Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi matbuot kotibi Goxan Yilmaz Rossiyaning Sport-Ekspress nashriga bergan izohida jamoa “SSKA” futbolchisi Abbosbek Fayzullayev qiziqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Manbaga ko‘ra, istanbulliklar hozircha Fayzullayevni sotib olish haqida o‘ylagani yo‘q:
“Men jamoamiz skautlari bilan bog‘landim. Ular hozircha bu borada hech qanday ma’lumot yo‘q ekanligini bildirishdi,” — dedi Yilmaz Sport-Ekspress nashriga.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Abbosbek Fayzullayev esa “SSKA” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 8 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning moskvaliklar bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portli futbolchining qiymatini 8 million yevroga baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda o‘zbekistonlik futbolchiga “Bashakshehir” qiziqish bildirgani borasida xabarlar tarqalgan edi.
Izoh (0)