• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Markaziy Osiyo

    “AES qurish O‘zbekiston uchun yechim emas, balki potensial to‘ldiruvchi loyihadir” — xalqaro “yashil” energiya tarmog‘i direktori Toshkentning energiya loyihalari haqida

    “Daryo.uz” nashri ACWA Power kompaniyasining ijrochi direktori Marko Archelli bilan intervyu tashkil etdi. Intervyuda O‘zbekistonning yashil energetika sektoriga kiritgan transformativ sarmoyalarini, direktor Marko Archellining soha yuzasidan bildirgan fikrlari hamda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning yaqinda O‘zbekistonga uyushtirgan tashrifi yuzasidan mulohazalar bildirilgan. Mazkur suhbatdan tashabbuslar O‘zbekistonning barqaror energetikaga o‘tishiga qanday turtki berayotgani va global dekarbonizatsiya saʼy-harakatlariga qanday hissa qo‘shayotgani haqidagi tushunchalar o‘rin olgan.

    ACWA Power kompaniyasining ijrochi direktori Marko Archelli
    Foto: “Daryo”

    — O‘zbekistonda hozirda energetika sohasida “yashil” va barqaror tarmoqqa keng ko‘lamli o‘tish jarayoni davom etmoqda. Bugungi suhbatdoshimiz O‘zbekistonning sektordagi eng yirik investorlaridan biri  ACWA Power bosh direktori Marko Archelli. Oxirgi marta siz bilan Investorlar forumida suhbatlashgandik va juda qisqa vaqt ichida yana O‘zbekistonga tashrif buyurdingiz.

    Yurtimizga qilgan navbatdagi tashrifingiz boisi hamda janob Antonio Gutterrish bilan tadbirlar qanday o‘tgani haqida so‘zlab bersangiz. Riverside Solar loyihasi pavilyoniga tashrifingiz qanday bo‘ldi?

    — Haqiqatan ham, siz taʼkidlaganingizdek, bu yerga qaytish men uchun juda hayratlanarli imkoniyat bo‘ldi, chunki Janobi Oliylari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Toshkentga tashrif buyurgandi. Energetika vaziri mamlakatdagi elektr energiyasi ishlab chiqaradigan eng yirik quyosh energiyasi zavodlaridan biri bo‘lgan zavodga borishda unga hamrohlik qildi. Ushbu zavod juda katta batareya sig‘imiga ega. Shundan kelib chiqsak, menimcha, hukumat haqiqatan ham mamlakat energiya almashinuvi va dekarbonizatsiya sohasida amalga oshirayotgan barcha ishlarni ko‘rsatishni astoydil xohladi va bu juda ajoyib — dedi Marko Archelli

    — Dekarbonizatsiya va “yashil” energiyaga o‘tish haqida gapiradigan bo‘lsak, O‘zbekiston bu borada juda qattiq ishlamoqda va mintaqadagi qo‘shnilariga nisbatan qiyosiy ustunlikka erishishga harakat qilmoqda. Riverside loyihasi, 200 megavattli elektr stansiyasi va sizda mavjud bo‘lgan boshqa loyihalar bu maqsadlarga qanchalik taʼsir qiladi?

    Marko Archellining “Daryo.uz” nashriga bergan intervyusi
    Foto: “Daryo”

