• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo - Italiya” ilmiy-taʼlim konsorsiumini tashkil etishni taklif qildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev raisligida o‘tkazilgan tadbirda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, investitsiya va texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot sohalarida sheriklikni rivojlantirish, taʼlim va madaniy dasturlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident o‘z nutqining avvalida ushbu tadbir joriy yil aprel oyida Samarqandda o‘tgan sammitda Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida erishilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlarning uzviy davomi ekanini taʼkidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu formatda, avvalo, mamlakatlarning texnologik, sanoat va intellektual salohiyatini inobatga olgan holda samarali amaliy hamkorlikni rivojlantirishga intilish borligi qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bugungi global va mintaqaviy siyosatdagi tendensiyalarni, xavfsizlik va taraqqiyotga nisbatan umumiy tahdidlarning kuchayishini hisobga olgan holda Italiya bilan ko‘p tomonlama muloqotga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu bilan birga, mintaqaning Italiya bilan ko‘p asrlik savdo va madaniy aloqalari yangi bosqichdagi keng qamrovli sheriklik uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘tamoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kun tartibidagi masalalarga o‘tar ekan, O‘zbekiston rahbari “Markaziy Osiyo - Italiya” formatidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Avvalo, qator dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan yondashuvlarni muvofiqlashtirish uchun tashqi ishlar vazirliklari darajasida muntazam muloqotlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi. Shuningdek, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, giyohvand moddalar savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda ko‘p tomonlama sheriklik va maxsus xizmatlarning axborot almashish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Iqtisodiy sohada davlat rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi uch barobar oshganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Italiyaning yetakchi kompaniyalari bilan texnologik hamkorlik loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Italiya ishbilarmon doiralarining innovatsion rivojlanish borasida anʼanaviy kuchli mavqeyini hisobga olib, mamlakatlarimiz savdo-sanoat palatalari shafeligida biznes muloqoti uchun doimiy maydon — “Markaziy Osiyo - Italiya” ishbilarmonlar klubini tashkil etish taklif qilindi. Tadbirkorlar ishtirokidagi bunday uchrashuvlar har yili mintaqa mamlakatlari va Italiya poytaxtlarida o‘tkaziladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston prezidenti texnologiyalar transferi, ilg‘or bilim va tajribalarni joriy etish, yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil etish uchun qulay sharoitlarni yaratishni nazarda tutuvchi ko‘p tomonlama Sanoat va texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish va qabul qilish muhimligini taʼkidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mavjud muvaffaqiyatli tajribani hisobga olib, mineral resurslar va qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash; elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, charm, oziq-ovqat va boshqa qayta ishlash tarmoqlari uchun zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish; butlovchi qismlar va sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirish; Italiyaning yetakchi brendlari ishtirokida dizayn markazlarini tashkil etish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari Toshkent viloyatida mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun Yevropa operatori boshqaruvida maxsus industrial park tashkil etilayotganini maʼlum qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu bilan birga, Italiyaning SACE va SIMEST davlat agentliklari hamda qo‘shma investitsiya fondlarini hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Yashil” transformatsiya sohasida Italiya bilan samarali hamkorlikni yuqori baholab, O‘zbekiston yetakchisi uglerod chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha milliy dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashadigan ko‘p tomonlama platformani yo‘lga qo‘yish orqali keng qamrovli sheriklikni rivojlantirishga chaqirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga “yashil” energiya yetkazib berish, Italiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va muhandislik kompaniyalarini jalb etgan holda korxonalarni auditdan o‘tkazish va energiya samaradorligini oshirish, suv infratuzilmasi obyektlarini modernizatsiya qilish va vodorod texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Toshkentdagi Turin politexnika va Piza universitetlari filiallari samarali faoliyat yuritayotganini taʼkidlar ekan, davlat rahbari Italiyaning boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlarining mintaqaga qiziqishi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston prezidenti muhandislik, dizayn, suv tejamkorligi va biotexnologiyalar kabi yo‘nalishlarda ilmiy ishlanmalar, akademik almashinuv va kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish va moliyalashtirish uchun “Markaziy Osiyo - Italiya” ilmiy-taʼlim konsorsiumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yetakchi turoperatorlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini yaratish maqsadida turizm alyansini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.

    Italiya jamoatchiligi Rim va Florensiyada o‘tkazilgan ko‘rgazma va madaniy tadbirlarga katta qiziqish bildirgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu munosabat bilan kelgusi yili Xiva shahrida mintaqa mamlakatlari va Italiya yoshlarining kreativ iqtisodiyot va madaniy almashinuv forumini o‘tkazish taklif qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Italiya Bosh vaziri ham nutq so‘zladi. Tadbir yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

    30 may, 19:49   Izoh (0)   810
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

    28 may, 18:51

    Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi (foto)

    28 may, 20:59

    Italiya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

    28 may, 22:36

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    28 may, 23:41

    O‘zbekistonda o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan tadbirkorlarga mebelsozlik bilan shug‘ullanish huquqi beriladi

    29 may, 10:55

    “Sun’iy intellektdan umumbashariyat manfaatlari yo‘lida oqilona va samarali foydalanish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

    29 may, 13:05

    Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    29 may, 12:48

    O‘zbekistonda Italiya yetakchi kompaniyalari bilan Texnologik sheriklik dasturini ishga tushirish taklif qilindi

    29 may, 13:56

    O‘zbekiston va Italiya strategik sherikligini mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzolandi

    29 may, 14:43

    Kanada Yevropa Ittifoqining qurollanish dasturiga qo‘shiladi

    29 may, 15:00

    Lukashenko kartoshkalarni Rossiyaga “munosib narxlarda” sotishni buyurdi

    29 may, 15:31

    AQSH sudi Trampga boj joriy etishni taqiqlaydi

    29 may, 18:05

    O‘zbekistonda nogironlik pensiyalari ham endi alohida murojaat talab etmasdan tayinlanadi

    29 may, 16:45

    Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni “O‘zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” ko‘rgazmasida bo‘ldi (foto)

    29 may, 15:39

    Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda daraxt ekdi

    29 may, 18:18

    AQSH 13 yildan so‘ng Suriyada yana elchixonasini ochdi

    29 may, 20:55

    Qozog‘istonda ilk CryptoCity kripto hududi tashkil etiladi

    29 may, 21:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    29 may, 22:53

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    29 may, 23:25

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    29 may, 23:50

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    30 may, 08:22

    AQSHda migrant Trampni o‘ldirish bilan tahdid qildi 

    30 may, 11:56

    Shavkat Mirziyoyev Ostonada strategik ahamiyatga ega tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda

    30 may, 11:19

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi

    30 may, 15:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.