• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ukrainada olingan “darslar amalda”. Rossiyaning modernizatsiya qilingan qurollari va vertolyotlari “Daryo” nigohida

    Rossiya armiyasi inventarida mavjud eng ilg‘or tank T-90M hisoblanadi. Jangovar mashina Ukrainada o‘zini qanday tutgani — alohida masala. Ammo real jang sharoitida olingan tajriba uning eksport variant T-90MS tankida aks eta boshladi. Mazkur model T-90 oilasining asosiy versiyasiga nisbatan 1,5 tonnaga og‘irroq — vazni 48 tonnani tashkil etadi.

    T-90MS

    Uralvagonzavod tomonidan ishlab chiqarilgan tank birinchi marta 2011-yili Russian Expo Arms ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Uning asosiy mijozi Hindiston hisoblanadi. 2019-yili mamlakat 464 ta jangovar mashinani litsenziya asosida ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Tankni mexanik-haydovchi, komandir va qurol operatoridan iborat uch kishilik ekipaj boshqaradi. Snaryadlarni yuklash bilan karusel mexanizmi shug‘ullanadi. O‘q-dori zaxirasi 40 ta.

    125 mm kalibrli 2A46M-5 to‘pi maksimum 5 km masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. Rus tankiga xos jihatlardan yana biri boshqariladigan raketalarni stvol orqali ishga tushirish imkoniyatidir. Jangovar mashinada, shuningdek 7,62 mm kalibrli modul va 12,7 mm-li pulemyot bor. Avvalgi versiyalardan farqli, T-90MS tankida Kontakt reaktiv zirh panellari mavjud emas. Bu vazifani tankning turli qismlariga o‘rnatilgan Relikt tizimi bajaradi.

    “Kalina” nomli o‘t ochishni boshqarish tizimi qurol operatori va komandiri uchun optik imkoniyatlarni ta’minlaydi. Termal tasvirlagich, lazerli masofa o‘lchagich, boshqariluvchi raketalarni yo‘naltirish tizimi, panoramali kuzatish kompleksi va hokazolar uning tarkibiy qismi hisoblanadi. “Kalina” sharofati bilan tank kunduz kuni 5 km, tungi vaqtlarda esa 3,5 km uzoqlikdagi nishonlarni ko‘ra oladi.

    T-90S tankida 1000 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgandi. Yangi modelni 1130 ot kuchiga ega V-92S2F dizel dvigateli harakatlantiradi. U 12 silindrli bo‘lib, 100 kilometr masofaga taxminan 250-300 litr yonilg‘i sarflaydi. Uning yordami bilan tank o‘z tezligini 60 km/soatga yetkazishi, bir marta yoqilg‘i quyish bilan 550 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin.

    Pansir-SM-DE

    Rossiya harbiy sanoat kompleksi yangi loyihalar ustida muntazam ishlaydi. Amalda xizmat qilayotgan texnologiyalarni esa takomillashtirib boradi. Rus armiyasi uchun soyabon vazifasini o‘tayotgan, dronlarga qarshi asosiy vosita vazifasini bajarayotgan “Pansir” tizimi shular jumlasidan. U butun boshli oila bo‘lib, kompleksning statsionar, mobil, kema hatto Arktika modifikatsiyalari mavjud. Endi ular orasida Pansir-SM-DE ham qo‘shildi.

    Mazkur tizim o‘z turdoshlaridan 30 mm kalibrli avtomatik to‘pga ega emasligi bilan farqlanadi. Buning o‘rniga asosiy e’tibor kichik hajmli zenit raketalarga qaratilgan. Qurolning ikki chetiga ulardan 48 tagacha o‘rnatish mumkin. Standart zenit-raketalar esa o‘z joylarida qoldirilgan.

    Biroq modernizatsiya jarayoni faqat shu bilan cheklanmaydi. Yangi modelning radar imkoniyatlari ham yaxshilangan. U bir vaqtning o‘zida 40 ta nishonni kuzatishi, maksimum 20 kilometr uzoqlikdan urib tushirishi mumkin.

