• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Rayan Gosling to‘qishni yaxshi ko‘radi, Jonni Deppda qo‘g‘irchoqlar kolleksiyasi bor: sevimli mashg‘ulotlari bilan sizni hayratga soluvchi mashhurlar

    Xobbi – insonning kundalik hayotiga o‘ziga xoslik va yorqinlik bag‘ishlaydigan, unga quvonch hissini beradigan mashg‘ulot. Gollivud yulduzlaridan ayrimlarining sevimli mashg‘ulotlari noodatiyligi bilan sizni hayron qoldirmasdan qo‘ymaydi.

    Nikol Kidman

    Foto: Dzen

    “Katta kichik yolg‘on” filmi yulduzi ekran orqali o‘z muxlislariga nozik va jozibali ayollar qiyofasida ko‘rinish beradi. Hayotda esa parashyutdan sakrashni juda yaxshi ko‘radi. Avstraliyalik aktrisaning parashyutdan sakrash mashg‘ulotlari uchun maxsus ruxsatnomasi ham bor. Bundan tashqari, Kidman boshqa ayollarni ham hech narsadan qo‘rqmaslikka, hayotda yangilikka intilib yashashga chaqiradi.

    Bred Pitt

    Foto: Dzen

    Amerikalik aktyor nimalarga qodir ekanligini muxlislariga allaqachon isbotlab bo‘lgan. Shuning uchun duch kelgan filmda suratga tushishga rozi bo‘lavermaydi. Eʼtiborga sazovor filmlarni birma-bir ko‘zdan kechiradi. Bo‘sh vaqtida esa kulolchilik bilan shug‘ullanishni xush ko‘radi. Sopoldan ajoyib buyumlar yasash – uning eng sevimli mashg‘ulotlaridan biri. Biroq Gollivud yulduziga qarab uning bunday antiqa xobbisi bor ekanligi xayolingizning bir chetiga ham kelmaydi.

    Uill Smit

    Foto: Dzen

    Uill Smit fikrlarini tartibga keltirish, diqqatini bir yerga jamlashga yordam beradigan sevimli mashg‘ulotini allaqachon topib bo‘lgan. U yaqin do‘stlari – Tom Kruz va Devid Bekhemlarni ham qilichbozlik sport turi bilan shug‘ullanishga ko‘ndirgan. Bu esa kutilmagan natijalarga olib keldi. Yulduzli uchlik qilichbozlik mashg‘ulotlariga doimiy ravishda qatnay boshladilar. Bundan tashqari, Tom Kruzning uyida do‘stlari uchun alohida ajratilgan xona ham bor, yulduzli uchlik aynan shu yerda to‘planib, birga vaqt o‘tkazish va suhbatlashishni xush ko‘radi.

    Anjelina Joli

    Foto: Dzen

    Maftunkor aktrisaning sevimli mashg‘uloti sizni hayratga solishi shubhasiz – u xanjarlar kolleksiya qilishga qiziqadi. Aktrisa o‘smirlik vaqtlaridayoq onasi bilan birga maxsus do‘konga borishni xush ko‘rar va bu yerdan o‘ziga yoqqan xanjarlarni sotib olardi. Taʼkidlash kerakki, ushbu qiziqish Anjelinaning o‘g‘li Meddoksga ham “yuqqan”. Jolining aytishicha, ona-bola samuraylar, qanday usullar bilan dushmanlari ustidan g‘alaba qozongani haqida suhbatlashishni yaxshi ko‘rishadi.

    Rozario Douson

    Foto: Dzen

    Yulduzlardan biri sovuq qurollarni kolleksiya qilish, boshqa biri qilichbozlik bilan shug‘ullanishga qiziqsa, Rozario Douson “Yulduzli yo‘l” franshizasining ashaddiy muxlisiga aylangan. Taniqli yulduz “Comic-Con”ga doimiy ravishda tashrif buyuradi. Qizig‘i shundaki, aktrisa klingon tilini ham o‘rganib olgan.

    Rayan Gosling

    Foto: Dzen

    “Lars va haqiqiy qiz” filmini suratga olish jarayonida aktyor o‘zi uchun yangi xobbi – to‘qishni “kashf etgan”. Rayanga to‘qish shunchalik yoqib qolganki, haligacha bo‘sh vaqti qoldi deguncha uni biror buyum to‘qib o‘tirgan holda ko‘rasiz. Dunyodagi eng yoqimtoy erkaklardan biri deya tan olingan aktyor o‘z intervyularida to‘qish bilan kechgacha shug‘ullangan kunini mukammal kun deb bilishi haqida aytib o‘tgan. Gosling sevimli mashg‘uloti bilan band bo‘lgan vaqtda uni birov bezovta qilib qo‘ymasa, aktyor ajoyib sharfni to‘qib bitiradi.

