Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan “Markaziy Osiyo—Italiya” formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, 30-may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya bosh vaziri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta’lim sohalarida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Jorja Melonining O‘zbekiston va Qozog‘istondagi missiyasi dastlab 25—27-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Rim papasi Fransisk vafoti sababli keyinga qoldirilgandi. Italiya bosh vaziri 28—29-may kunlari rasmiy tashrif bilan Samarqandda bo‘ldi.
Izoh (0)