• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Futbol

    JCH—2026. O‘zbekiston mundial masalasini hal qilishga yaqin turibdi (prevyu)

    O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 5-iyun kuni, Jahon chempionati saralashi 9-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa Abu-Dabida BAA mehmoni bo‘ladi. Ushbu bellashuvda qo‘lga kiritiladigan bir ochko ham “oq bo‘rilar”ga Jahon chempionati chiptasini taqdim etishi mumkin.

    Foto: O‘FA
    Foto: O‘FA

    Ushbu o‘yin oldidan har ikki terma jamoaning hozirgi holati, JCHga chiqish imkoniyatlari va tarkibidagi eng qimmat futbolchilari haqida batafsil to‘xtalamiz.

    O‘zbekiston terma jamoasi

    O‘zbekiston terma jamoasi Mundial saralashining dastlabki o‘yinida Toshkentda Shimoliy Koreyaga qarshi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Keyingi turda Bishkekka safar uyushtirib, Qirg‘izistondan 3:2 hisobida ustun keldi. Uchinchi turda esa “Bunyodkor” stadionida Eron bilan bahs olib bordi va 0:0 hisobidagi durang qayd etildi.

    Toshkentda o‘tgan navbatdagi o‘yinda terma jamoa BAAni qabul qildi va Otabek Shukurovning penaltidan kiritgan yagona goli evaziga 3 ochko qo‘lga kiritildi.

    Foto: O‘FA
    Foto: O‘FA

    Beshinchi turda O‘zbekiston Dohada Qatar bilan to‘qnash keldi. Birinchi taymda ketma-ket ikkita gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Abbosbek Fayzullayevning dubli hisobga tenglashtirdi. Ammo uchrashuv oxirida Qatar yana bitta gol urib, 3:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

    O‘zbekiston oltinchi turda Shimoliy Koreya bilan Laosda o‘yin o‘tkazdi — siyosiy vaziyatlar sababli o‘yin safarda bo‘lib o‘tdi. Qiyin bahsda jamoa 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 7-turda Qirg‘izistonni Toshkentda 1:0 hisobida mag‘lub etdi, 8-turda esa Eronda 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

    BAA terma jamoasi

    Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi Jahon chempionati saralashini ancha ishonchli boshladi. Ular ilk turda Qatarga safar uyushtirib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq 2-tur doirasidagi Eronga qarshi bellashuvda minimal hisobda imkoniyatni boy berdi — 0:1. Amirliklar jamoasi 3-turda Shimoliy Koreya bilan 1:1 hisobida durang o‘yagan bo‘lsa, 4-turda Toshkentda O‘zbekistonga imkoniyatni boy berdi — 0:1.

    Foto: O‘FA
    Foto: O‘FA

    5 va 6-turda BAA yirik hisobdagi ikkita g‘alabani qo‘lga kiritdi. Avvaliga Qirg‘izistonni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, keyin Qatar darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishni uddaladi. 7-turda Eronga yana mag‘lub bo‘ldi — 0:2. 8-turda esa Shimoliy Koreyaga qarshi bahs o‘tqazib, 2:1 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

    A guruhi turnir jadvali

    1. Eron — 20 ochko
    2. O‘zbekiston — 17 ochko
    3. BAA — 13 ochko
    4. Qatar — 10 ochko
    5. Qirg‘iziston — 6 ochko
    6. Shimoliy Koreya — 2 ochko

    Jamoalarning saralash bosqichidagi to‘purarlari

    O‘zbekiston terma jamoasi ortda qolgan 8 turda 11 ta gol urishni uddalagan. Abbosbek Fayzullayev 4 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, “oq bo‘rilar” to‘purari bo‘lib turibdi.

    Foto: O‘FA
    Foto: O‘FA

    Qolgan 7 gol esa 7 nafar futbolchi nomiga yozilgan. Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov, Hojiakbar Alijonov, Oston O‘runov, Otabek Shukurov, Husniddin Aliqulov va Hojimat Erkinov bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. 

    Birlashgan Arab Amirliklar terma jamoasi gol urish borasida ancha faol. Amirliklar o‘tgan 8 tur davomida 14 marta raqib darvozasiga yo‘l topa olgan. Fabio Lima nafaqat BAAning, balki butun saralash bosqichining eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lib turibdi. Asli kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan hujumchi hozirgacha 5 ta gol va 2 assist bilan to‘purarlar jadvalida yetakchilik qilmoqda. Amirliklar safida ikkinchi to‘purar esa Harib Suhayil hisoblanadi. “Al-Ahli” hujumchisi hisobida 3 ta gol mavjud.

    Foto: UAE
    Foto: UAE

     

    O‘zaro uchrashuvlar tarixi

    O‘zbekiston shu vaqtgacha BAAga qarshi 18 bor maydonga tushgan. Shulardan 5 uchrashuvda g‘alaba qozongan, 9 o‘yinda imkoniyatni boy bergan, yana 4 bahs durang bilan yakunlangan.

    Mazkur jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 1996-yilda bo‘lib o‘tgan. Unda Amirliklar jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozongan.

    O‘zbekiston terma jamoasi shu vaqtgacha BAA darvozasini 20 bor ishg‘ol qilgan, biroq o‘z darvozasidan 25 ta gol o‘tkazib yuborgan.

    Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs to‘purarlari — Igor Sergeyev va Server Jeparov, har ikki futbolchi ham 3 martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. BAA safidan Ali Mabhout 2 bora O‘zbekiston darvozasiga yo‘l topishni uddalagan.

    Foto: O‘FA
    Foto: O‘FA

    2000-yilda Amirliklar O‘zbekistonni 4:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan, biroq O‘zbekiston bunga 2015-yilda 4:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan javob qaytargan.

