• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston tashqi qarzi pasayishi kutilmoqda. Mamlakatga qarz nega kerak?

    O‘zbekistonda tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga (YIM) nisbatan oʻsish choʻqqisi 2022-yilga toʻgʻri keldi va istiqbolda ravon pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi xabar bermoqda. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan moliyalashtirishning asosiy manbai — davlat budjeti boʻlib, u mutanosib boʻlishi, yaʼni uning daromad va xarajatlari deyarli teng boʻlishi lozim.

    Shu bilan birga, davlat budjeti quyidagi kabi koʻplab sabablarga koʻra har doim ham mutanosib boʻlmasligi mumkin:

    1. davlat budjeti mamlakat iqtisodiy salohiyatining yuksalishini ham, hal etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vazifalarning sifat va koʻlamining oʻsishini ham aks ettiradi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari aholi sonining oʻsish surʼatlariga nisbatan past boʻlgan taqdirda ham davlat xarajatlari aholi turmushining yangi son va sifat darajasiga muvofiq boʻlishi kerak;
    2. davlat xarajatlarning oshishi muqarrar boʻlgan holatlarga duch kelishi mumkin (epidemiyalar, infratuzilmani saqlash va rivojlantirish bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmas xarajatlar, ijtimoiy sohani rivojlantirish), davlat daromadlari cheklangan hisoblanadi, xarajatlarni ichki qayta taqsimlash imkoniyatlari esa katta emas. Yoki aksincha, konyunktura daromadlari oshganda, davlat jamgʻarma mablagʻlarni koʻpaytiradi;
    3. davlat xalqaro moliya-tovar bozorlaridagi holatdan yoki boshqa qulay omillardan kelib chiqib, oʻz oldiga texnik va iqtisodiy rivojlanish maqsadlarini qoʻyadi.

    Shuning uchun ham barcha mamlakatlar budjetning muvozanatini xarajatlar qismi koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda taʼminlaydi, yaʼni: 

    • saldo ijobiy boʻlganda — oltin-valyuta zaxiralarini toʻplaydilar va kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bogʻliq vazifalarni hal qilish maqsadida boshqa moliyaviy jamgʻarmalarni tashkil etadi; 
    • saldo salbiy boʻlganda esa — zaxiralarni ishga solib (shu jumladan oltin-valyuta zaxiralarini) va/yoki qarz olish vositalaridan foydalangan holda budjetning muvozanatli boʻlishiga erishadi.

    Ichki moliyaviy bozor koʻlam jihatidan cheklangan boʻlgan sharoitda, davlatlar ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tashqi qarzdan foydalanadi.

    Oʻzbekiston kabi rivojlanayotgan iqtisodning oʻziga xosligi shundaki, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish koʻlamlari doimo oʻsib boradi va davlat ushbu loyihalarni eng qisqa muddatlarda amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. 

    Faqatgina yoʻl infratuzilmasini saqlashga har yili 2 mlrd dollargacha hajmdagi mablagʻ talab etiladi, bu esa mamlakatning 2023-yil uchun rejalashtirilgan davlat budjetining 9,7 foizini (yoki mamlakatning konsolidatsiyalashgan budjetining 7,2 foizini) tashkil etadi.

    Bu kabi koʻlamli vazifalarni muayyan muddatlarda hal etish uchun davlatda 2 ta muqobil yechim mavjud: soliqlarni oshirish (bu bilan kelajakda iqtisodiyotni rivojlantirish ragʻbatlariga putur yetkazish) yoki davlat qarzlari vositalaridan foydalanish.

    Shunday qilib, mamlakatning tashqi qarzi mavjudligini va uning oʻsishini gʻayrioddiy holat deb koʻrmaslik lozim.

    Shu bilan birga, soliq toʻlovchi uchun tashqi qarzning hajmi va oʻzgarish surʼati tushunishi, mamlakatning moliyaviy majburiyatlarining hajmi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi, uni YIMning oʻsish hajmlari va davlat daromadlari bilan solishtirish imkoniyatiga ega boʻlishi muhimdir. 

