalan, 1939-yilda Turkiyada sodir boʻlgan “Erzinjon” zilzilasi oʻsha yoriq chizigʻida sodir boʻlgan. Undan keyin, Kavkazda 1988-yilda “Spitak” zilzilasi yuz bergan va oqibatda 25 ming nafar odam olamdan oʻtgan. U zilzila ham oʻsha yoriq chizigʻida joylashgan.

    Turkiyada yuz bergan oxirgi zilzila ham Anadoʻli yorigʻining janubida, Qahramonvarash, Gaziantep shaharlari atrofida sodir boʻldi. Yoriq uzunlashadi ham, chuqurlashadi ham, yoniga ham kengayadi. Bu tektonik plitalarning harakatidir.

    Turkiyaning janubidagi Suriya tomonda arab plitasi bor. Oʻsha plita va Anadoʻli plitasi oʻrtasidagi bosimdan Anadoʻli plitasi gʻarb tomonga qochyapti. Buyoqdan u siqib boryapti. Shuning natijasida anchagina yoriqlar paydo boʻlyapti. Yer qa’ridagi yoriqlarning uzilishi va siljishi qayishqoq toʻlqinlarga olib keladi va bu zilzila tarzida namoyon boʻladi.

    “Yaponiyada dunyodagi zilzilalarning 20 foizi sodir boʻlgan”  

    Oʻtgan yili Yaponiyadagi universitetlar hamda seysmologik tadqiqotlar olib boradigan institutlarda boʻldik va u yerdagi mutaxassislar bilan muloqot qildik. Ochigʻini aytganda, Yaponiya seysmik nuqtayi nazardan Turkiyadan ham ogʻir ahvolda. Chunki u yerda regional yoriqlar koʻp va toʻrtta plitaning harakati mavjud.

    Butun Yaponiyada boʻlgan zilzilalar dunyodagi zilzilalarning 20 foizini tashkil qiladi. U yerda koʻrsatkich shu darajada yuqori. Oxirgi, 2011-yildagi Sinday provinsiyasidagi Fukusima zilzilasi 9 balldan oshiq magnitudada boʻlgan. Yaponlar zilzilalarga moslashgani uchun u yerda binolarni mustahkam qurishga eʼtibor kuchli, odamlarni zilzilalar va sunamilarga yoshligidan, maktabdan tayyorlashadi.

    Yaponiyada binolar ostiga elastik fundamentlar qilinadi. Buning natijasida zilzila qisman boʻlsa-da soʻnadi. Bino platformada turaveradi, ostki qismi esa qimirlayveradi.

    Yana bir narsani aytish kerakki, Yaponiyada qurilayotgan binolarda 800—1000 markali betonlar ishlatiladi. Oʻsha beton bino qurishdan oldin sinab koʻriladi. Sinov davrida beton zilziladan kattaroq kuchlanishga bardoshli boʻlishi talab etiladi. Ular foydalanayotgan armaturalarni koʻrib, qotib qoldik. Yaponiyada haqiqatan texnologiya juda kuchli rivojlangan.

    10.02.2023, 17:33   Izoh (0)   17452
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2023-yili Jizzaxda qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha 460 mln dollarlik 31 ta loyiha ishga tushiriladi 

    10.02.2023, 17:12

    Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda yaqinda ishga tushirilgan sanoat korxonalarini borib ko‘rdi

    10.02.2023, 17:12

    Jizzaxda 2023-yilda 750 mln dollarlik 10 ta yirik loyiha va 580 mln dollarlik 110 ta hududiy sanoat loyihasini ishga tushiriladi 

    10.02.2023, 17:05

    “Kelgusi ikki yilda Jizzaxda avtomobilsozlik va metallurgiya sohalarida yirik loyihalar ishga tushadi” — Shavkat Mirziyoyev 

    10.02.2023, 17:01

    “Kelgusi qishga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rish, maktab, bog‘cha, oliy ta’lim muassasalari sovuq sabab yopilmasligi uchun “nimalar qilish kerak?” degan savolga javo...

    10.02.2023, 16:57

    Oʻzbekistondagi gaz zapravkalarda onlayn videokameralar o‘rnatish majburiy bo‘ladi

    10.02.2023, 16:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.