• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotini rus monopollari qamrab olishiga yo‘l ochadi” — iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbat

    “Daryo” nashri iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan O‘zbekiston iqtisodiy siyosatidagi dolzarb masalalar yuzasidan suhbat uyushtirdi. Xususan, suhbatda mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi qanday natijalar berishi, tashqi savdoni rivojlantirishda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi to‘g‘risida so‘z bordi.

    — O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo bo‘lishi kerakmi? Ittifoq samaradorligi dunyodagi boshqa iqtisodiy ittifoqlar bilan taqqoslaganda qay darajada?

    — Dunyodagi iqtisodiy ittifoqlar to‘g‘risida gaplashadigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda Yevropa iqtisodiy ittifoqi (YeII) nazarda tutilsa kerak. Bizga yaqin va mohiyati tushunarli bu ittifoqning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, hamma a’zo mamlakatlar o‘zini ittifoqning qonunchiligi bilan bitta qilib, borgan sari uyg‘unlashtirib boradi. YeII parlamenti, Yevropa umumiy budjeti ham bor va uning manbalari Germaniya, Fransiya, Italiya va boshqa yirik-yirik mamlakatlar hisobiga tashkil topadi. Shuning uchun ham ittifoqda o‘sha mamlakatlar ovozi juda kuchli va baralla yangraydi. YeOIIda esa eng kuchli mamlakat — Rossiya Federatsiyasi. Lekin Rossiya YeII kabi modelni hech kimga taklif qilmayapti. YeIIda asosan 3 ta mamlakat juda katta rol o‘ynagani uchun ularda birdaniga kelishib olish oson bo‘lgan. YeOIIda hali bunday jarayon shakllanmagan.

    Har qanday iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy ittifoqqa kirishdan oldin unda asosiy rol o‘ynovchi kuchlar kim, ularning tarixi, asosiy elitasining g‘oyalari qandayligiga qaraladi. Agar gap Rossiya bilan bog‘liq bo‘ladigan turli iqtisodiy, siyosiy ittifoqlar haqida ketsa, federatsiyaning kamida 100 yillik tarixini o‘rganib chiqish darkor. Masalan, 1917-yildagi oktabr to‘ntarishining asosiy maqsadi ­— butun hokimiyatni rus generallari tomonidan bolsheviklar qo‘liga berib, qurolli kuchlar va sanoatni davlat hukmiga o‘tkazish, Rossiya imperiyasining qudratini saqlab qolish bo‘lgan. Chunki mamlakat generalitetining asosiy talabiga javob beradigan bitta kuch — bolsheviklar edi. Aynan shuning uchun ham rus generaliteti bolsheviklarga hokimiyatni olib bergan.

    Endi qarang, 100 yil davomida faqat o‘z imperiyasini saqlab qolish va uni kengaytirish g‘oyasi bilan ishlagan rus imperializmining g‘oyalari bugun yo‘q deb o‘ylaymizmi? Bu savolga aniq javob bor. Ayrim olimlar va siyosatshunoslar Rossiya imperiyasi qudratini yanada kuchlantirib, jilla qursa ilgarigi sovet imperiyasini qayta tiklash g‘oyalarini sudrab yuribdi. Endi shuni ko‘ra bila turib shu ittifoqqa kiramiz, o‘sha g‘oyaning bir qismi bo‘lamiz, ya’ni 30 yil mobaynida ozodlikka erishgan xalqimiz yana qaytib qullikka kiradi, degan g‘oyalarga qo‘shilishimiz qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi, menimcha, bu katta savol.

    — Hozirda O‘zbekiston tashqi savdo ulushining 30 foizidan ortig‘i YeOIIga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Agar bu ittifoqqa kirish noto‘g‘ri deb qaralsa, unda tashqi savdoni rivojlantirish uchun qanday choralar ko‘rish zarur?

    — Birinchidan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tashkiloti bor. Bugungi kunda MDH doirasida 1000dan ortiq asosiy qismini iqtisodiy hamkorlik tashkil qiladigan shartnomalar imzolangan. O‘zbekiston ham tashkilot a’zosi. YeOIIdagi mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqamiz hajmi 30 foizdan ortdi, deganingiz aynan MDH doirasidagi savdolar bilan bog‘liq. Bu O‘zbekiston o‘zining salohiyati, iqtisodiy manfaatlarini juda faol himoya qilayotganini anglatadi. MDH doirasida shuncha iqtisodiy shartnomalar bor ekan, nega yana bir ustama tashkilotni — Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini o‘ylab topish kerak. U yerda nima ishlamayaptiki, bu yerda ishlaydi?

