• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Ilm-fan

    Xo‘jag‘at nima-yu qorag‘at nima? – Biz biladigan yeguliklarning biz bilmagan nomlari

    Ayrim rezavor mevalar, don-dun va sabzavotlarni tez-tez isteʼmol qilamiz-u, o‘zbekcha nomini bilmaymiz. Ko‘proq ruschasini ishlatamiz. Bizning mintaqamizda kam yetishtiriladigan yoki umuman o‘smaydigan baʼzi o‘simliklarning chindan o‘zbekcha nomi yo‘q, ammo ko‘p o‘simliklarning nomini shunchaki unutganmiz. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday unutilgan yoki ko‘pchilik bilmaydigan so‘zlar haqida hikoya qiladi.

    Maymunjon, parmanchak va boldirg‘on

    Foto: Pixabay

    Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, Shimoliy Amerika va Yevrosiyoda bu rezavor mevaning 400 dan ortiq turi uchraydi. Shulardan 90 turi, asosan ko‘k maymunjon va mayda mevali maymunjon turlari O‘rta Osiyoda ham bor. Maymunjon O‘zbekistonning tog‘oldi mintaqalarida, dalalarda o‘sadi, tomorqa va bog‘larda o‘stiriladi. Mintaqamizda tarqalgani sabab mevaning o‘zbekcha nomi bizga bir qadar tanish. Ammo uni ruscha nomi bilan yejevika deb ataydiganlar ham yetarlicha topiladi.

    Maymunjon shevada parmanchak yoki parmachak deyiladi. Bu atama ilmiy tilga ham ko‘chib o‘tgan va adabiyotlarda maymunjon yoki uning turlari uchun ishlatiladi.

    Ko‘k maymunjonning boldirg‘on degan nomi ham bor, baʼzan ilmiy adabiyotlarda u zangori maymunjon yoki parmanchak deb ham beriladi.

    Qarang, kamyob bu mevaning tilimizda shuncha nomi bor.

    Xo‘jayin bo‘lolmagan xo‘jag‘at

    Foto: Pixabay

    Dabdurustdan kimdir “Xo‘jag‘at nima?” deb so‘rab qolsa, javob topolmay qolamiz. Bu so‘zni biladigan-ku uncha-muncha topilar, lekin ishlatadigan topilarmikan? Asosan kitoblar va maqolalarda uchraydigan xo‘jag‘at atamasi – siz-u bizga yaxshi tanish malinaning o‘zbekcha nomi. U butaning o‘zini ham, mevasini ham anglatadi. Xo‘jag‘at O‘rta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSH va Yevropa mamlakatlarida o‘stiriladi.

    O‘zbekchada bu rezavor mevaning boshqa bir nomi ham bor – buldurg‘un. Eʼtibor bergan bo‘lsangiz, ko‘k maymunjonni anglatuvchi boldirg‘on so‘ziga yaqin, uning talaffuz varianti. Har ikki meva bitta turkumga oid bo‘lgani sababli so‘zlar almashlab ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Lekin baribir talaffuzda farq yuzaga kelgan va ular alohida so‘zlarga aylangan.

    Xo‘jag‘at, buldurg‘un so‘zlari ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarda uchrasa-da, tilimizda qo‘llanmaydi hisob. Hatto ensiklopediyalar, kitob va qo‘llanmalarda ham asosan malina so‘zi ishlatiladi. Xo‘jag‘at va buldurg‘unni o‘z uyida xo‘jayin bo‘la olmagan so‘zlar deyish mumkin.

    Marjumakdan sho‘rva qilib bo‘ladimi?

    Foto: Pixabay

    Oramizda marjumak so‘zini eshitganlar topilsa kerak. Lekin uni o‘zbekcha emas, turkcha maʼnoda tushunadiganlar ko‘proq, menimcha. Turk taomlarini yoqtiradigan kishilar marjumak sho‘rvasini yaxshi biladi. Biroq turklar marjumak deganda umuman boshqa narsani – yasmiqni nazarda tutadi. Ruslar чечевица deydigan bu don dukkaklilar oilasiga mansub, no‘xatga juda yaqin.

    Xo‘sh, unda marjumak nima? U ko‘pchiligimiz yaxshi biladigan, lekin asosan ruscha nomini qo‘llaydigan grechkadir. Ruslar bu don bilan yunonlar orqali tanishgan, shu sababli unga greklarning doni maʼnosida гречиха, греча, гречка kabi nomlarni bergan. Aslida marjumak yunonlarga oid emas. Yong‘oq rus tilida грецкий орех deb atalganiga o‘xshash holat bu.

    Aytgancha, marjumakdan ham suyuq osh qilish mumkin, lekin u sho‘rvaga emas, ko‘proq mastavaga o‘xshaydi.

    Zirk va uning qoraqandi

    Foto: Pixabay

    Zirkni ko‘pchilik bilsa kerak. Tog‘, cho‘l, adir va yonbag‘irlarda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simlik va uning mevasi shu nom bilan ataladi. Bu rezavor meva dalalarda maxsus yetishtiriladi ham. Yurtimizda qizil va qora zirk tarqalgan. Pishgan mevasi baʼzan nordon, baʼzan shirin bo‘ladi. Turli ovqatlarga, masalan, oshga solinadi. Tabobatda dorivor sifatida ishlatiladi.

    Qora zirkning alohida nomi bor, uning atalishi tusiga mos – qoraqand. Bu nom zirk singari ommalashmagan, uni hamma ham bilavermaydi.

    Rang-ro‘yi, tovlanishi sabab zirkka nisbatan qizil yoqut degan ibora ham qo‘llanadi.

    Zirkni turklar barbaris yoki kizamik, ozarlar zirinj, qozoqlar bo‘riqoraqat, qirg‘izlar bo‘ru qarag‘at kabi nomlar bilan ataydi.

    Nafis chayqalayotgan naʼmatak

    Foto: Pixabay

    Oybek domlaning “Nafis chayqaladi bir tup naʼmatak” deb boshlanuvchi mashhur sheʼri bor. Naʼmatak – guli xushbo‘y buta. Ana shu buta qizil meva tugadi. Mevasi dorivor, uni hozir kichik dorixonalardan ham bemalol topish mumkin.

    Kundalik turmushda naʼmatak so‘zini emas, ruscha nomi – shipovnikni ishlatamiz. Bu o‘simlikning ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbekcha nomi bor – itburun. Mevasining tuzilishi it tumshug‘iga o‘xshagani sabab shunday ot qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Qirg‘iz, qozoq, turkman, qirimtatar va tatarlar ham uni shunday ataydi. Turklar esa qushburni deb nomlagan. Itburun atamasi naʼmatakning mevasi cho‘zinchoq turiga nisbatan qo‘llanadi.

    Yertut yerda o‘sadigan tut emas

    Foto: Pixabay

    Ruslar земляника deb ataydigan rezavor mevaning o‘zbekchasi – yertut. Yerga yaqin joyda meva solgani uchun ruslar unga shunday nom bergan. Yertut aslida qulupnayning kichikroq bir turi. Yer bag‘irlab o‘sgani va mevasi tutga o‘xshab ketgani uchun o‘zbekchada yertut deb atalgan bo‘lishi mumkin.

    Ko‘p adabiyotlarda yertut va qulupnay sinonim sifatida qo‘llanadi.

    2022-yili dunyoda 9,6 million tonna qulupnay yetishtirilgan. Uning 35 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi, yirik yetishtiruvchilar qatorida AQSH va Turkiya ham bor.

    Munchoq kabi qorag‘at

    Foto: Pixabay

    Bu rezavor mevaning ko‘proq ruscha nomini ishlatamiz, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda ham smorodina atamasi nisbatan ko‘p uchraydi. Ammo o‘zbekchasi ham ommaga notanish emas. Qorag‘at yovvoyi holda tog‘li hududlarda butazorlar orasida, soylarda, tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. Bu meva yurtimizda maxsus yetishtiriladi ham. Qalamchalaridan yoki parxish – novdani yerga ko‘mish usulida ko‘paytiriladi. Boshqa ko‘plab rezavor o‘simliklar kabi simbag‘azlarga ko‘tarib o‘stiriladi. Mevasi mayda va yumaloq bo‘ladi. Tillarang va qizil qorag‘at donalari billur munchoqqa o‘xshab ketadi.

    Qorag‘atni turkiy xalqlar turlicha nomlangan. Qirg‘iz, qozoq, boshqird, ozar qardoshlar xuddi biz kabi qorag‘at variantidan foydalansa, turklar farang uzumi, tatarlar qarlig‘an, qirimtatarlar esa to‘rg‘ay uzumi deya ataydi.

    Ismaloqni istamoq

    Foto: Pixabay

    Istaraligina ismaloq degan so‘zimiz turganda ko‘pincha shpinat so‘zini qo‘llaymiz. Shpinat tilimizga ruschadan o‘zlashgan. Ruschaga esa nemischadan o‘tgan. Shajarasi nemischadan qadimgi fransuz tiliga, undan eski oksitan, undan katalan, so‘ng arab, keyin esa fors tiliga borib yetadi. Forscha isfinoj tog‘u toshlar, turfa el va tillar oralab o‘tib, shpinatga aylangan.

    Mutaxassislar Markaziy Osiyo va Afg‘onistonni bu sabzavotning vatani deb hisoblaydi. Ayrimlarga ko‘ra esa u Eron yoki Kavkazdan tarqagan.

    Ismaloqning yangi chiqqan bargidan somsa, manti kabi taomlar tayyorlanadi, u ovqatga ham solinadi.

    Ismaloq – turkiy so‘z. Uning ildizi qadimgi turkiy tildagi ismoq – hid taratmoq feʼliga borib taqaladi. Ismaloq – hid taratib turuvchi ko‘kat demak. Bugungi tilimizdagi is, iskamoq, isiriq so‘zlari ismaloq bilan o‘zakdosh.

    22 fevral, 08:40   Izoh (1)   28966
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Soʻz#Maʼno#Etimologiya#Til#Oʻzbek tili#Lugʻat boyligi

    Izoh (1)

    Kirish
    1. qurbonjorayev727@gmail.com / 22 fevral, 13:23

      Assalomu alaykum Orif aka qiziqarli va foydali maqola uchun tashakkur. Sizdan iltimos xalq xoʻjaligiga oid yoki asboblarga oid oʻzbekcha nomlarimiz boʻlsa shularni ham bir chiroyli maqola qilib chiqaring!!

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dilovar, pisanda, ismi sharif: xato ma’noda qo‘llanadigan 7 ta so‘z

    26.09.2022, 19:30

    “Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?

    01.10.2022, 21:10

    Tilimizni bilamizmi: do‘ppi kiygan so‘zlar – g‘irt o‘zbekcha bo‘lib ketgan 15 ta o‘zlashma

    01.11.2022, 10:05

    Tilimizni bilamizmi: sumalak, halim, sayil, somsa – bu so‘zlarning asl maʼnosi nima?

    22.03.2023, 00:08

    Tilimizni bilamizmi: unutilgan o‘zbekcha so‘zlar – “namoz”, “behi”, “kaptar”, “million” kabi so‘zlarning turkiychasi nima?

    15.05.2023, 16:33

    “Bir kallaqand, uch so‘m pul” — filmlardagi nodir so‘zlar, ularning maʼnosi nima?

    24.05.2023, 21:55

    Tilimizni bilamizmi: “ammamning buzog‘i”, “alifni tayoq deydi”, “yelkamning chuquri ko‘rsin” – antiqa iboralarning maʼnosi nima?

    28.06.2023, 17:51

    Bular aslida ruscha emas: rus tiliga o‘zlashgan turkiycha so‘zlar

    19.07.2023, 10:45

    Tilimizni bilamizmi: qarich, quloch, chaqirim – qadimgi o‘lchov birliklari bugungi o‘lchovda nimaga teng?

    15.08.2023, 13:13

    Tilimizni bilamizmi: abituriyent, shpargalka, imtihon – trenddagi so‘zlar dastlab qanday maʼnoga ega bo‘lgan?

    10.08.2023, 19:45

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida arabcha so‘zlar

    26.08.2023, 21:57

    Ishonish qiyin: namoz va namaste, musicha va mo‘ri, ko‘prik va ko‘ppak – kutilmagan qarindosh so‘zlar

    11.09.2023, 15:20

    O‘qituvchiga ham, o‘quvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?

    05.10.2023, 20:10

    Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya — asli odamlarning ismi bo‘lgan joy nomlari

    16.10.2023, 20:15

    Kazo-kazolar va hokazolar: maʼnosi keskin o‘zgarib ketgan 10 ta so‘z

    23.10.2023, 20:35

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida forscha so‘zlar

    04.11.2023, 14:18

    Ko‘pchilikning muammosi: savodxonlikni qanday oshirish mumkin?

    17.11.2023, 11:41

    Tasavvur qilish qiyin: bular aslida yunoncha so‘zlar

    24.11.2023, 15:08

    G‘azalkent, Chiroqchi, Buyrak – kutilganidan boshqa maʼnoga ega joy nomlari

    15.12.2023, 15:05

    So‘zga aylangan savdo belgilari – g‘aroyib kechmishga ega 10 ta so‘z

    03.01.2024, 09:55

    O‘zbek tilidagi afrikalik so‘zlar: ularning rang-ro‘yi qanday? 

    12.01.2024, 11:22

    Chelyabinsk, Saratov, Tyumen – bu nomlar turkiycha ekanini bilarmidingiz?

    12.02.2024, 14:10

    Bizni qiynaydigan so‘zlar: biror harf qo‘shib yo tushirib yozadigan so‘zlarimiz

    06.03.2024, 10:10

    Imlo bo‘yicha ko‘rsatma berayotganlar diqqatiga: o‘zbekchaga tayaning 

    31.07.2024, 20:44

    Nega olimlar fan doktori deyiladi, axir ular shifokor emas-ku – “doktor” so‘zining qiziq kechmishi

    05.08.2024, 08:15

    Navkardan mergangacha: tomirida mo‘g‘ul qoni oqqan so‘zlar  

    24.10.2024, 21:10

    “Turing, janob, sizni buyuk ishlar kutmoqda!”: jahonga mashhur iboralar aslida kimga tegishli? 

    28.10.2024, 20:30

    Turon qayer, Turkiston-chi? Markaziy Osiyomi yo O‘rta Osiyo: geografik atamalar ma’nosini bilasizmi?

    13 yanvar, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:01

    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

    Reklama | 20 iyun, 15:00

    “Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton

    Dunyo | 20 iyun, 15:55

    Netanyaxu: “Eron rejimining qulashi maqsad emas, balki natija bo‘lishi mumkin”

    Dunyo | 20 iyun, 15:45

    Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 15:31

    Jonni Depp Jek Chittak qiyofasida bolalar shifoxonasiga tashrif buyurdi

    Layfstayl | 20 iyun, 15:15

    Lionel Messi Ronaldu haqida: “Biz do‘st emasmiz, ammo doim bir-birimizni hurmat qilamiz”

    Sport | 20 iyun, 15:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.