Rossiya Ukrainada “qo‘g‘irchoq rejim” o‘rnata olmasligini va urush tugagach, Ukraina o‘z hududiy yaxlitligini saqlab qolishini tan oldi. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens xabar berdi.

Vensning ta’kidlashicha, Kremlning urush borasidagi asosiy talablaridan va bosh maqsadlaridan biri Rossiya Kiyevda “qo‘g‘irchoq hukumatni o‘rnatishi” kerak edi.
Men rossiyaliklar hamma narsada yon berishdi, demoqchi emasman. Ammo ular urushdan so‘ng Ukrainaning hududiy yaxlitligi saqlanib qolishini tan olishga majbur bo‘ldi. Ular Kiyevda qo‘g‘irchoq hukumat o‘rnata olmasliklarini tan oldi, bu asosiy talab edi, dedi AQSH vitse-prezidenti.
Rossiyaning Ukraina xavfsizlik kafolatlarida ishtiroki bo‘yicha kelishmovchiliklar haqidagi savolga javob berar ekan, Vens tomonlar turlicha fikrlayotganini aytdi.
Birinchidan, biz urush tugamaguncha xavfsizlik kafolatlarini umuman muhokama qilmaymiz. Albatta, rossiyaliklar bu mojaroni qanday tugatish kerakligi haqidagi suhbatning bir qismi bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ularning bu jarayonda muayyan o‘rni bo‘ladi, dedi siyosatchi.
U AQSH har qanday tinchlik kelishuvini ta’minlash uchun qo‘shin yubormasligiga kafolat bera oladimi, degan savolga AQSH prezidenti Donald Trampning pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.
Prezident juda aniq gapirgan. Ukrainaga qo‘shin kiritilmaydi. Lekin biz ukrainaliklar zarur xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi va o‘z tomonida urushni to‘xtata olishiga, rossiyaliklar esa o‘z tomonidan uni yakunlashi mumkinligini his qilishiga faol yordam berishda davom etamiz, deya xulosa qilgan Vens.
Izoh (0)