    Mamlakat uchun tashqi qarzning iqtisodiy maqbul chegarasini tushunish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

    Jalb etilayotgan resurslardan foydalanish samaradorligi muhim omil hisoblanadi. Agar har bir jalb etilgan dollar YIMning oʻsishiga sabab boʻlsa, tashqi moliyalashtirish manbalarini jalb etish bilan bogʻliq xavotirlar oʻrinsizdir.

    2022-yil davomida tashqi qarz mablagʻlari hisobidan muhim infratuzilmaviy loyihalar moliyalashtirildi: umumiy uzunligi 269 km boʻlgan avtomobil yoʻllarining qayta taʼmirlanishi, 243 km ichimlik suvlari va 83,8 km sugʻorish suvlari oʻtkazgichlarining qurilishi, 15 ta ichimlik suvini taqsimlash joylari (nasoslar, filtrlar), 817 ta gidrotexnik inshootlarning qayta taʼmirlanishi shular jumlasidandir. 

    Bu infratuzilma loyihalariga qarz mablagʻlarini sarflash misollarining kichik bir qismidir.

    Oʻzbekiston tashqi qarzi va uning oʻzgarib borishi toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar

    Bu yerda shuni taʼkidlash kerakki, tashqi davlat qarzi deganda davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (DDK) qarzlar tushuniladi.

    Soʻnggi 6 yilda Oʻzbekistonda tashqi qarzning oʻsish surʼatlari jadallashgani kuzatildi. Agar 2016-yilning oxirida tashqi DDK qarzlari YIMning 8 foizini tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilning 1-oktyabri holatida u YIMning 30,14 foiziga yoki 23,16 mlrd dollarga teng boʻldi. 

    Mazkur summaning 17 mlrd dollari Oʻzbekiston nomidan jalb etilgan qarzdir, 6,16 mlrd dollari esa — bu davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz hisoblanadi.

    Ushbu koʻrsatkichlarni tahlil qilishda quyidagilarni eʼtiborga olish lozim:

    1. 2017-yilda milliy valyuta ayirboshlash kursi qariyb ikki barobar pasaydi hamda soʻmda hisoblanadigan va AQSH dollariga koʻchiriladigan YIM hajmi sezilarli darajada “kamaydi”. Faqatgina mazkur omil natijasida tashqi qarzning YIMga boʻlgan nisbati 6 foiz bandiga oshdi;
    2. Covid-19 va postkovid omillar taʼsiri natijasida 2022-yilda davlat budjeti taqchilligi YIMdan 4 foizni tashkil etdi, bu Xalqaro valyuta fondining bahosiga koʻra tashqi qarzning YIMga boʻlgan nisbati yana 9 foiz bandiga oʻzgarishiga olib kelgan. Kovid va postkovid davri dunyoning koʻplab mamlakatlarida tashqi qarzning oʻsishiga olib keldi;
    3. Tashqi qarzning oʻsishiga olib keladigan oqimlarning oshganligini oʻsishning qolgan ulushidan ham koʻrish mumkin. Bu, avvalambor, mamlakat va davlat korxonalarining tashqi qarz bozoriga chiqishi, energetika va logistika infratuzilmalarini modernizatsiya qilish yirik loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliqdir.

    Boshqa soʻz bilan aytganda, ushbu 6 yil davomida tashqi qarzning YIM koʻrsatkichlariga nisbatan 29,7 foiz hajmida faqatgina 14,7 foiz bandiga oshganligini tashqi qarzning YIMga nisbatan solishtirma qiymatining oʻsishiga bevosita olib keladigan omillar bilan bogʻlash mumkin. 

    Yaʼni tashqi qarzning oʻsishi haqida soʻz borganda YIMga nisbatan aynan ushbu 14,7 foizlik oʻsish bizning tahlilimiz tayanishi lozim boʻlgan koʻrsatkich boʻlishi lozim.