    — Biz O‘zbekistonning energetika sohasidagi eng yirik investorlaridanmiz. Bizda allaqachon 3000 megavattli tuzilmalar ishlab turibdi. Rejadagi erishilishi kerak bo‘lgan quvvat esa 11 gigavattdan ko‘proq, yaʼni 2030-yilgacha 11 000 megavattli infratuzilma quramiz. Bunga quyosh stansiyalari, shamol stansiyalari, akkumulyatorlar saqlagichlari va birlashgan tarmoqlar kiradi. Ko‘ryapsizki, bu turli xil texnologiyalar aralashmasi bo‘lib, O‘zbekiston uchun quyosh massasi ko‘p bo‘lgan yozda talabni qondirish uchun eng yaxshi variantdir, lekin qishda, albatta, sovuq ob-havo bo‘ladi hamda talab oshadi. Bu paytda esa energiya quvvatlari shamoldan manba sifatida foydalanadi. Quvvat saqlagichlarida to‘plangan energiyadan foydalanishga o‘tiladi. Gaz bilan ishlaydigan kombinatsiyalar sikli ham ishga tushadi. Bu juda yuqori samarali zavod. Umuman olganda, bu O‘zbekistonning butun tizimni yoshartirish va bu uchun ishlatiladigan gaz va undan hosil bo‘ladigan emissiyaning 50 foizga yaqinini tejash rejasining bir qismidir. Men dastur juda ajoyib ekanini ko‘rmoqdaman, — deydi ACWA Power ijrochi direktori.

    — Sizningcha, bu loyihalar haqiqatda qanchalik “yashil”? Chunki quyosh, shamol turbinalarining qayta tiklanuvchanligi borasida baʼzi munozaralar mavjud, bu munozaralar trubinalarni yaratish uchun ishlatiladigan materiallar borasida yuzaga kelgan. Bunday taʼsirni qanday baholay olasiz?

    — Ha, bahs-munozaralar kuchli, lekin oxir-oqibat, bugungi kunda biz o‘rnatishimiz mumkin bo‘lgan eng barqaror energiya turlari mavjud. Biz ularni shunchaki qandaydir ideologiya asosida o‘rnatmaymiz. Bundan tashqari, ular bugungi kunda siz o‘rnatishingiz mumkin bo‘lgan energiyaning eng arzon va tez tashkil etiluvchi shaklidir. Agar siz emissiyadan qutulish uchun imkon qadar tezroq harakat qilmoqchi bo‘lsangiz va iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun arzon energiyaga yaratishni istasangiz, bu siz qurishingiz shart bo‘lgan loyihadir. Xo‘sh, nima uchun O‘zbekistonda bunday imkoniyatlar mavjud deb o‘ylayapmiz?

    Biz guvoh bo‘lgan narsa shuki, investitsiyalar o‘smoqda. Shuning uchun energetika tizimining yanada xavfsiz, arzon, barqaror ishlab chiqarish turiga o‘tilishi bilan siz nafaqat elektr energetika tizimini, energiya tarmog‘ini yaxshilaysiz, balki o‘zingizga ko‘proq investitsiyalar jalb eta boshlaysiz. Biz Saudiya Arabistoni kompaniyasimiz. Bizning loyihalarimiz ko‘p. Yuqori surʼatdagi ish tezligi tufayli bu yerda hamma resurslar juda tez birlashmoqda, shuning uchun natijalar ko‘rinyapti. Bu esa endilikda Saudiya Arabistonining mamlakatga data markazlardan tortib boshqa turdagi investitsiyalargacha bo‘lgan keyingi sarmoyalarini jalb qilmoqda.

    — Va ular juda xilma-xil.

    — Shunday.

    — Bu juda qiziq. Menimcha, yana bir muhim omil, O‘zbekiston energiya tarmog‘i. Tarmoqning o‘zi ancha eskirgan va hali kapital taʼmirdan o‘tmagan. Tarmoq va turli loyihalarni muvofiqlashtirishda muammolarga duch kelmadingizmi?

    — Hozircha biz muammolarni ko‘rmadik. Bu borada hech qanday muammo yo‘q. O‘ylaymanki, ijobiy belgilardan biri — bu elektr tarmog‘i mahalliy ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan hamma narsani o‘zlashtira olishiga ishonch hosil qilish uchun hukumat va, xususan, Energetika vazirining katta eʼtiboridir. Bu yangi tarqatish liniyasi, elektr uzatish liniyasi orqali amalga oshiriladi, shuningdek, eng yirik investorlardan biri bo‘lgan akkumulyator zaxiralari orqali tashkil etiladi, — deydi Marko Archelli.

