• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    “JSTga aʼzolikkacha bo‘lgan yo‘lning yarmidan o‘tdik” — prezident vakili Aziz Urunov bilan suhbat

    O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lmoqchi. Xo‘sh, ayni paytda muzokaralar qanday ketyapti? Mazkur tashkilotga qo‘shilgach nimalarga erishamiz? “Daryo” ushbu mavzu doirasidagi savollarga javob olish uchun prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Aziz Urunov bilan suhbat uyushtirdi.

    O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lish yo‘lida qatʼiy harakatlanmoqda. Tashkilotga qo‘shilishning eng muhim beshta foydasi nimalardan iborat?

    Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishdan oladigan eng birinchi manfaatimiz—iqtisodiyotda korxonalar uchun teng sharoit yaratilishidir. Bu o‘z navbatida raqobat muhiti yaxshilanishiga olib keladi va bu ikkinchi muhim jihat — raqobat muhiti yaratilishiga olib keladi. Raqobatsiz rivojlanish qiyin. Tez rivojlangan davlatlar tajribasiga qaralsa, ularda iqtisodiy o‘sishning asosiy manbalaridan biri raqobat muhiti bo‘lgan. Uchinchidan, sifatli investitsiyalar keladi. Bu iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun muhim omil.

    Bugun 166 ta davlat JST aʼzosi. Ular global savdo munosabatlarining 97 foizini amalga oshiradi. Tashkilotga qo‘shilish orqali oladigan to‘rtinchi eng muhim foydamiz — savdo munosabatlarida JST aʼzolari bilan bir tilda gaplashish bo‘ladi.

    Beshinchidan, tashqi bozorga ochilamiz. Bu O‘zbekistonning nafaqat ichki bozori, balki tashqi bozorlarni ham tadbirkorlarimizga ochilishiga yordam beradi. Global ishlab chiqarish zanjiriga kirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Masalan, savdo va tariflar to‘g‘risidagi boj bitimining bir moddasi tranzit erkinligiga bag‘ishlangan. JSTga aʼzo davlatlarga tranzit erkinligi taʼminlanadi. O‘zbekiston uchun bu juda ham muhim meʼyor va imkoniyat. Chunki bizda to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqish imkoniyati yo‘q.

    Aziz Urunov
    Foto: “Daryo”

    Hukumat O‘zbekiston JSTga 2026-yilgacha aʼzo bo‘lishini maʼlum qildi. Ayrim mutaxassislar aʼzolik uchun hali ko‘proq vaqt kerak, degan fikrda. Sizningcha, ikki yil ichida bunga ulgurish mumkinmi?

    O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lishini barcha davlatlar qo‘llab–quvvatlamoqda. Tashkilotga qo‘shilish murakkab jarayon, chunki bu faqatgina O‘zbekistonning o‘ziga bog‘liq emas. Aʼzo mamlakatlarning shu narsani qabul qilishiga ham bog‘liq.

    Biz o‘zgarishlarni faqatgina JSTga aʼzo bo‘lish uchungina qilayotganimiz yo‘q. Iqtisodiy barqaror rivojlanish uchun kerakli islohotlar bor va ular amalga oshirilmoqda. Shuning bahonasida JSTga aʼzo bo‘lib kirmoqchimiz. Ikkinchi tarafdan, JSTga aʼzo bo‘lish zarurligi sababli ham o‘sha islohotlarni tezlashtiryapmiz. Chunki korxonalardan “qachon raqobatga tayyor bo‘lasan”, deb so‘rasangiz, ular: “2060-yilgacha menga imkoniyat beringlar”, deb aytadi. Lekin iqtisodiy rivojlanish va tashqi bozorlarga chiqish uchun bizlarni uncha kutishga vaqtimiz yo‘q. Kutish iqtisodiy rivojlanishimizni sekinlashtirishga olib keladi. Biz tez va barqaror rivojlanmoqchi bo‘lsak, tashqi bozorlarga ochilishimiz, raqobatbardosh bo‘lishimiz kerak. Shu nuqtayi nazardan 2026-yilgacha JSTga aʼzo bo‘lish maqsad qilingan. Bugungi siyosiy iroda, davlat rahbariyatining qo‘llab–quvvatlashi asosida bu bemalol amalga oshirsa bo‘ladigan vazifa deb o‘ylaymiz.

    Bir yil ichida 14 ta davlat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladik. Yana biz bilan tizimli gaplashadigan 14–15 ta davlat bor. Ularni ko‘pchiligi bilan ikki tomonlama muzokaralarda ancha oldinga ildamlaganmiz. Ko‘p tomonlama muzokaralar yo‘nalishida ham faol ishlar olib boryapmiz.

    JSTga aʼzolikkacha bo‘lgan yo‘lning yarimidan o‘tdik deya olamiz. Bugungi kunda JSTga aʼzo bo‘lishga nomzod davlatlar qatorida ustuvorlaridan biriga aylanyapmiz. Har bir davlat JSTga aʼzo bo‘ladigan davlat kim bo‘ladi degan savolni qo‘yadi. Shu nuqtayi nazardan ko‘p davlatlar O‘zbekiston ancha faolligini ko‘rmoqda va shunga biz bilan hamkorlik uchun o‘z vaqtini ajratmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Ayrim tadbirkorlar O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lishidan xavotir bildirdi. Raqobat kuchaysa, mahalliy kichik va o‘rta biznes “sinishi” mumkin degan fikrlar yangramoqda. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

    Tadbirkorlar ham, biznes ham komfortni juda yaxshi ko‘radi. Albatta, oson bo‘lmaydi. Raqobatga chidash kerak bo‘ladi. Ikkinchi tarafdan, raqobat tadbirkorlarni faolroq harakat qilishga undaydi. Tadbirkorlarimiz ichki bozorga qarab qolsa, ertangi rivojlanish imkoniyatlarini o‘ziga o‘zi chegaralab qo‘yadi. Biz har doim tashqi bozorlarga chiqishni maqsad qilishimiz kerak. Agar uzoq muddatli barqaror rivojlanishni ko‘zlaydigan bo‘lsak, buning asosiy manbalaridan biri eksportdir. Tez rivojlangan ko‘p davlatlarga qarasangiz, ularning asosiy iqtisodiy drayveri eksport bo‘lgan.

    Ikkinchi tarafdan, oxirgi 40 yillik tendensiya shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlanishning asosiy manbalaridan biri xizmatlar sohasi bo‘lmoqda. JSTga aʼzo bo‘lish ham bu yo‘nalishda katta imkoniyat eshigini ochib beradi. Servis bu bandlik, daromad va iqtisodiy o‘sish degani.

    JSTga aʼzo bo‘lish mamlakatda biznes uchun teng sharoit va raqobat yaratishga imkon berishini aytdingiz. Tani olish kerak, hozir O‘zbekistonda monopol mavqega ega korxonalar yo‘q emas. Kelajakda monopoliya muammosi qanday yechiladi?

    JST qaysidir mamlakatda monopoliya bo‘lmasin, degan qatʼiy shartni qo‘ymaydi. JSTning asosiy shartlaridan biri — teng sharoitni taʼminlash. Bunda o‘sha monopol korxonalarda ham kimningdir imkoniyatini chegaralaydigan sharoit bo‘lmasligi kerak.

    Monopol korxona bo‘lishi mumkin, lekin u ichki bozorda xorijiy kompaniyalar bilan raqobat qilishga majbur bo‘ladi. Yoki tabiiy monopoliyalar bor. Ularning bo‘lishiga asosiy sabablardan biri xususiy sektor o‘sha faoliyatni taʼminlab bera olmaydi yoki unda tijoriy manfaat yo‘q. Masalan, ko‘p mamlakatlarda jamoat transporti davlat tomonidan taʼminlab beriladi. Bunday faoliyatdan tijoriy foyda ko‘rish juda qiyin. Mazkur yo‘nalish yoki boshqa xizmatlar sohasi tarmoqlari iqtisodiy munosabatlarning muhim ishtirokchisi hisoblanadi.

    Sanoatga keladigan bo‘lsak, yaqinda qabul qilingan prezident farmonida davlatga qarashli aksariyat yirik sanoat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinishi belgilandi. Bu qolgan korxonalarga ham teng sharoit yaratish degani. Teng sharoit bor joyda o‘z o‘zidan raqobat muhiti yaxshilanadi. Raqobat muhiti borligi esa rivojlanish bo‘ladi degani. Bu bir tarafdan davlat korxonalari uchun chaqiriq bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tarafdan, ular uchun juda ham katta imkoniyat degani. Chunki u korxonalar samaraliroq ishlash haqida o‘ylashni boshlaydi. Pirovardida bundan ko‘proq manfaat ko‘radi.

    Aziz Urunov
    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorlarning eksportdagi imkoniyatlari yuqori emasligi, chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda qiynalishlari ko‘p aytiladi. JSTga aʼzo bo‘lish eksportni rag‘batlantirish va o‘stirishga qanday taʼsir qiladi?