    Qanday ijobiy tomonlar mavjud?

    Davlat tashqi qarzining oʻsish tabiati va dinamikasiga doir bir nechta yaxshi xabarlar bor.

    Birinchidan, tashqi qarzning YIMga nisbatan oʻsish choʻqqisi 2022-yilga toʻgʻri keldi va istiqbolda ravon pasayishi kutilmoqda.

    Ikkinchidan, 2021-yildan buyon davlat tashqi qarzining oʻsish surʼatlari shu jumladan YIMning jadal rivojlanishi va qarzning katta qismining toʻlovi hisobiga sezilarli darajada pasaymoqda. Davlat tashqi qarzi faqatgina 2022-yilning boshidan buyon uning 823 mln AQSH dollarlik qismi toʻlangani sababli 1,7 foizga kamaydi.

    Uchinchidan, Oʻzbekiston tashqi mablagʻlarni uzoq muddatlarga va xalqaro darajada tanilgan moliya institutlaridan jalb qilmoqda. Oʻzbekistonning Xalqaro moliya institutlaridan (XMI) jalb qilgan tashqi qarz portfeli 11,3 milliard dollarni yoki tashqi qarzning umumiy qiymatining 48,7 foizini tashkil etadi.

    Ushbu kreditlar uzoq muddatli boʻlib, xalqaro kapital bozoridagi nisbatan qimmat qarzlardan farqli oʻlaroq Oʻzbekistonga imtiyozli foizlar boʻyicha uzoq muddatlarga – 20 yildan 40 yilgacha boʻlgan davrga taqdim etilmoqda.

    Toʻrtinchidan, jalb etilgan mablagʻlarning taxminan to‘rtdan bir qismi davlat budjeti taqchilligini qoplash maqsadlariga va to‘rtdan uch qismi esa energetika (25 foiz), transport (11 foiz) va qishloq xoʻjaligi (10 foiz), turar joy sektoridagi (9 foiz) investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun ishlatilgan. 

    Boshqa soʻz bilan aytganda, jalb etilgan pullar isteʼmol maqsadlariga emas, balki energetika, transport tizimi va qishloq xoʻjaligida kengaytirilgan ishlab chiqarish uchun sharoit yaratishga sarflanmoqda.

    Beshinchidan, tashqi qarz sifatida jalb etilayotgan resurslar asosan AQSH dollarida ifodalangan boʻlib (74,8 foiz), shuningdek asosan AQSH dollarida shakllanadigan eksport tushumi tuzilmasiga muvofiqdir. Shunday qilib qarzni toʻlashda qoʻshimcha valyuta xatari yuzaga kelmaydi.

    Oltinchidan, Oʻzbekiston 2020-yilda tashqi qarzni jalb etish boʻyicha qonuniy cheklovlar oʻrnatdi. Endilikda nafaqat har yillik qarzlar hajmini maksimal hajmi, balki tashqi davlat qarzining oxirgi darajasi (YIMning 60 foizidan koʻp boʻlmagan) ham qonunlar bilan cheklangan.

    Budjet kodeksiga muvofiq, keyingi yil uchun davlat budjetini tasdiqlashda tashqi qarzning maksimal hajmi davlat budjeti parametrlari bilan birga Qonun koʻrinishida oʻrnatiladi. 

    Natija oʻlaroq shuni koʻrish mumkinki, davlat nomidan hamda davlat kafolati bilan tuzilgan tashqi qarz shartnomalarining hajmi pasaymoqda.

    Yettinchidan. Xalqaro valyuta fondining baholashiga koʻra Oʻzbekistonda tashqi qarz krizisining yuzaga kelish xatari past, qarzga xizmat koʻrsatish qobiliyati esa — yuqori hisoblanadi. 