    Markaziy Osiyo va Kavkazni birlashtiruvchi energiya yo‘lagi

    — To‘liq salohiyatga erishish haqida gapiradigan bo‘lsak, ACWA Power O‘zbekistonda qanday uzoq muddatli maqsadlarni ko‘rmoqda?

    — Biz haqiqatan ham hukumatning hamkori bo‘lishni xohlaymiz va men konferensiyalar, tadbirlar, hattoki Toshkent forumida bo‘lganimda aytmoqchi bo‘lgan narsam – O‘zbekistondan Saudiya Arabistoni bilan birgalikda jahondagi namuna sifatida foydalanishdir. Mamlakat yangi energiyaga tez va konstruktiv tarzda o‘tadi, shuning uchun loyihalar qisqa muddatda yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

    Bu loyihalar hamkori ekanligimizdan faxrlanamiz. 11 gigavattdan ortiq investitsiyalar bilan birgalikda 15 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritiladi. Bu nafaqat energiya tizimiga pul sarflash, balki qurilish sohasida muhim ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Biz o‘n minglab ish o‘rinlari haqida gapiryapmiz.

    Biz amalga oshirayotgan yana bir narsa — bu loyihalarda ishlashi mumkin bo‘lgan kadrlarni rivojlantirishdir. Ularning salohiyatini oshiryapmiz. Sirdaryodagi elektr stansiyamizga juda yaqin joylashgan Shirin kolleji homiylaridan birimiz. U yerda bugungi kunda 350 ga yaqin o‘zbekistonlik yoshlarni o‘qityapmiz, ulardan baʼzilari allaqachon elektr stansiyalarimizda ishga yollanishni boshladi, bu dastur biz ishga kirishgunga qadar talabalar tayyor bo‘lishi uchun ancha yillar oldin moliyalashtirila boshlangan. Kadrlarning taxminan 25-26 foizini yosh xotin-qizlar tashkil etadi, ishchilar tarkibi xilma-xil. O‘ylaymanki, bu siz amalga oshirayotgan aniq loyihalardan tashqari, mamlakatda kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish uchun hissa qo‘shishga yordam beradi, — deydi u.

    — Ha, ancha barqaror va samarali.

    — To‘g‘ri.

    — Shuningdek, sizdan bu yerda mavjud bo‘lgan boshqa loyihalar bo‘yicha ham maʼlumot olmoqchi edim, chunki ACWA Power’da juda katta investitsiyalar portfeli mavjud. Siz nimalar sodir bo‘layotgani haqida biroz tushuncha bera olasizmi?

    — Yuqorida aytib o‘tganimdek, biz turli xil texnologiyalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqdamiz. Albatta bular qayta tiklanadigan energiya, shamol va quyosh resurslari bo‘ladi. Menimcha, shamol energiyasi quyoshdan ko‘ra ko‘proq, mamlakat juda ko‘p hajmda bu tabiiy resursga ega. Shuningdek, energiyaga talab eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanda shamolning yillik o‘rtacha intensivligi ham oshgan bo‘ladi. Mamlakatda resurslarning yaxshi muvozanati mavjud. Biz energiya tarmog‘i va undagi o‘zgarishlar haqida muntazam so‘rab boryapmiz. Batareya saqlagichlari hamda birlashgan sikllar ustida ish olib boryapmiz. Bu loyihalardan baʼzilari mamlakatning g‘arbiy qismida amalga oshiriladi. Yaqinda Qozog‘iston va Ozarbayjon energiyani Yevropaga eksport qilish to‘g‘risida shartnoma imzolangani haqida eshitdik. O‘ylaymizki, elektr energiyasining bir qismini mahalliy yagona xaridor bunday tarzda sotishi mumkin.

    Biz rivojlantirmoqchi bo‘lgan yan bir narsa — bu “yashil” vodorod korxonasi, u allaqachon qurilmoqda. Shunday qilib, biz asosan qayta tiklanadigan energiyani olamiz, keyin suvni vodorod va kislorodga aylantiradigan elektrolizatorga ishlab chiqariladigan elektr energiyasini yo‘naltiramiz. Bu O‘zbekistonga mahsulotlarni “yashillashtirish”, keyinchalik Yevropa va boshqa mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda bu nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda birinchi o‘rinda turadigan vazifadir.

    Biz Yevropaning savdo to‘sig‘iga bo‘lib turgan uglerod chegaralarini tartibga solish mexanizmini qanday o‘rnatayotganini bilamiz. Agar siz xorijdagi yashil manbalardan foydalanib mahsulot ishlab chiqarmasangiz, ularni Yevropaga import qilish uchun soliq to‘laysiz. Shu tariqa O‘zbekiston Yevropaga eng arzon eksportyorlardan biriga aylanadi. Shuning sabab, fikrimcha, hukumat qilayotgan ish juda istiqbolli, — deydi kompaniya ijrochi direktori Marko Archelli.

    — Ular mintaqaviy qo‘shnilariga nisbatan ancha yaxshi qiyosiy ustunlikka ega bo‘ladi.

    — Albatta.

    — Jahon savdo tashkiloti bosh direktori bilan gaplashganimda u xuddi shu narsa — O‘zbekiston ushbu “yashil” energiyani ishlab chiqarish qobiliyatidan qanday foydalanishi kerakligi haqida gapirdi. Menimcha, siz aytganingizdek, jarayon to‘g‘ri yo‘lda ketmoqda. ACWA Power bu energiyaning yagona investori emas. Bizda Xitoy kompaniyalari, BAAning Mazdar kompaniyasi bor, ularning barchasi bunga intilmoqda. Lekin bilishimcha, ACWA Power eng yirik hamkorlardan biri.

    — Ha, menimcha, biz ambitsiyalarga javob berib, ishga tushirish uchun belgilangan muddatda loyihalarni bajargan kompaniya sifatida hukumat ishonchini qozonmoqdamiz. Bu juda muhim narsa. Eng muhimi — bu ishonch, — deydi Marko Archelli.

    — Men sizdan boshqa narsani so‘ramoqchi edim, o‘z imkoniyatlaringiz doirasida siz ko‘p yillar davomida energetika sohasida ishlagansiz va Xalqaro energetika assotsiatsiyasida mutaxassis ham bo‘lgansiz. Atom energetikasi bu yerning energetika sektoriga qanday taʼsir qilishi mumkinligi haqida so‘ramoqchi edim, chunki O‘zbekiston Rosatom bilan elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha bir qancha shartnomalar imzolagan va ko‘pchilik yadroviy energiya foydalanish uchun eng “yashil” energiyalardan biri ekanligini taʼkidlagan. Siz bu fikrga qanday qaraysiz?

    — Faoliyatimda energiyaning har bir turini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni boshqarganman. Men hatto neftgaz sohasida ham ishlaganman. Slovakiya, Sloveniyadagi atom elektr stansiyalarini boshqarganman. Shuningdek, ko‘mir, gidro, quyosh, shamol, geotermal elektrostansiyalari boshqaruvida bo‘lganman. Ish faoliyatim davomida olgan tajribalarimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, yagona yechim yo‘q. Atom energiyasi yechimning bir qismi ekanligiga ishonaman.

    Har bir davlat yadroviy energiyadan foyda oladi, mahalliy sharoitga qarab, albatta. Bugungi kunda yadroviy reaktorlar ko‘p emas. Shuning uchun uni qurish juda qimmatga tushadi. Men bu loyihani yechim emas, balki potensial to‘ldiruvchi deb o‘ylayman. Agar sizda qayta tiklanadigan energiya ko‘p bo‘lsa, ularni ishga tushirish haqida o‘ylashingiz kerak. Va yana bir jihat shundaki, yadro asosiy yuk sifatida ishlaydi. Uni energiyaning asosiy yuk qismi sifatida ishlatish va muvozanat saqlash juda muhim. Agar yadroviy energiya muqobillari bilan kombinatsiya qilib boshqarilsa, men chinakamiga yadro loyihasi tarafdoriman, — deydi u.

    Rosatom va O‘zbekiston hamkorligi
    Foto: “Daryo”

    — Navbatdagi savolim shuki, qayta tiklanadigan energiyalarning aksariyati muhim tarzda suv zaxirasiga muhtoj. Quyosh panellari muntazam tozalanib, sovitilib turishi kerak. “Yashil” vodorod zavodlarida esa suvdan molekulalarni parchalash uchun ham foydalaniladi.

    Yadro energiyasi reaktorlarni sovitish uchun suvdan foydalaniladi. Markaziy Osiyo suv inqirozini boshdan kechirmoqda va tez orada qurg‘oqchilikka duchor bo‘lishi mumkin. Bu loyihaga qanchalik taʼsir qiladi?

    — Siz ajoyib fikr bildirdingiz. Ayni shu o‘rinda aytish kerakki, shamol va quyosh panellari sovitish uchun suvga muhtoj emas. Yadro energiyasida esa u katta miqdorda talab etiladi. Albatta, suv asosiy manba sifatida kerak. Bunda shamol va quyosh energiyasiga o‘tish eng samarali usuldir. Aytgancha, ACWA Power ham dunyodagi eng yirik suvni tuzdan tozalash kompaniyasi hisoblanadi. Biz Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Bahrayndagi talabning taxminan 20-30 foizini taʼminlab beramiz va yaqinda ko‘rfazdan tashqarida, Senegalda birinchi shartnomani imzoladik. Bizda haqiqatan ham bu sohada tajriba bor, ammo O‘zbekistonda esa uncha ko‘p ishlamaganmiz. Biz Qozog‘istonda, Ozarbayjonda, Kaspiy dengizi bo‘yida bu borada potensial imkoniyatlar qidiryapmiz. Loyihalarimiz suvga bo‘lgan stressni yengillatishga yordam bera oladi, — deydi Marko Archelli. 

    — Xo‘sh, deylik men Namibiyadanman va biz kanalizatsiya suvini qayta ishlatamiz. Sizda xuddi shu kabi texnologiya mavjudmi yoki yo‘qmi, bilmayman. Bu boradagi murojaatlarni ham ko‘rib chiqasizmi?

    — Albatta, biz buni to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirmaymiz. Texnologiya har doim mavjud, energiya ham hamma yerda bor. Shunday ekan, suvni avvalo isrof qilmang, so‘ngra uni iloji boricha qayta ishlating. Ha, bemalol foydalanish mumkin bo‘lgunga qadar qayta ishlang. Saudiya Arabistonida bitta loyihamiz bor, bu juda katta loyiha. U “Qizil dengiz” global kompleksi deb ataladi. Bu sayyohlik maskani o‘tgan yili ochilgan. U ajoyib va chiroyli mehmonxonalardan iborat, tez orada ular yana ko‘payadi. Bu loyiha bo‘yicha hudud to‘liq qayta tiklanadigan energiya bilan taʼminlangan, bu kabi loyiha dunyoda yagona. Loyiha 500 megavatt quvvatga ega, 1,2 gigavatt/soat batareya zaxiralari mavjud. Biz bu tarmoqqa barcha kommunal xizmatlarni jalb qildik. Bu shuni anglatadiki, biz 100 foiz quyosh energiyasidan foydalangan holda suvni tuzdan tozalash dasturini amalga oshiryapmiz.

