• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Atom energiyasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi mamlakatimiz taraqqiyotiga kuchli turtki beradi” — Shavkat Mirziyoyev

    Samarqandda “Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbirning ochilish marosimida Sherzod Asadov prezidentning anjuman ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlati rahbarining murojaatida iqlim o‘zgarishlarining salbiy ta’siri va an’anaviy energiya manbalari taqchilligi yaqqol sezilayotgan hozirgi sharoitda tinch atom hayot sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishda muhim muqobil yechim hisoblanishi ta’kidlangan.

    “Yurtimiz jahonda birinchilardan bo‘lib, xalqaro talab va standartlarga muvofiq, kichik quvvatli atom elektr stansiyalarini barpo etishga kirishdi. Biz ushbu loyihalarni, bundan tashqari, sog‘liqni saqlash va qator ilmiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda XAEAni o‘zimiz uchun muhim sherik deb bilamiz.

    Hech shubhasiz, atom energiyasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishi mamlakatimiz taraqqiyotiga kuchli turtki beradi hamda yangi ilmiy-texnologik ishlanmalar va innovatsion iqtisodiyotga o‘tish uchun imkon yaratadi”, dedi prezident.

    Davlat rahbarining qayd etishicha, mamlakatni ishonchli, xavfsiz, iqtisodiy samarador va ekologik toza energiya manbalari bilan ta’minlash – Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida yetakchi o‘rin egallab kelmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sohaning huquqiy-institutsional asosini mustahkamlash uchun Milliy agentlik tashkil etildi, Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish haqidagi qonun, Atom energiyasini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli konsepsiya, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan strategiya qabul qilindi. Soha uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi joriy etildi.

    Konferensiya haqida

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu tadbir ishtirokchilarga atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishning muhim jihatlari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish va tajriba almashish uchun noyob imkoniyat yaratadi. U xavfsizlikning yuqori standartlari, ekologik mas’uliyat va iqtisodiy maqsadga muvofiqligiga e’tibor qaratgan holda mamlakatda atom energetikasini muvaffaqiyatli rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim hamkorlik maydoniga aylanadi.

    Konferensiya davomida ishtirokchilari o'zaro tajriba va bilim almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, atom sanoatini qonuniy tartibga solish, ijtimoiy, ekologik va xavfsizlikning turli jihatlari, yadroviy texnologiyalarni tinch maqsadlarda rivojlantirish, kadrlar tayyorlashga oid turli masalalarini ko‘rib chiqadi.

    O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi

    Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida 27-may Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurishdagi hamkorlikka oid hukumatlararo bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangandi. Shu kuni “O‘zatom” agentligi huzuridagi “AES qurilishi direksiyasi” DUK va “Rosatom” tuzilmasidagi “Atomstroyeksport” AJ injiniring kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha shartnoma tuzildi.

    Imzolangan kelishuvlarga asosan, Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi asosida 330 MW quvvatga ega (har biri 55 MW quvvatli 6 ta reaktordan iborat) AES quriladi. Stansiya qurilishida “Rosatom” bosh pudratchi bo‘ladi, O‘zbekiston kompaniyalari ham ishtirok etadi.

    Aksariyat ijtimoiy tarmoqlar faollari AES xatarli ekanini aytib, uning portlashidan xavotir bildirmoqda.  Moskva muhandislik-fizika instituti Toshkent filiali o‘qituvchisi Qosim To‘xtaoxunov “Daryo”ga bergan intervyusida bunday xavotirlar o‘rinsiz ekanini aytgandi.

    “AES va atom bombasida bo‘layotgan jarayonlar mutlaqo boshqa-boshqa. AES reaktorida hech qachon portlash bo‘lishi mumkin emas. Chernobilda boshqa reaktor turi edi — RBMK. U yerda xavf bo‘lgan. Fukusimada ham ‘kipyashiy’ reaktor. Dunyo mazkur turdagi reaktorlardan voz kechgan. Hozir unday reaktorlar qurilmayapti. Hozir butun dunyoda faqatgina VVER konstruksiyalari qurilmoqda. Bunda xavfsizlik tomoniga ko‘proq eʼtibor beriladi”, degan edi mutaxassis.

    “O‘zatom” agentligi huzuridagi AES qurilishi direksiyasi direktori Otabek Omonov “Daryo”ga bergan intervyusida stansiya qurilishida xavfsizlik talablari yuqori ekanligini, AES qurilish xarajatlarining ko‘p qismi xavfsizlik taʼminlanishi uchun sarflanishini ta’kidlagandi.

