Amerikalik aktyorlar Bred Pitt va Anjelina Joli ajrashish to‘g‘risidagi hujjatni 30-dekabr kuni imzolashdi, deb yozmoqda People nashri.
“Bu sakkiz yil avval boshlangan uzoq jarayonning faqat bir qismi. Rostini aytsam, Anjelina charchagan, ammo jarayonning mazkur qismi yakuniga yetganidan xursand”, deya ta’kidlagan aktrisaning advokati Jeyms Saymon.
Bred Pitt va Anjelina Joli 10 yil davom etgan munosabatlardan so‘ng, 2014-yili Fransiyada turmush qurishadi, biroq 2016-yilda aktrisa ajrashish uchun ariza beradi. Ularning nikohi 2019-yilda qonuniy ravishda bekor qilingan bo‘lsa-da, mol-mulkni taqsimlash va olti nafar farzandning vasiylik masalasini hal qilish jarayoni davom etayotgan edi.
Associated Press jarayonni yakunlash uchun sud erishilgan kelishuvni tasdiqlashi kerakligini eslatgan. Qayd etish kerakki, aktyorlar o‘rtasidagi kelishuv shartlari ochiqlanmagan.
Izoh (0)