    Tom Xenks

    Foto: Dzen

    Afsonaviy aktyorning o‘ziga xos qiziqishi bor – u eski yozuv mashinkalarini kolleksiya qilish bilan shug‘ullanadi. Buni haqiqatdan qiziqarli va noodatiy xobbi deyish mumkin. Aktyor 19 yoshida o‘ziga yoqib qolgan eski yozuv mashinkasini xarid qilgan va o‘sha vaqtlardan beri ularni kolleksiya qilish bilan shug‘ullanib keladi. Shu bilan birga aktyor kelajakda mashinkalarining barchasini tarqatib yuborishi va o‘zi bilan faqatgina bitta nusxani olib qolishini aytib o‘tgan.

    Syuzan Sarandon

    Foto: Dzen

    Gollivud aktrisasi o‘zining saʼy-harakatlari bilan xobbi insonga yaxshigina daromad olib kelishi mumkinligini isbotlab bergan. Syuzan ko‘p yillardan buyon ping-pong o‘ynash bilan shug‘ullanadi. Ping-pong sportiga bo‘lgan qiziqish uni shu uslubda jihozlangan bar ochishga undagan. Sarandon bunday qaror unga daromad keltirishi mumkinligini o‘ylab ham ko‘rmagan. Bugun esa unga tegishli barda ping-pong bo‘yicha turnirlar, ligalar va qizg‘in musobaqalar o‘tkazib kelinadi.

    Jonni Depp

    Foto: Dzen

    Siz sevgan Jonni Depp Barbi qo‘g‘irchoqlarini yaxshi ko‘rishiga ishona olasizmi? Buning haqiqatdan noodatiy qiziqish ekanligini aktyorning yaqinlari ham tan olgan. Ijodkorning aytishicha, u qo‘g‘irchoqlar bilan o‘ynashga usta. Aktyorda bunday noodatiy qiziqish paydo bo‘lishiga uning qizi sababchi. Qo‘g‘irchoqlar ota-bola o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga ham yordam bergan.

    Nikolas Keyj

    Foto: Dzen

    Tim Byorton o‘z vaqtida “Supermen” haqidagi filmda suratga tushishni xohlagan. Ssenariy ham, liboslar ham, bosh rol ijrochisi ham tayyor bo‘lgan. Internetdan hattoki ijodkorning superqahramon libosini kiyib tushgan rasmlarini ham topish mumkin. Biroq studiya tez orada loyihani bekor qilgan. Rejissor ko‘p o‘tmay film haqida unutib yuborgan, Nikolas esa yo‘q. Uning ushbu qahramonga bo‘lgan qiziqishi shunchalik kuchayib ketganki, ijodkor bugungi kunga qadar Klark Kentga bag‘ishlangan buyumlarni kolleksiya qilish bilan shug‘ullanib keladi.

     

    15.11.2023, 15:55   Izoh (0)   8075
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbek san’atkorlarining xobbilari (foto)

    25.02.2015, 19:16

    “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining noodatiy xobbilari (foto)

    29.09.2020, 13:42

    Xobbisi ortidan millionlab dollarlarni ishlab topgan uy bekalari (foto)  

    04.09.2023, 11:36

    Rollariga kirishib ketish tufayli salomatligiga zarar yetkazgan Gollivud yulduzlari (foto) 

    02.11.2023, 15:31

    Shon-shuhratga erishishidan avval ham badavlat bo‘lgan Gollivud aktrisalari (foto)

    06.11.2023, 12:10

    Gollivudning eng yaxshi tansoqchilari: Megan Markl, Beyonse va boshqa yulduzlarni kimlar qo‘riqlaydi?

    10.11.2023, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nega samolyotlardagi o‘rindiqlar aksariyat hollarda ko‘k rangda bo‘ladi?

    Sayohat | 1 avgust, 22:00

    Angliyada muzey xodimi 17 yil davomida eksponatlarni o‘g‘irlab, sotib yuborgani aniqlandi

    Dunyo | 1 avgust, 21:45

    Microsoft sun’iy intellekt tahdid solayotgan 40 ta kasbni e’lon qildi

    Dunyo | 1 avgust, 21:25

    Senat xorijdan qaytganlarni OIV infeksiyasi tekshiruvidan majburiy o‘tkazishga oid qonunni maʼqulladi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 21:12

    Rafinya “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 1 avgust, 21:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.