• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov Linkedin tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

    Foto: Azizbek O‘runov

    Yil yakuni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi bo‘yicha juda mazmunli bo‘lmoqda. Ikkita eng yirik global savdo egalari — Amerika va Xitoy bilan muzokaralar yakunlandi, degan Azizbek O‘runov.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, 22 ta mamlakat bilan muzokaralar nihoyasiga yetgan.

    O‘zbekiston nima uchun JSTga aʼzo bo‘lishi kerak?

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh 1998-yilda tashkil etilgan edi. Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marta uchrashdi va 2005-yillarning o‘rtalariga kelib bu borada xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar to‘xtab qolgandi.

    2018-yili mustaqil ekspert, JST masalalari bo‘yicha huquqshunos Umida Haqnazar O‘zbekiston jahon savdo tashkilotiga kirishi xususida fikr bildirgan edi.

    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish ham bu borada muhim ahamiyat kasb etib, ishlab chiqarishni rivojlantirishda, eksportni o‘stirish va kengaytirishda, bozor islohotlarini davom ettirish barqarorligini taʼminlashda yordam berishi mumkin. Texnik tartibga solish, bojxona maʼmuriyatchiligi, xizmat sohasidagi qonunchilik bo‘yi­cha institutsional islohotlar ishlab chiqarish, ilmiy-texnik rivoj­lanishning dunyo miqyosidagi jarayoniga integratsiya­lashuv imkoniyatini tezlashtiradi va osonlashtiradi. Bu ishbilarmonlik va raqobat muhitining yanada yaxshilanishiga olib keladi. JSTga aʼzo bo‘lish alohida korxonalarga berilgan hammaga bir xil bo‘lmagan imtiyoz va tartiblarni bekor qilishni, korrupsiya darajasini kamaytirishni anglatadi. Xususiy sektor haqqoniy qoidalar bo‘yicha rivojlanadi”, degan edi u.

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2020-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi bilan rasman qayta tiklandi. Shundan so‘ng 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Freepik

    2023-yil sentyabrida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Unda JST bosh direktori O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo bo‘lish borasida ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan. Ngozi Okonjo-Iveala JST kotibiyati O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirgandi.

    2024-yilning fevralida O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirilishi aytilgan edi. May oyi oxirida O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi yuzasidan ishchi guruhning Jenevada bo‘lib o‘tgan sakkizinchi yig‘ilishida mamlakatning ushbu tashkilotga qo‘shilish uchun zarur islohotlarni amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlari yuqori baholagandi.

    Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti bosh direktori doktor Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qilgan edi. Unda JSTning ko‘magi bilan O‘zbekistonda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazini tashkil etish taklif etilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva “O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni” konferensiyasi doirasida JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashgandi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi davlat rahbari uchun o‘ta muhim ustuvor masala ekaniga alohida eʼtibor qaratilgan.

    JSTning yettinchi bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala tashkilotga aʼzolik haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi:

    JSTga aʼzo bo‘lishning ko‘plab afzalliklari bor. Mamlakat qilishi kerak bo‘lgan narsa – bor imkoniyatlardan foydalanish. Tashkilot aʼzolari dunyo savdosining 98 foizini qamrab oladi va siz unga aʼzo bo‘lish orqali boshqalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. JSTga aʼzolik O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilariga jahon bozoriga chiqib, raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlarini beradi. Tashkilotga aʼzo bo‘lgan mamlakatlar yuqoriroq iqtisodiy o‘sish surʼatlarini ko‘rsatmoqda.
    So‘nggi o‘n yilliklarda JSTga qo‘shilgan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish kuzatilmoqda. 2024-yil may oyida Jenevada JST aʼzolarini qiziqtirgan asosiy masalalar bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazildi.

    5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilgan yuqori darajadagi konferensiya prezident yordamchisi O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish yo‘lidagi shaxdam qadamlari yana bir bor namoyon bo‘lganini qayd etdi.

    Avvalroq “Daryo” O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) yanada chuqurroq integratsiyalashuvi va Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish borasidagi sa’y-harakatlari murakkab dilemmani keltirib chiqarayotgani haqida maqola e’lon qilgan edi.

    Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 9-yig‘ilishi 2024-yilning 5-6-dekabr kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tishini maʼlum qildi.

    29.11.2024, 16:45   Izoh (0)   4978
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #jst#Xitoy#Azizbek O‘runov#a’zo#O‘zbekiston#Jahon savdo tashkiloti

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotini rus monopollari qamrab olishiga yo‘l ochadi” — iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbat

    22.02.2022, 08:13

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni yanada jadallashtiriladi

    13.12.2022, 15:12

    “Daryo kundaligi”da 15-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    15.03.2023, 22:49

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston—Afg‘oniston yo‘nalishida konteyner poyezdi yo‘lga chiqdi

    06.07.2023, 17:30

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishga yaqinlashmoqda: imkoniyatlar va muammolar haqida mutaxassis bilan suhbat

    30.08.2023, 15:59

    Xitoy AQSH bilan urushga tayyorlanmoqda — The Telegraph

    21.09.2023, 11:50

    “Avtomobil arzon, lekin unga xizmat ko‘rsatish qimmat bo‘lishi kerak” — Alisher Qodirov

    14.12.2023, 10:12

    Xitoy: Yevropa Ittifoqi savdo urushiga olib keluvchi nizolarni qo‘zg‘atmoqda 

    24.06.2024, 19:31

    “JSTga aʼzolikkacha bo‘lgan yo‘lning yarmidan o‘tdik” — prezident vakili Aziz Urunov bilan suhbat

    25.06.2024, 23:40

    “Biz sinyapmiz!” — Iqtisodiyot assambleyasi raisi kichik va o‘rta biznesdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashni so‘ramoqda

    07.08.2024, 16:11

    O‘zbekiston savdo bozoridagi islohotlar: yaroqsiz standartlardan voz kechish, logistik to‘siqlarni yengib o‘tish va siyosiy o‘zgarishlar haqida 

    13.08.2024, 23:43

    “O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarishga bel bog‘lagan” — Saida Mirziyoyeva

    14.09.2024, 12:04

    Eshak go‘shti haqidagi xabarlar ortidan prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili bayonot bilan chiqdi 

    17.09.2024, 22:15

    Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    19.09.2024, 19:22

    Hindistonda maymunchechakning yangi shtammi bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi 

    23.09.2024, 20:55

    O‘zbekiston qarshisidagi strategik dilemma: Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi ambitsiyalari va JSTga a’zolik 

    27.09.2024, 21:20

    Ehtimoliy AQSh—Xitoy savdo urushi: O‘zbekiston iqtisodiyotiga tug'ilishi mumkin bo‘lgan xavflar

    11.11.2024, 20:04

    Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    13.11.2024, 18:22

    Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

    13.11.2024, 18:59

    “Yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasiga start berilishi, O‘zbekiston hududlarida yog‘gan qor, birjada boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatilgan Ai-...

    13.11.2024, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidentini O‘zbekistonga taklif qildi 

    17.11.2024, 20:10

    Qonunchilik palatasi huzurida jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasi tashkil etilishi mumkin

    18.11.2024, 14:13

    Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonidagi keyingi qadamlarni muhokama qildi

    22.11.2024, 21:44
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.