Daryo

Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi 

Nexia avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan Koegel tirkamasining orqa qismiga kelib urilgan

1 daqiqa o‘qish16 084 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Oqdaryo tuman “Dahbed” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 9 km da 24-sentyabr kuni soat 16:30 larda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati IIB JXX YHXB

Maʼlum qilinishicha, haydovchi Nexia avtomobilini Buxoro—Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan, Koegel tirkamasining orqa qismiga kelib urilgan. 

Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar