Daryo

Qozog‘istonda AES quriladi: referendum natijalari e’lon qilindi

AES bo‘yicha umumxalq referendumida saylovchilarning 63,66 foizi ishtirok etdi

1 daqiqa o‘qish14 459 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonda 6-oktyabr kuni atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Foto: Azattyq Rýhy

Referendumda ovoz berish huquqiga ega 12 million 284 ming 487 nafar fuqarodan 7 million 820 ming 204 nafari, ya’ni 63,66 foizi ovoz bergan.

Referendumga qo‘yilgan masalaning ijobiy hal etilishi uchun ovoz bergan fuqarolar soni 5 million 561 ming 937 kishini yoki 71,12 foizni tashkil etdi, dedi referendum bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov.

AES qurilishiga qarshi 2 045 271 kishi ovoz bergan. 130 267 ta byulleten haqiqiy emas deb topilgan. AES Balxash ko‘li bo‘yida qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 10-15 milliard dollarga baholanmoqda. Stansiyani qurishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar orasida Qozog‘iston hukumati “Rosatom”, KHNP (Janubiy Koreya), EDF (Fransiya) va China National Nuclear Corporation’ni (Xitoy) tanlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar