• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yiliga 300 million so‘mgacha daromad olamiz”. Odamlari ko‘chat ekib, millionerga aylanayotgan Quvaga fotosayohat

    Farg‘ona viloyatining Quva tumani o‘zining sarxil mevalari bilan mashhur. Quvaliklar nafaqat Farg‘ona viloyatida, balki respublikada gulchilik, ko‘chatchilik, bog‘dorchilikda dong taratgan. Bu yerda yetishtirilgan o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, nok, gilos, anjir, anor, qulupnay va boshqa meva-sabzavotlar dunyoning ko‘plab davlatlariga eksport qilinadi. Quvaning dasht-u adirlari anorchilik uchun mos hudud bo‘lib, qariyb yarim asrdan buyon bu kengliklarda mevalar qirolining sara navlari yetishtiriladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Qoradon shirin”, “Tuyatish”, “Javdari”, “Qayum”, “Qozoqi”, “Qizilpo‘choq” kabi anor navlari o‘zining mazasi bilan tilga tushgan. Ayniqsa, Quva bog‘laridagi sara giloslarning bozori chaqqon. Quvada ko‘chat yetishtirish bo‘yicha ham katta tajriba maktabi yaratilgan. Har yili yuz million donadan ziyod mevali, manzarali va gul ko‘chatlari parvarishlanib, viloyatlarga va xorijga yetkazib berilayotgani quvaliklarning mirishkorligidan dalolat.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ayni kunlarda Quvada 25 mingdan ortiq xonadondagi tomorqalarda manzarali va mevali ko‘chatlar yetishtirilmoqda. “Qoraqum”, “Yangi chek”, “Tolmozor”, “Bolalik”, “Turk” kabi mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi aholi asosan mazkur yumush bilan band.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Quvaning “Qoraqum” mahallasida bo‘lib, ko‘chat yetishtirish ortidan mo‘maygina daromad topayotgan dehqonlar bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Qoraqum” mahallasidagi 1 ming 135 xonadonda 5 yarim mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Qoraqumliklar orasida ehtiyojmand oilalar, ish izlab xorijga ketadiganlar qolmagan — mahallaning mehnatga yaroqli aholisi uyida o‘tirib o‘z-o‘zini band qilgan, ko‘chatchilik bilan shug‘ullanadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tasavvur hosil qilish uchun — mahalladagi aholi xonadonlarida 82 gektar tomorqa mavjud, shundan 75 gektarida yil davomida ko‘chat yetishtiriladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bir mavsumda qoraqumliklar 4 million donadan ortiq ko‘chat sotadi, uning ortidan keladigan foyda ham shunga yarasha — har bir oila yiliga 30 milliondan 300 million so‘mgacha daromad qiladi.

    Foto: “Daryo”

    Bu mahallada yetishtirilgan ko‘chatlar nafaqat vodiy viloyatlariga, balki O‘zbekistonning barcha tuman—shaharlariga va hatto Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Rossiyaga yetkazib beriladi.

    Foto: “Daryo”

    Mahalla raisi Hamidjon Turg‘unovning aytishicha, qoraqumliklar qariyb 50 yildan buyon ko‘chat yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

    Hamidjon Turg‘unov.

    Hamidjon Turg‘unov.
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Mahallamiz odamlari mehnatkash, o‘z ishining ustalari. Bekor turgan odamni uchratmaysiz, ishsizlar, xorijga ketganlar, ehtiyojmandlar yo‘q. Aholining asosiy daromadi ko‘chatchilikdan. Bir mavsumda bitta oila 30 milliondan 300 million so‘mgacha daromad oladi. Mahallamizda har yili 4 million donadan ortiq mevali, manzarali va gul ko‘chatlari yetishtiriladi. Ularni respublikamizning barcha viloyatlaridan xaridorlar olib ketadi. Bundan tashqari, ko‘chatlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Rossiyaga eksport qilinadi. Ayni kungacha qariyb 800 ming dona atirgul ko‘chatini Rossiyaga jo‘natdik”, — deydi Hamidjon Turg‘unov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Siddiqjon Hojiahmedovning aytishicha, u oila a’zolari bilan bir mavsumda 50-60 ming dona ko‘chat yetishtirib, 150 million so‘mgacha daromad oladi.

    Siddiqjon Hojiahmedov.

    Siddiqjon Hojiahmedov.
    Foto: “Daryo”

    “Yoshligimdan ko‘chat parvarishiga qiziqaman. Shunchaki qiziqishdan boshlangan bu ishimiz hozir oilaviy biznesga aylandi. Ko‘chatlarimizga qo‘shni Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston, shuningdek, yurtimizning barcha viloyatlaridan xaridorlar bor. Atirgul ko‘chatlarini Rossiyaga jo‘natamiz.

    Foto: “Daryo”

    25 sotix tomorqamiz va ozroq qo‘shimcha yerimiz bor. Asosan yurtimiz iqlimiga mos manzarali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekamiz. Chunki, ular ortiqcha mehnat talab qilmaydi, tez rivojlanadi. Bir yilda 50-60 ming dona ko‘chat yetishtiramiz. Mayda ko‘chatlar ko‘p bo‘lgani uchun ularning aniq sonini aytish qiyin. Bir yilda tayyor bo‘ladigan mayda ko‘chatlardan 30-40 ming dona sotsak, ikki-uch yillik ko‘chatlardan 3-4 ming dona sotiladi. Farzandlarimizni o‘qitish, uyli-joyli qilishda tomorqadan kelayotgan daromadning hissasi katta”, — deydi Siddiqjon Hojiahmedov.