    Qosim To‘xtaoxunovning so‘zlariga ko‘ra, atom energetikasi — butun dunyoning kelajagi. Odamzodda bu texnologiyaga o‘tishdan boshqa yo‘l yo‘q. Chunki Yer yuzida uglevodorodlar tugamoqda. O‘zbekiston birinchi qadamni kichik AES qurishdan boshladi.

    Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovdan AES, atom energiyasi haqida fikri so‘ralganida vazir “bu hozirgi kunda texnologik jihatdan eng xavfsiz ishlab chiqarish jarayoni” ekanligini aytgandi.

    AES qurilishi investitsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Hozirgacha bir necha banklar sarmoya kiritish taklifini bildirgan. “O‘zatom” agentligi huzuridagi AES qurilishi direksiyasi direktori Otabek Omonovning so‘zlariga ko‘ra, hozir AES maydonida rejim-kuzatuv ishlari olib borilyapti. Maydon yanada chuqur o‘rganilmoqda. 2025-yil yakunigacha maydonchaga AES joylashuvi bo‘yicha ruxsatnoma olish rejalashtirilgan. Muhim asbob-uskunalarni ham o‘z vaqtida joylashtirsa, 2029-yil yakunida stansiyaning birinchi qismi ishga tushirilishi mumkin.

    05.12.2024, 16:03   Izoh (0)   3677
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AES#atom energiyasi#kichik quvvatli atom elektr stansiyalari

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jizzaxdagi AES qurilishiga mahalliy va rossiyalik quruvchilar jalb etiladi” — Otabek Omonov

    02.07.2024, 20:45

    Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategiyasi: yadro texnologiyalaridagi yutuqlar mintaqaviy yadroviy paradiplomatiyaga olib kelishi mumkinmi?

    08.07.2024, 19:21

    “AES qurish O‘zbekiston uchun yechim emas, balki potensial to‘ldiruvchi loyihadir” — xalqaro “yashil” energiya tarmog‘i direktori Toshkentning energiya loyihalari

    12.07.2024, 18:55

    BAA ikkinchi atom elektr stansiyasini qurish masalasini ko‘rib chiqmoqda

    17.07.2024, 20:25

    “Atom bombasining cho‘qintirgan otasi” — SSSRdagi atom loyihasi rahbari Kurchatov taqdiri

    10.08.2024, 19:31

    Armaniston AQSHga atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik so‘rovini yubordi

    22.08.2024, 21:29

    Qozog‘iston AES qurish xarajatlarini e’lon qildi

    28.08.2024, 16:58

    Shveysariya yangi AES qurilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin 

    28.08.2024, 23:10

    Qozog‘istonda AES qurilsa, unga mahalliy mutaxassislar jalb qilinadi

    04.10.2024, 16:52

    “AES — dunyodagi eng xavfsiz texnologiyalardan biri” — Jo‘rabek Mirzamahmudov

    06.10.2024, 15:23

    Qozog‘istonda AES qurilishi uchun 71,12 foiz ovoz berildi — dastlabki natijalar

    07.10.2024, 11:55

    Qirg‘iziston AES uchun maqbul joy qidirmoqda — mamlakat energetika vaziri  

    07.10.2024, 23:15

    “Rossiya AES qurishi bilan bog‘liq siyosiy xavf-xatarlar yuzaga kelganda hal qilinadi” — Sklyar

    08.10.2024, 12:40

    Qozog‘istonda AES quriladi: referendum natijalari e’lon qilindi

    08.10.2024, 14:10

    AQSH Qozog‘istondagi AES qurilishida ishtirok etmoqchi 

    09.10.2024, 10:25

    Qozog‘istonda AES muddatli to‘lov evaziga qurilishi mumkin

    11.10.2024, 09:45

    Rosatom Qirg‘izistonda AESlar xavfsizligi yuzasidan ma’ruza qildi

    14.10.2024, 22:22

    "Atrof-muhitni kamroq ifloslantiradi" — Energetika vaziri o‘rinbosari AESning ahamiyatini tushuntirdi

    15.10.2024, 17:43

    “Yevropa, Rossiya va mahalliy banklar sarmoya kiritmoqchi”: Jizzaxda AES qurilishiga investitsiyalar jalb etilishi aytildi

    15.10.2024, 21:04
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.