    Avvalo, eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun sizning mahsulotingiz raqobatbardosh bo‘lishi kerak. Qolgan masalalar, aytaylik professional gaplashib olish, hujjatlarni tayyorlash kabilar texnik ishlardir. Mahsulot raqobatbardosh bo‘lsa, u o‘z egasini topadi.

    O‘zbekistonda aksariyat aholi xitoy tilini biladimi? Bilmaydi. Hatto butun dunyoda u tilni biladiganlar kam. Lekin bugungi kunda Xitoy global eksportyorga aylanib bo‘ldi. Uning mahsulotlari kirib bormagan davlatning o‘zi yo‘q. Chunki raqobatbardoshlik bor. Sizda u ishlab chiqargan mahsulotga ehtiyoj, talab mavjud va shuning uchun ham uni sotib olasiz. Biz ham eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun avvalo raqobat muhitini yaratishimiz kerak. Biznesda “chaqaloq tarmoqlar” bor. Maʼlum davrda ularni oyoqqa turib olishi uchun imkoniyat berilishi kerak. Yaʼni 5-yil, uzog‘i bilan 10-yil bo‘lishi mumkin. Agar ularga 20–30-yillab imkoniyat beradigan bo‘lsak, demak bunday tarmoqlar hech qachon yurishga o‘rgana olmaydi.

    JSTga kirsak, boyib ketamiz deb fikrlar ham aytiladi. Menimcha, bu noto‘g‘ri. Aʼzolik bir instrument xolos. Asosiysi undan to‘g‘ri foydalana olishdir. Aʼzolik qay darajada katta manfaat olib kelishi davlat olib borayotgan to‘g‘ri iqtisodiy siyosatga bog‘liq.

    O‘zbekiston hukumati uchun JSTning qaysi shartlarini bajarish qiyin bo‘lmoqda?

    JSTga aʼzo bo‘lish juda ham qiyin jarayon. Davlatlar bilan muzokaralarda birgina kichik masala ustida oylab muzokara qilamiz. Bitta misol, Koreya Respublikasi bilan fevral oyida Seul shahriga borib muzokara qilganmiz. Unda bitta kichik masala qolgandi. Fevraldan may oyining oxirigacha o‘sha masala ustida muzokara qilganmiz. Yaqinda Koreya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuv asosida tegishli bayonnomaga davlatlar rahbarlari oldida imzo qo‘yildi. Yaʼni oson masalaning o‘zi yo‘q. Ayniqsa, ko‘p tomonlama muzokaralarda tizimli va juda qiyin masalalar ko‘tariladi. Bugungi kundagi siyosiy iroda, prezident va hukumat rahbarlarining bizni qo‘llab-quvvatlashi tufayli biz uchun “dogma” masala yo‘q. Hamma masalani yechimi ustida iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqib bosh qotiriladi. Jamoamiz bilan bunda ishlab, yechimlarni topib kelyapmiz. Yaqin istiqbolda JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini yakuniga yetkazamiz.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    25.06.2024, 23:40   Izoh (0)   6394
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha muzokaralar jiddiy bosqichga chiqdi — Jenevadan maxsus intervyu

    18.11.2023, 22:01

    O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi

    16.02.2024, 11:36

    “O‘zbekiston raqobatdan qo‘rqmasligi kerak” — JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala

    11.06.2024, 14:49

    O‘zbekistonda ota-onalar uchun tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi

    25.06.2024, 22:55

    Sirdaryoda tadbirkor “Hududgaz” tomonidan noqonuniy hisoblangan 200 mln so‘mga yaqin qarzdorlikdan ozod qilindi

    25.06.2024, 22:35

    O‘zbekistonda 2024-yilning besh oyida qancha o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘lgani ochiqlandi

    25.06.2024, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisiga aylandi

    Sport | 18 iyun, 10:32

    Eron Isroil havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

    Dunyo | 18 iyun, 10:30

    Isroil o‘z fuqarolariga mamlakatni tark etishni taqiqladi

    Dunyo | 18 iyun, 10:18

    O‘zbekiston avtomobil bozori 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sadi — BCG

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:56

    Hech nima qilmasdan metabolizmni tezlashtirish va ozish sirlari

    Salomatlik | 18 iyun, 09:47

    “Isroil biz uchun Eronda ‘qora ishlar’ qilmoqda” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 18 iyun, 09:36

    Toshkentdagi dorixonada 3,5 mlrd so‘mlik dorilar sifatsiz va qalbakilashtirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “River Pleyt” va “Mamelodi”dan g‘alaba, “Inter” Meksika jamoasi bilan durang o‘ynadi (video)

    Sport | 18 iyun, 09:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.