O‘zbekistonda joriy yil 30-iyungacha 40 105 gektarda 37 million 281 ming dona mevali daraxt ko‘chati ekildi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lum qildi.

Shuningdek, 10-iyul holatiga dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofida 39 ming gektar maydonga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari ekildi.
Tahlillarga ko‘ra, 3-4 yildan so‘ng dala chetlari, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlardagi mevali daraxtlardan yiliga o‘rtacha eksportbop 280 ming tonna hosil olinib, quritilgan va muzlatilgan holda 70 ming tonna mahsulot eksportini amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, 40 mingdan ortiq fermer va dehqon xo‘jaligi hamda salkam 32 ming nafar aholi tomorqa egalari ishtirokida 3,5 mingdan ortiq seminar-treninglar o‘tkazilib, qaror mazmun-mohiyati, mahsulot yetishtiruvchilar kooperatsiyalarini shakllantirish, Yevropa davlatlariga quritilgan shaftoli, olma, o‘rik va boshqa danakli mevalar eksportida Armaniston tajribasi o‘rgatildi.
Karantin agentligining 2 291 nafar xodimi 8 498 ta mahallada hamda 866 ta tadbirkorlik subyekti yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish uchun biriktirildi.
Ekologik reydlar
2023—2024-yillar va 2025-yilning 5 oyi davomida huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda 3500 dan ortiq reyd tadbirlari amalga oshirildi. 250 mingdan ortiq korxona va fuqarolarga sohaga oid profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Shundan sohaga oid qonunchilik talablarini buzgan 110 941 nafar shaxs aniqlanib, ularga 115 mlrd so‘m ma’muriy jarimalar belgilandi va 32 mlrd so‘m tabiatga yetkazilgan zararlar bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atildi, shundan jami 66 mlrd so‘m mablag‘ undirib olindi.
Jumladan, so‘nggi uch yilda 982 mlrd so‘mlik 429 ta jinoiy ish hujjatlari (shundan 2023-yilda 171 ta, 2024-yilda 172 ta va 2025-yilning birinchi choragida 86 ta) prokuratura organlariga qonuniy chora ko‘rish maqsadida taqdim etilgan bo‘lib, shundan 275 ta holatda huquqbuzarlarga jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)