    Sanjarbek Abdulahadov.

    Sanjarbek Abdulahadov.
    Foto: “Daryo”

    Qoraqumlik Sanjarbek Abdulahadov 15 yildan buyon mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullanib, tomorqasidan unumli foydalanib keladi.

    “Yoshligimdan ko‘chatchilik bilan shug‘ullanaman. Qo‘shimcha 20 sotix tomorqamiz bor. Bu yerga manzarali va mevali daraxtlar, gul ko‘chatlarini ekamiz. Hozir tomorqamizda bodom, hurmo, archa, kashtan kabi o‘ndan ortiq ko‘chat turlari bor. Bir mavsumda 15-20 ming dona ko‘chat yetishtiramiz. Yillik daromadimiz 40-50 million so‘mga boradi. O‘tgan yilgi daromaddan yangi imorat soldik”, — deydi Sanjarbek Abdulahadov.

    Foto: “Daryo”

    Ayni kunlarda katta yo‘l bo‘yida joylashgan Yangi chek, Turk, Teraktagi, Mozortagi, Paxtaobod kabi mahallalar xonadonlarida ko‘chat savdosi avj pallaga kirgan. Qishloq mirishkorlari yetishtirgan mevali, manzarali ko‘chatlar, gul nihollarining bozori chaqqon. Bu yerdan yurtimizning turli hududlaridan va qo‘shni davlatlardan kelgan xaridorlarning oqimi uzilmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Muzaffar Parpiyev uzoq yillardan beri ko‘chat yetishtirish va sotish bilan shug‘ullanadi. Uning aytishicha, qish faslida iliq ob-havo kuzatilgani uchun ko‘chat savdosi har yilgidan ertaroq boshlangan.

    “Bozorda ko‘chat savdosi boshlanganiga bir oy bo‘ldi. Bu yil qish issiq kelgani uchun ko‘chat mavsumi ertaroq boshlandi. Yapon behisi, qrim sosnasi, soyabonli tutlar, manzarali tollar, qirqilgan va shakl berilgan shamshodlar, kashtan, archa ko‘chatlari, ikki-uch xil rangda ochiladigan bosma atirgullar, ayniqsa, xaridorgir. Ko‘chatlarning narxi turi va yoshiga qarab 10 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha. Masalan, mana bu piramida shaklidagi archa ko‘chati besh yillik, bir donasining narxi bir million so‘m turadi. Archaning bu turi sekin o‘sgani va shakli chiroyli bo‘lgani uchun ham boshqalariga nisbatan qimmatroq sotiladi. Bir kunda o‘rtacha 4-5 million so‘mlik ko‘chat sotamiz. Sotuvga qo‘yilgan ko‘chatlarning turi qancha ko‘p bo‘lsa, savdo shuncha yaxshi bo‘ladi. Qo‘shni shahar-tumanlardan, viloyatlardan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan ham xaridorlar kelib, ko‘chat olib ketyapti”, — deydi Muzaffar Parpiyev.

    Azizxon To‘xtaxo‘jayev.

    Azizxon To‘xtaxo‘jayev.
    Foto: “Daryo”

    Ko‘chat bozorida narxi 5-6 million so‘mdan yuqori bo‘lgan noyob daraxtlar ham sotiladi. Sotuvchilardan biri Azizxon To‘xtaxo‘jayevning aytishicha, ko‘chatlarning narxi yoshi va shakliga qarab o‘sib boradi.

    Foto: “Daryo”

    “Manzarali daraxtlarning narxi shakli va yoshiga qarab o‘sib boradi. Mana bu o‘zimizning oddiy archa daraxti. Noyob shakl berilgani uchun narxi qimmat. Bir donasi 6 million so‘m atrofida. Uni shu shaklga keltirish uchun yigirma yil vaqt ketgan. Shakl berish uchun daraxtlar bir yilda ikki-uch marta kesiladi. Biz sotayotgan manzarali ko‘chatlar qishda ham, yozda ham bir xilda turadi. Ko‘chatlarni o‘zimiz ekib beramiz, parvarishida ko‘maklashamiz”, — Azizxon To‘xtaxo‘jayev

    Foto: “Daryo”

    Bugun quvaliklar ko‘chatchilik ortidan mo‘l hosil olib, yuqori daromadga ega bo‘lmoqda. Shu mehnat, mashaqqat tufayli ularning oilasiga, xonadoniga fayz-baraka, to‘kinlik kirmoqda.

    Odamlari ko‘chat ekib millionerga aylanayotgan, yiliga yuz milliondan ortiq ko‘chat yetishtirib, butun O‘zbekistonga yetkazib berayotgan Quvaga siz ham bir keling. Bunga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

    13.03.2022, 14:49   Izoh (0)   205106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Firibgarlar O‘zbekiston prezidenti sayti soxta havolasini yaratib, plastik kartalardan pul o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani aniqlandi

    13.03.2022, 14:21

    Buxoroda birinchi marta o‘tkazilgan buyrak ko‘chirish operatsiyasida ota o‘g‘liga donorlik qildi

    13.03.2022, 12:33

    Toshkent viloyatining qator hududlarida kuchli do‘l yog‘di (video)

    13.03.2022, 11:22

    Toshkentda sotuvchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida janjal bo‘ldi

    13.03.2022, 10:37

    Farg‘onada ko‘p qavatli uydagi xonadonda qulflanib qolgan ikki yoshli qizaloq qutqarildi

    13.03.2022, 10:06

    Buxoroda xorijdan olib kelingan 5,2 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy kiritilishiga chek qo‘yildi

    13.03.2022, 09:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.