Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasida 5-noyabr kuni soat 13:10 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi 2000-yilda tug‘ilgan B.N. Matiz mashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1941-yilda tug‘ilgan piyoda X.S.ni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentning Sergeli, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida uch kishi jarohatlangan edi.
Shuningdek, Samarqandda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)