    Oʻzbekistonning valyuta tushumlarining asosiy manbalari barqarordir, yaʼni: eksport hajmlari oʻsmoqda, mamlakatga transchegaraviy oʻtkazmalar hajmi oshib bormoqda, joriy toʻlov balansining asosiy koʻrsatkichlari barqaror boʻlib, defolt tahdidi yoʻq hisoblanadi.

    Agar mamlakatning joriy toʻlov hisob varagʻi salbiy shakllanganda tashqi qarz va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha majburiyatlar hajmi bizni jiddiy tashvishga solishi mumkin edi. 

    Biroq, Oʻzbekiston Markaziy bankining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 9 oyida mamlakatning joriy toʻlov hisobi 0,194 mlrd AQSH dollari miqdorida ijobiy koʻrsatkichni tashkil etdi (2021-yilning 9 oyida salbiy saldo -5,2 mlrd dollarga teng edi). 

    Bunda savdo balansining (tovarlar va xizmatlar) salbiy saldosi (11 mlrd AQSH dollari) birlamchi va ikkilamchi tushumlarning (11,2 mlrd dollar) ijobiy saldosi bilan toʻliq qoplangan.

    Eksport hajmi (nomonetar oltinni hisobga olmaganda) 11 mlrd dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning 9 oyi bilan solishtirganda 25 foizga oshgan.

    Biroq eng ijobiy fakt — bu ikkilamchi tushumlarning saldosi shaxsiy transchegaraviy oʻtkazmalar 2021-yilning tegishli davri (2021-yilning 9 oyida 4,5 mlrd dollar) bilan solishtirganda 2,4 barobar oshganligi (6,5 mlrd dollar) hisobiga 10,9 mlrd dollarni tashkil etganligidir.

    Markaziy bankning maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 9 oyida moliyaviy hisob uzoq yillar davomida ilk bor 0,5 mlrd dollar hajmida ijobiy shakllangani — yana bir ijobiy faktdir (2021-yilning 9 oyida salbiy saldo 6,1 mlrd dollarga teng edi). 

    Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning sof oʻsishi 1,7 mlrd dollarni tashkil etdi (2021-yilning 9 oyida 1,9 mlrd dollar).

    Tashqi qarzni boshqarish samaradorligini oshirishga doir istiqboldagi qadamlar

    Yuqorida qayd etilganidek, tashqi qarzni boshqarishda pul va tovar bozorlarida yuzaga kelgan xalqaro konyunktura, yetkazib berish zanjirlari bilan bogʻliq holat muhim omil hisoblanadi. 

    Yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligining xatti-harakatlari budjet taqchilligini va qarzlarga xizmat koʻrsatish xarajatlarini minimallashtirish oʻrtasidagi samarali muvozanat cheklovlari bilan oldindan belgilanadi.

    Hozirgi vaqtda tashqi davlat qarzini boshqarish muammolari koʻproq jalb etilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligi parametrlariga, shuningdek tashqi omillarga bogʻliq boʻladi. Shu sababdan Oʻzbekiston uchun iqtisodiyotning ichki resurslaridan foydalanish ustuvor hisoblanadi.

    08.02.2023, 19:10   Izoh (0)   10265
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi tahlil qilindi

    08.02.2023, 18:32

    Rossiyaning dengiz orqali neft eksporti rekord darajaga yetdi

    08.02.2023, 13:57

    Toshkent markazidagi sog‘lomlashtirish markazi 33 mlrd so‘mga sotildi 

    07.02.2023, 21:09

    O‘zbekistonda kishi boshiga yalpi ichki mahsulot 2,25 ming dollarga yetdi. Bu oddiy aholiga qanday ta’sir qiladi?

    07.02.2023, 20:07

    Turkiyadagi zilzila oqibatida neft narxi oshdi

    07.02.2023, 17:21

    O‘zbekiston zaxiralari qariyb 36 mlrd dollarga yetdi. Bu rekord

    07.02.2023, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.