Xalq orasida “uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish falokatga olib keladi” kabi turli irimlar mavjud. Garchi ilm-fan ushbu e’tiqodni rad etmasa-da, o‘rgimchakni o‘ldirmaslikning ancha asosli, ilmiy sabablarini keltiradi. Entomologlar bu nafaqat o‘rgimchakning foydali mavjudot ekanligi, balki u bilan bog‘liq noxush oqibatlarning oldini olish uchun ham muhimligini ta’kidlaydi.

Masalan, butli o‘rgimchak deb ataluvchi tur o‘zining qo‘rqinchli ko‘rinishiga qaramay, inson uchun zararsiz. Agar siz tasodifan urg‘ochisini o‘ldirsangiz, uning yelkasida turgan o‘nlab lichinkalari turli tomonga sochilib ketadi. Natijada uydagi bitta o‘rgimchak o‘rniga “o‘rgimchaklar epidemiyasi”ga duch kelishingiz mumkin.
Bundan tashqari, o‘rgimchakni polda yoki devorda turgan holatida ezib yuborsangiz, u o‘zida olib yurgan ovqat qoldiqlari va bakteriyalarni tashlab ketadi. Ba’zi hollarda bu bakteriyalar odamda allergik reaksiyani qo‘zg‘atadi.
Aksariyat uylarda uchraydigan o‘rgimchaklar bezarar bo‘ladi. Ularni ko‘rishimiz bilanoq xonalarni tozalashga tushishimiz tabiiy, lekin uyda 1-2 ta o‘rgimchaklar yashasa, bu zarar qilmaydi, chunki ular mayda zararkunandalarni tutib, uyni muhofaza qilishga yordam beradi.
Bundan tashqari, o‘rgimchaklar bog‘ va hovlida ham yordamchi hisoblanadi: o‘rgimchaklar kana, g‘umbak va o‘simliklarga zarar yetkazuvchi turli hasharotlarni yeb, gullar va barglarni asraydi.
Agar siz uyingizda o‘rgimchak paydo bo‘lishini istamasangiz, xonadonda doimiy changlarni artish, uyni ozoda saqlash va mebellar orqasini muntazam tozalab turish kifoya qiladi.
Izoh (0)