    Qolaversa, “Pansir” modulli dizayn asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, uni turli platformalarga o‘rnatish imkoniyati bor. Yuk mashinalari shular jumlasidan. Shu bilan birga, tizimni muayyan nuqtaga joylashtirib, 500 m uzunlikdagi optik tola yordamida masofadan, ya’ni xavfsiz nuqtadan boshqarsa bo‘ladi.

    Xudkush dronlar, o‘qotar qurollar

    Zala Aero Group kompaniyasi,rus armiyasi ehtiyojlari uchun uchuvchisiz uchish qurilmalari, jumladan razvedka, kuzatuv va kamikadze dronlari ishlab chiqaradi. Ulardan eng mashhurlari “Izdelye” oilasiga mansub bo‘lib, allaqachon Ukraina urushida faol qo‘llanilmoqda.

    Bu turdagi xudkush dronlar uchun berilgan umumiy nom Lancet hisoblanadi. Lancet-1 (Izdelye 51) droni 1 kilogramm, Lancet-3 (Izdelye-52) droni esa 3 kilogramm portovchi modda tashiydi. Shuningdek, 40-70 kilometr masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. Kompaniya IDEX2025 ko‘rgazmasida ularning eksport versiyalari bilan qatnashdi.

    Izdelye 51-E piyodalar, yengil zirhli texnikalarga, Izdelye 52-E bo‘lsa og‘ir zirhli jangovar mashinalar hamda istehkomlarga qarshi qo‘llashga mo‘ljallangan. Kichik hajm sabab radarlar ularni aniqlashda qiyinchiliklarga duch keladi. Operator dronlarni nishonga urilguncha boshqarishi yoki mazkur vazifani avtonom rejim ixtiyoriga havola etishi mumkin. Zala kompaniyasi, bundan tashqari, Kub-2E xudkush dronlari hamda Granat-4E kabi razvedkachi dronlarni ham namoyish qildi.

    Aslini olganda, Zala ma’lum va mashhur Kalashnikov konsernning bir qismi hisoblanadi. 2013-yili Izhevsk Mechanical Plant bilan birlashgunga qadar Izmash nomi ostida faoliyat ko‘rsatgan. U qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha ikki asrlik tajribaga ega. Konsern IDEX 2025 ko‘rgazmasida AK oilasiga mansub o‘qotar qurollarning yangi modifikatsiyalari, snayper miltiqlar va pulemyotlar bilan qatnashdi. Kompaniyaning protokol bo‘limi boshlig‘i Andrey Vishnyakov ularning ba'zilari haqida “Daryo”ga ma'lumot berdi. 

    Rus vertolyotlari

    Russian Helicopters vertolyot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi barcha rus kompaniyalarini birlashtirgan holding bo‘lib, 2007-yili tashkil etilgan. U ichki ehtiyojlar, shuningdek eksport uchun harbiy va tijoriy vertolyotlar ishlab chiqaradi.

    Kompaniya Abu-Dabi shahridagi ko‘rgazmada o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi. VIP mijozlar uchun mo‘ljallangan Mi-38 vertolyoti shular jumlasidan. U komfort tasnifidagi xizmatlarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z bortiga 8 kishidan 30 nafargacha yo‘lovchini ortishi mumkin.

    Salon premium materiallar, ya’ni yog‘och va charm materiallardan tayyorlangan. Konditsioner, monitorlar hamda boshqa qulayliklar mavjud. Qolaversa, vertolyotning kirish qismida qahva damlagich, mikroto‘lqinli pech kabilar ham bor. Bularning bari uning ichidagilar uchun shinamlikni ta’minlaydi. “Daryo” muxbiri uni ichkaridan tasvirga olish imkoniga ega bo‘ldi.

    Vertolyot Mi-8 dan yirikroq, M-26 dan esa kichik hisoblanadi. U maksimal tezligini 300 km/soatga yetkazishi, 6 300 metr balandlikka ko‘tarilishi mumkin. Havo transportida uch kishilik ekipaj xizmat qiladi. Ulardan ikkitasi uchuvchi bo‘lsa, yana biri bort kuzatuvchisi hisoblanadi.