    Yana chiqindi suvni qayta ishlashni ham amalga oshiramiz. U yerda o‘rnatilgan tizim mehmonxonalar va fuqarolar yashaydigan kvartiralardan oqava suvlarni qabul qilib oladi. Bu tarmoqning o‘zida 15 000 kishi ishlaydi. Bundan tashqari, barcha tashrif buyuruvchilar hududda istiqomat qiladi. Biz oqava suvning barchasini olamiz va maxsus havzalarga yuboramiz. Havzalarda Saudiya Arabistoni Energetika vazirining neft barqarorligi dasturi bilan birgalikda ishlab chiqilgan membranalar mavjud. Membrana dasturi bu energiya almashinuvi uchun neftdan yuqori darajada foydalanish dasturidir. Uni yoqib tutun chiqargandan ko‘ra, chiqindi suvni filtrlaydigan juda ilg‘or plastmassalarni ishlab chiqaramiz. Mahsulot o‘zidan foydali ekstraktlar qoldiradi. U esa nisbiy namlikka ega botqoqlik qatlam yaratadi. Uning vositasida biz cho‘llarni “yashillashtiryapmiz”. Botqoqlik suv esa keyinchalik “Qizil dengiz” kompleksidagi qo‘riqxonaga boradi. Bu yerda esa 30 million o‘simlik va butalar yetishtiriladi. Ulardan kurortlarni obodonlashtirish uchun foydalaniladi. Bu ajoyib g‘oyalarimizdan biri, suvdan ichimlik sifatida ham, sug‘orish yoki boshqa ehtiyojlar uchun ham foydalanish mumkin, — deydi ACWA Power kompaniyasi ijrochi direktori.

    — Bizning holatda ham cho‘lni ko‘kalamzorlashtirish mumkin ekan-da? Bu aqlga sig‘maydi! O‘ylaymanki, ushbu harakat izolyatsiya qilingan “yashil” tarmoqdan tashqarida bo‘lsa, ko‘proq joylarga shunga o‘xshash sarmoya kiritishi mumkin bo‘ladi.

    — Albatta, siz Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishingiz kerak ekan.

    — Men buni taklif sifatida qabul qilaman. Katta rahmat.

    — Har bir narsani inobatga olib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston sohada katta ustunlikka erishishi mumkin, nafaqat mintaqada, balki xalqaro miqyosda ham. Agar u o‘zining “yashil” energiyasini eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, butun dunyo bo‘ylab bozorlarga kira oladi va bundan haqiqatan ham manfaat ko‘ra oladi, — deydi Marko Archelli.

    Suhbatni “Daryo” jurnalisti Tawney Ergashbayeva olib bordi

    12.07.2024, 18:55   Izoh (0)   10091
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rosatom” yana bir Markaziy Osiyo davlatida AES qurmoqchi

    09.06.2023, 18:16

    “Rosatom” O‘zbekistonda quriladigan AES uchun suvni tejash texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

    11.12.2023, 15:25

    O‘zbekistonda AES qurilishi boshlangani rad etildi

    20.06.2024, 12:58

    Prezident mutasaddilarga energiya yetkazib berish uzluksizligini taʼminlash bo‘yicha topshiriq berdi

    01.07.2024, 22:05

    O‘zbekistonga AES qurilishi nega kerak? Mutaxassislar bilan suhbat

    01.07.2024, 23:45

    “AES atom bombasi emas” — mutaxassis O‘zbekistonda quriladigan AES xavotirlari haqida

    02.07.2024, 15:33

    “Boshqa munosib nomzod yo‘q” — O‘zbekistonda AES qurish uchun nega Rossiya kompaniyasi tanlanganiga izoh berildi

    02.07.2024, 18:44

    “Jizzaxdagi AES qurilishiga mahalliy va rossiyalik quruvchilar jalb etiladi” — Otabek Omonov

    02.07.2024, 20:45

    O‘zbekistonda energiya resurslarini meʼyoridan ortiqcha sarflaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

    10.07.2024, 12:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.