    MDH doirasida ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar imzolangan. Menimcha, bor formatni rivojlantirish kerak. Chunki MDHda faqat Rossiyaning iqtisodiy manfaatlariga bo‘ysunadigan davlatlar kamroq. Masalan, Ozarbayjonni olaylik. Mamlakat neft va gazini mustaqil eksport qilib, turli bojxona yig‘imlarini o‘zi belgilashni xohlaydi. Turkmaniston ham o‘zining gazini hech kimdan so‘ramay xohlagan joyiga eksport qilishni, bojlarni qo‘yishni istaydi. Shuning uchun YeOIIda bu davlatlar yo‘q, kirishni xohlamaydi ham. Kimki sal iqtisodiy tomondan mustaqillikka intilsa, YeOIIda ular yo‘q.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi-davlat maqomini oldi

    Bugungi kunda tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish uchun avvalo hozir yuzaga kelgan iqtisodiy savdo imkoniyatlarini saqlab qolishimiz va qadriga yetishimiz kerak. Savdo, transport, logistika va boshqa sohalarda yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarni hal qilishimiz lozim. Bu faqat bizga emas, Rossiyaga ham kerak. Chunki federatsiya o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirolmaydi va hozirda biz Rossiyaga taklif qiladigan tovar pozitsiyalarimiz ancha kengaymoqda.

    Masalan, tog‘-kon va charm sanoatida, tekstil, farmatsevtika, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida. Bekorga Xitoyni siqib chiqarib, Rossiya bizning tashqi savdo “oborot”da birinchiga chiqqani yo‘q. Hatto Xitoy ham bugungi kunda ikkinchi o‘rinda. Keyingi masala, bizga katta muammo tug‘dirib turgan soliqlar va davlat boji sohasida ayniqsa, import qilingan molga qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlari bo‘yicha kelishuv zarur. Yana bir masala mehnat muhojirlarining statusi va ularning qanday ishlashi haqida kelishishimiz kerak. Bu juda muhim.

    Abdulla Abduqodirov

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”

    — Hozirda YeOIIga 5 ta davlat a’zo. Ularning tashkilotga a’zo bo‘lgandan keyingi iqtisodiy ko‘rsatkichlari qanday bo‘lmoqda?

    — Ular YeOIIga a’zolikdan yutmadi. Qozog‘istonni oladigan bo‘lsak, bu ittifoqqa kirib nima foyda ko‘rdi? Hech qanday foyda ko‘rmadi. Qozog‘iston iqtisodiyoti avval xomashyo eksportiga qanday tobe bo‘lsa, hozir ham shunday. Qirg‘iziston iqtisodiyotidagi eng katta muammolar – energetika resurslari va ishsizlik edi. Xo‘sh, mamlakat YeOIIga kirib shu sohalarda nimalarga erishdi? 1, 2 deb sanab aytadigan hech narsa yo‘q deyarli. Biror-bir davlatni YeOIIga kirib rivojlanib ketdi, deb ayta olmayman. Nega? Chunki Rossiya asosiy donor bo‘lgani uchun bu mamlakatlarga ilm-fan, texnikalar, nou-xaular, sanoatni rivojlantirish tomondan beriladigan g‘oyalar yo‘q. Bugungi kunda mazkur tarmoqlar rivojisiz oldinga siljib bo‘lmaydi.

    Mana ko‘rdik, UzAutoMotors faoliyatida mikrochiplar yetishmasligi nimalarga olib kelmoqda. Mikrochiplar Xitoyda va umuman dunyoda defitsit bo‘lgani uchun avtomobil ishlab chiqarish 2020—2021-yillarda keskin orqaga ketdi. Nimaga Rossiya mikrochiplar taklif qilmaydi? Chunki o‘zida yo‘q. Rossiya bugungi kunda harbiy va ilm-fan sohasida Sovet ittifoqi davrida qilingan ishlar samarasini yeb kelyapti. Hozirgi Rossiyada ilm-fan sohasida “yorib” chiqqan yangiliklar yo‘q. Internetni olaylik, Mail.ru birinchi chiqqan edi. Google, Facebook va boshqa tarmoqlar rivojlanib ketdi. Rossiyada shuncha imkoniyat bo‘la turib, nega Mail.ru, Yandex.ru va boshqalar ular darajasida rivojlanmadi? Aytmoqchimanki, bugungi kunda biror mamlakat ilm-fan, texnika va maorif sohasida zo‘r takliflar bermasa, ularning orqasidan hech kim bormaydi.

    Mavzuga doir: “Xalqaro hamjamiyatga har qanday qo‘shilish suverenitetni cheklashdir” — Sodiq Safoyev JST va YeOII haqida

    — G‘arb davlatlari O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishi tarafdori. Respublika ham bir necha yillardan beri tashkilotga a’zo bo‘lish harakatida. Ammo jarayon nega shu paytgacha cho‘zilmoqda? Agar JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?

