• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Sag Agro mas’uliyati cheklangan jamiyatining “in vitro” laboratoriyasini borib ko‘rdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Sag Agro mas’uliyati cheklangan jamiyatining “in vitro” laboratoriyasini borib ko‘rdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakatda qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish maqsadida laboratoriyalar tashkil etilmoqda. Sag Agro mas’uliyati cheklangan jamiyatining laboratoriyasi ana shunday zamonaviy majmualardan biri.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Umumiy qiymati 2,6 million AQSh dollari bo‘lgan mazkur loyiha 2019-yil ishga tushirilgan. Natijada ilgari xorijdan olib kelingan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini mahalliy sharoitda tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

    Bu usul ikki jihatdan juda muhim. Birinchisi, chetdan keltirilayotgan ko‘chatlardagi turli kasalliklarning mamlakatga kirib kelishi va tarqalishining oldi olinadi. Ikkinchisi, mahalliy laboratoriyada yetishtirilgan ko‘chatlar xorijnikiga nisbatan bir necha barobar arzon bo‘ladi. Masalan, shu paytgacha chet eldan olib kelingan yong‘oq ko‘chatining bir donasi 5 dollardan 20 dollargacha bo‘lgan bo‘lsa, bu yerda yetishtirilayotgani 3—3,5 dollarni tashkil etadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Agrokimyo va tuproqshunoslik laboratoriyasi ham ishga tushirilgan bo‘lib, tuproq, suv va barg namunalarini o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan. Buning samaradorligi shundaki, bog‘dorchilik xo‘jaliklarining tuproq sharoiti o‘rganilib, unga mos ko‘chatlar tavsiya qilinadi. Natijada ko‘chatlar xatosiz unib, mo‘l hosil yetishtiriladi.

    Laboratoriya uchun 24 gektar yer ajratilgan bo‘lib, 2 gektarda zamonaviy issiqxona barpo etilgan. Yana 3 gektar maydonda yangi issiqxona qurish rejalashtirilgan. Qolgan maydonda esa mamlakatda uchramaydigan 65 xil mevali daraxtlar ko‘chati olib kelinib, parvarish qilinadi.

    Majmuaning yillik ishlab chiqarish quvvati 15 milliondan 20 million donagacha payvandtag hamda payvandlangan ko‘chatlar yetishtirish imkonini beradi. Ayni paytda bu yerda yong‘oq, bodom, shaftoli, gilos, o‘rik, nok, olma kabi eksportbop mevalarning kasallikdan xoli, iqlim sharoitiga mos ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

    “Bu qo‘shilgan qiymat yaratishda inqilobiy usul. Biz o‘ttiz yil shunga intildik. Ilmiy yondashuv bilan samaradorlikni oshirish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    2021-yil 2 million dona turli mevali va manzarali ko‘chat yetishtirish rejalashtirilgan. Yil yakuniga qadar, shuningdek, 500 ming dona yong‘oq va bodom ko‘chatining istiqbolli meva payvandtaglari qilinadi.

    Laboratoriya 2024-yilda to‘liq quvvat bilan ishlashi hisobiga bu yerda yiliga 20 million dona ko‘chat yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. 2023-yildan ko‘chatlar eksportga chiqarilishi rejalashtirilgan. Ushbu laboratoriya va issiqxonada 140 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

    Davlat rahbari yosh mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

    “Kelajagimiz — sizlarning ilmingiz. Hozirgi davr talabini ko‘ryapsizlar. Men yoshlar forumida aytganimdek, ilm — o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik. Shunday ekan, ko‘proq o‘qinglar. Bugun qaysi yosh o‘zini qiynab, bilim olib, tajriba orttirsa, kelajakda, albatta, natijasi bo‘ladi”, — dedi Prezident.

    Shu yerda viloyat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev “Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishgani, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilgani, Samarqandning Qorasuv mavzesida qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rgani hamda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirgani haqida xabar berilgandi.

    16.04.2021, 02:55   Izoh (0)   43949
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yig‘layotgan prezident, Islom Karimov haqiga duo qilayotgan Mirziyoyev, mahalladoshlarini saharlikka uyg‘otayotgan ayol. 15-aprel suratlari

    15.04.2021, 23:58

    O‘zbekistonga yanvar—mart oylarida xorijdan 1 mlrd 420 mln dollar pul jo‘natildi

    15.04.2021, 23:22

    Farg‘onadagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi. Xonadon egasi shifoxonaga yotqizildi

    15.04.2021, 23:10

    MIB Angren shahar bo‘limi boshlig‘ining o‘z xodimlariga nisbatan haqoratomuz munosabati Senat nazoratiga olindi

    15.04.2021, 22:57

    Shavkat Mirziyoyev “Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

    15.04.2021, 22:18

    Toshkentda IIBB xodimlari ayollarni kuch ishlatib, xizmat mashinasiga o‘tqizayotgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berildi

    15.04.2021, 22:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.