    Ansat

    Russian Helicopters ijtimoiy xizmatlar uchun mo‘ljallangan vertolyotlar ham ishlab chiqaradi. Ansat bunga misol. Kompaniya katalogida uning politsiya hamda tibbiy xizmat modellari mavjud.

    2000-yillardan buyon seriyali ishlab chiqarilayotgan vertolyotning dizayni o‘ziga xos bo‘lib, kichik o‘lchami sabab operativ missiyalarda yuqori samara ko‘rsatadi. Havo patruli, qidiruv va qutqaruv operatsiyalari, aksilterror amaliyotlari kabilar shular jumlasidan. Tabiiyki, bu maxsus hamda favqulodda xizmatlar uchun ayni muddaodir.

    Ansat’ni ikki nafar uchuvchi boshqaradi. Vertolyot o‘z tezligini 275 km/soatgacha oshirishi, 4 200 metr balandlikkacha ko‘tarilishi mumkin. Bundan tashqari, u maksimum 525 kilometr masofaga parvoz qilib, 3 soatdan ortiq havoda qolish salohiyatiga ega.

    Havo kemasining fyuzelyaji modulli konstruksiyaga ega. Bu yig‘ish jarayonini osonlashtirib, alohida elementlarni butun fyuzelyajni to‘liq qismlarga ajratmasdan turib almashtirish imkonini beradi. Korpusda esa kompozit materiallardan keng foydalanilgan. Chang‘i shaklidagi shassi esa qo‘nish vaqtidagi elastik deformatsiyalar va kinetik energiyani yutishga yordam beradi.

    Vertolyotning tibbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan versiyasi tabiiy ofatlar yoxud boshqa favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda bemorlarni shifoxonaga olib borish uchun ishlatiladi. Ammo uning o‘zida ham reanimatsiya, intensiv terapiya va asosiy hayotiy funksiyalarini monitoring qilish uchun tibbiy uskunalar mavjud. Mazkur model uchuvchilardan tashqari ikki nafar tibbiyot xodimi hamda bemor uchun kapsulani o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

    Ansat vertolyotlarining dizayni va texnik xususiyatlari yirik shaharlar, tog‘li hududlar va tabiiy ofat zonalarida, boshqacha aytganda quruqlik orqali transportirovka qilish murakkab yoki imkonsiz bo‘lgan sharoitda asqatadi. Qolaversa, kompaniya vertolyotlari orqali o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish ham mumkin. Ammo bu endi butunlay boshqa texnika.

    Ka-32A11M

    Kamov byurosi o‘zining harbiy vertolyotlari bilan mashhur. Ammo ularning orasida favqulodda vaziyatlar, aniqroq aytganda, o‘rmon va shahar sharoitidagi yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan havo transporti bor. Ka-32A11M kunning istalgan vaqtida, har qanday ob-havo sharoitida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. U harbiylarning Ka-32 platformasi asosida modernizatsiya qilingan bo‘lib, tashqi osma qismida 5 tonnagacha og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishi mumkin. Russian Helicopters savdo bo‘yicha direktori Ilgiz Samatov vertolyot avvalgi modellardan qaysi xususiyatlarga ko‘ra farqlanishini sanadi. 

    Aslini olganda, mazkur vertolyot dastlab 1980-yillarda ishlab chiqilgan. Uning o‘t o‘chirishga mo‘ljallangan versiyasi esa ilk bor 2021-yili jamoatchilikka ko‘rsatildi. Uzunligi 12,25 metrni, parvoz tezligi esa 260 km/soatni tashkil qiluvchi vertolyotni 2-3 kishilik ekipaj boshqaradi. U bir marta yoqilg‘i quyish bilan 800 kilometr masofaga uchib borishi mumkin. Bundan tashqari, yo‘lovchilarni ham o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

    Stokgolm Xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, xalqaro qurol-yarog‘ savdosining 43 foizi Qo‘shma Shtatlarning hissasiga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarni esa Fransiya (9,6%) hamda Rossiya (7,8%) band etgan. Moskva bozorning yirik o‘yinchilaridan biri sifatidagi mavqeyini saqlab kelmoqda.

    7 aprel, 19:25   Izoh (0)   32434
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya#Ukrai#Yangi qurollar
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.