    — JSTga a’zo bo‘lish uchun har qanday mamlakat uning bir qancha talablariga javob berishi kerak. Xususan, eksport va import qilinadigan tovarlar pozitsiyasining sifati, standartlashtirish, markirovka va tovarlarga qo‘llaniladigan bojlar hisobga olinadi. Yana bir jihat: davlat iqtisodiy manfaatlari JST umumiy manfaatlariga zid kelmasligi kerak.

    Avvalo, mazkur talablarga rioya qilish bo‘yicha nazorat institutlarini barpo etish zarur. Sharoit yaratib berish kerak. Bu bir kun yoki 2-3 yilda bo‘lib qolmaydi. JST yoki YeOIIga a’zo bo‘lish shu ittifoqlardagi mamlakatlar standart va qoidalariga biz ham amal qilishimizni va bunga boshqalar ham ishonganini bildiradi. A’zolik bizga qanday ustunlik beradi, desangiz, albatta birdaniga mo‘jizani kutish kerak emas.

    JSTga a’zo bo‘lish biz jahon bozorida savdo qilishga o‘zimizning ishimizni osonlashtirdik, degan gap. Lekin ishimiz osonlashgani ertaga chiqib tovarlarimizni sotib juda katta pul qildik, boyib ketdik, degani emas. Birinchidan, jahon bozoriga nima taklif qila olishimizni aniq bilishimiz kerak. Xo‘p, bugungi kunda ip-kalava, oziq-ovqat, meva-sabzavotlar bordir. Ularning sifati, sifatini nazorat qilish standartlari, tashish va saqlash, ishlab chiqarish standartlari ham bo‘lishi kerak. Bular hal qilishimiz zarur bo‘lgan juda katta masalalar.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston va YeIK iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

    Ikkinchidan, xo‘p jahon bozoriga chiqadigan bo‘ldik. Qaysi yo‘llar bilan chiqamiz? Yana shimoliy yo‘llar bilan — Rossiya orqalimi? Ma’lum bir sabablarga ko‘ra, Rossiya yoki Qozog‘iston istagan paytda bu niyatlarimizga chek qo‘yishi mumkin. Alternativ yo‘llar qanday? Ya’ni janubga bo‘lgan yo‘llar hali qurilgani yo‘q.

    Bizda erkin savdoga to‘siq bo‘layotgan muammolardan biri — monopoliya. Hozir qaysi sohani olmang, hammasida monopoliya mavjud. Xo‘sh, monopoliyalardan voz kechishga tayyormizmi? Bundan qanday voz kechamiz? Bu katta masala. Buni YeOII va JST ham tushunib turibdi. Yana bir masala borki, YeOIIga kirish Rossiya monopoliyalari uchun O‘zbekiston iqtisodiyotiga kirib kelishni osonlashtiradi. Iqtisodiyotimizni rus monopoliyalari qamrab olishida eng asosiy mexanizmni YeOII yaratib beradi.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    Tasvirchi: Ilhom Xursanaliyev

    22.02.2022, 08:13   Izoh (0)   20518
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda 3 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushgan avtomaktab o‘qituvchisiga sud hukmi o‘qildi

    22.02.2022, 07:52

    Toshkent tumanida hokimlik zaxirasidan 14 sotix yerni 8 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    22.02.2022, 07:10

    Dubayda ochilgan “Kelajak muzeyi”, to‘rt kundan beri yonayotgan parom, emlangan sayyohlar uchun ochilgan davlat. 21-fevral suratlari

    22.02.2022, 00:27

    O‘zbekiston yo‘llarida: Buxorodagi YTHda 3 kishi vafot etdi, Farg‘onada Nexia-3 lar to‘qnashdi

    21.02.2022, 23:43

    Farg‘onadagi metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga o‘ta boshladi. Avvalroq zapravkalarda turnaqator navbatlar kuzatilayotgani xabar qilingandi

    21.02.2022, 23:27

    O‘zbekistonda yana ikki nafar sudya lavozimidan ozod etildi

    21.02.2022, 23:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-mayda o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 18 may, 15:23

    Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li birgina mahsulotdan voz kechib, 14 kiloga ozdi

    Layfstayl | 18 may, 14:55

    Toshkent viloyatida 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 14:15

    Instagram: Ozoda Nursaidova nega ozib ketdi? Sabrina Jabborova “Gelik” rulidagi qizni kechirdi, Maryam Tillayeva Kann kinofestivalida qatnashmoqda

    Shou-biznes | 18 may, 13:50

    Google sun’iy intellektga asoslangan yangi ko‘zoynak taqdim etdi

    Dunyo | 18 may, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.