Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turidan o‘rin olgan uchrashuv 26-iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda “Xorazm” – “Andijon” bahsi bo‘lib o‘tdi. 11-daqiqada hisob andijonliklar tomonidan ochildi. Doniyor Abdumannopovning goli uchrashuvdagi dastlabkisi bo‘ldi. 27-daqiqada esa Vladimir Bubanya hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida Valijon Rahimov o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. 80-daqiqaga kelib Islombek Mamatkazin hisobni tenglashtirdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib esa Bektemir Abdumannonov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Yakuniy hisob – 2:3. Ushbu g‘alaba bilan andijonliklar 17 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. Xorazmliklar esa 14 ochko bilan 10-o‘rindan joy olgan.
Izoh (0)