    Eng qimmat futbolchilar

    O‘zbekiston Osiyo qit’asida eng qimmat 3-jamoa hisoblanadi. Hozirda Temur Kapadze boshchiligidagi “Oq bo‘rilar”ning umumiy qiymati 68,3 million yevroni tashkil qiladi.

    Tarkibdagi eng qimmat futbolchi — “Manchester Siti” a’zosi Abduqodir Husanov. Himoyachi Transfermarkt tomonidan 35 million yevroga baholanmoqda. Keyingi o‘rinlarda — Abbosbek Fayzullayev (8 million yevro) va Eldor Shomurodov (4 million yevro) joy olgan.

    Foto: O‘FA
    Foto: O‘FA

    O‘zbekistonning eng qimmat 10 nafar futbolchisi:

    1. Abduqodir Husanov — 35 million yevro;
    2. Abbosbek Fayzullayev — 8 million yevro;
    3. Eldor Shomurodov — 4 million yevro;
    4. Oston O‘runov — 2 million yevro;
    5. Otabek Shukurov — 1,8 million yevro;
    6. Husniddin Aliqulov — 1,7 million yevro;
    7. Jaloliddin Masharipov — 1,5 million yevro;
    8. Abduvohid Ne’matov — 1,5 million yevro;
    9. Hojimat Erikinov — 1,5 million yevro
    10. Akmal Mozgovoy — 1,3 million yevro.

    Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasining umumiy qiymati 44 million yevroni tashkil qiladi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi Fabio Lima hisoblanadi. Hujumchining qiymati Transfermarkt portalida 6,5 million yevroga baholangan. Ikkinchi pog‘onadan Luan Perreyra joy olgan. “Sharja” klubi futbolchisining narxi 5 million yevro etib belgilangan. 3-pog‘onadan Kayo Lukas joy olgan. Asli kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan futbolchining transfer narxi 4,5 million yevro hisoblanadi. 

    Foto: O‘FA
    Foto: O‘FA

    BAAning eng qimmat 10 nafar futbolchisi:

    1. Fabio Lima — 6,5 million yevro;
    2. Luan Perreyra — 5 million yevro;
    3. Kayo Lukas — 4,5 million yevro;
    4. Holid Ibrohim — 2,5 million yevro;
    5. Ala Zir — 2,5 millon yevro;
    6. Lukas Pimento — 2,5 millon yevro;
    7. Oton Kuadio — 2,5 millon yevro;
    8. Harib Suhayil — 2,2 millon yevro;
    9. Markus Meloni — 2,2 million yevro;
    10. Yahyo Nodir — 2 million yevro.

    Murabbiylar fikri:

    Temur Kapadze BAAga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

    Foto: Getty Images
    Foto: O‘FA
    Albatta, o‘rganib chiqdik. Har taraflama yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. To‘g‘ri, ularda murabbiy yangi. Biroq bugun paydo bo‘lib qolmagan. Ularni o‘rganishga harakat qildik. Asosiysi, o‘z o‘yinimiz haqida o‘ylashimiz va yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz lozim. Albatta, bu davrga yetib kelish uchun futbolchilar astoydil mehnat qilishdi. Bizni ikkita muhim o‘yin kutib turibdi. Hammasi o‘z qo‘limizda. Ertaga g‘alaba qozonib, keyingi o‘yinga tayyorlanishimiz kerak. Srechko Katanesning sog‘lig‘i joyida. Uning yordamchilari esa bugungi kunda mening shtabimda faoliyat yuritmoqda.

    Kosmin Olariu O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

    Foto: O‘FA
    Foto: O‘FA
    Bu oson bo‘lmasligi aniq, ammo biz barchasiga tayyormiz. Ertaga juda qiyin o‘yin bo‘ladi. O‘zbekiston guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri. Ular juda tartibli va balans futbol namoyish etishmoqda. Biz so‘nggi bir hafta davomida imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik. Endi esa yigitlarni to‘g‘ri yo‘naltirishi va motivatsiya berishimiz kerak. Katta o‘yin va katta jang. Biz o‘zimizning imkoniyatimizga ishonamiz. Bor kuchimiz bilan kurashamiz.

    Uchrashuv haqida:

    Foto: O‘FA
    Foto: O‘FA

    BAA — O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 5-iyun, payshanba kuni Abu-Dabidagi “Al-Nahyan” stadioida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv O‘zbekiston vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

    5 iyun, 11:15   Izoh (0)   7500
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston terma jamosi#BAA#Jahon chempionat#JCH—2026#Temur Kapadze#Mundial

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston terma jamosi Ozarbayjon bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

    21.04.2014, 18:51

    O‘zbekiston terma jamosi Avstraliyada Malayziya chempionini yirik hisobda mag‘lub etdi

    06.01.2015, 15:37

    Terma jamoalar markazi topshirig‘iga binoan Jalilov olimpiya terma jamoasi bilan Slovakiyaga bormadi

    29.08.2015, 19:38

    Vadim Abramov: “Juda qiyin vaziyatda edik, natija o‘yinga mos bo‘ldi”

    10.10.2019, 20:23

    O‘zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi. U-17 Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    24.05.2022, 11:55

    O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    24.05.2022, 13:50

    Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha chempionat chorak finalida yutqazib qo‘ydi

    19.08.2022, 17:03

    O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo Kubogi—2023 guruh bosqichiga qur’a tashlandi

    26.10.2022, 12:25

    Turkmaniston bosh murabbiyi: “O‘zbekistonning zaif tomoni deyarli yo‘q”

    05.06.2024, 12:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10

    Superliga. “Andijon” kambek qilib, “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 26 iyun, 22:10

    Tramp Netanyaxuga qarshi ishni darhol to‘xtatishni talab qildi

    Dunyo | 26 iyun, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.