Daryo

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish5 792 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Bektemir tumani Husayn Boyqaro—Bektemir shoh ko‘chalari chorrahasida 18-oktyabr kuni soat 17:50 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1979-yilda tug‘ilgan U.K. boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasi va  haydovchi 2000-yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvida bo‘lgan Damas to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Damas avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Qashqadaryoda ikki avtomobil to‘qnashuvidan to‘rt kishi vafot etgani, Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etgani xabar qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar