• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    “U oltinga o‘xshaydi, men uni juda hurmat qilaman”. “Roma”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Eldor Shomurodov haqida

    Argentinalik iqtidorli vinger Matias Soule yanvarda ketishni rejalashtirgandi. “Roma”da uning ishlari o‘xshamadi. Klaudio Ranyeri jamoa bilan ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazgani uchun Tommazo Baldansi afzalroq ekanligini ochiqchasiga aytdi. Shuningdek, Ranyeri Matiasning ham fikrini o‘zgartirdi: u qoldi va bahorda A Seriyaning eng yaxshilaridan biriga aylandi.

    Foto: Championat
    Foto: Championat

    Klaudio butun “Roma” bilan xuddi shunday ishni qildi. U kelishidan oldin rimliklar quyi ligaga tushib ketmaslik haqida o‘ylardi. So‘nggi tur oldidan esa Chempionlar Ligasi uchun kurash olib borildi.

    Ranyeri suvni sharobga aylantirmaydi. Lekin bundan ozgina osoni ham uning qo‘lidan keladigandek. Biz uning har qanday vaziyatni tubdan o‘zgartira olishiga yetarlicha baho bermayotganga o‘xshaymiz.

    Eldor Shomurodov — ham shaxsiy, ham jamoaviy darajada bu o‘zgarishning bir qismi hisoblanadi. Shuningdek, u O‘zbekiston terma jamoasining tarixda birinchi marta Jahon Chempionatiga chiqishiga katta yordam berdi. U nafaqat klub, balki terma jamoa safida ham ajoyib gollar urmoqda.

    “Roma”ning Mourinyo bilan hamkorligi Eldorning Italiyadagi faoliyatini deyarli barbod qilgandi

    Eldor Italiyaga pandemiyadan keyin borgan. U 25 yoshga to‘ldi, Rossiyada o‘zini yaxshi ko‘rsatdi va O‘rta Osiyoning juda istiqbolli bozorini ekanligini isbotladi. “Jenoa” ancha pul to‘ladi. Klub tarixida faqat bir xorijlik forvard undan qimmatroq edi — Diyego Milito.

    Shomurodov hali Goran Pandevni yenga olmagan Mattia Destro, Janluka Skamakka bilan jamoaga tushib qoldi. Va yo‘qolib qolmadi. Hujumchidan mehnat qilish, to‘pga o‘ynash va ko‘p yugurish talab qilinadigan o‘yinlarda u eng yaxshilardan biri bo‘lib chiqdi. Eldor debyut mavsumida sakkizta gol urdi. Raqobat va klub maqomini hisobga olsak, juda yaxshi natija edi.

    Unga faqat Genuyadagina qoyil qolishmadi. 2021-yilning yozida Shomurodov “Roma”ga o‘tdi. Edin Jeko ketdi, lekin Mourinyo keldi — murabbiyga quloq soladigan va qattiq mehnatdan qo‘rqmaydigan hujumchi kerak edi. Transfer qiymati 20 million edi. Eldor hammasiga tayyor edi.

    Oradan ikki hafta o‘tib, ”Roma” Temmi Abraham uchun 41 million to‘ladi. O‘zbekistonlik futbolchining karyerasida yana o‘zgarish bo‘ldi. U Joze ajratgan daqiqalardan juda unumli foydalandi (birinchi mavsumida asosiy tarkibda tushgan beshta o‘yinida 3+4 natija), lekin baribir zaxirada qolardi. Ikkinchi yili Eldor deyarli o‘ynamadi. Undan ham yomoni: qishda “Spetsiya”ga ko‘chib o‘tib,ko‘zga tashlanmay qo‘ydi. Genuyada porlagan tirishqoqlik va samaradorlikni uyg‘unlashtirgan jonkuyar endi yo‘qdek tuyulardi.

    Foto: Championat
    Foto: Championat

    Endi bu tarix. Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi bilan mundialga yo‘l oldi, Rim jamoasining bir qismiga aylandi va nihoyat nima yuz bergani haqida gapirdi.

    Uning Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusidan parcha: “Men “Roma”ga kelganimda yagona hujumchi edim va asosiy tarkibdan muntazam joy olaman deb o‘ylagandim, ammo keyin Abrahamning transferi hamda unga tikilgan pullar haqida xabarlar tarqaldi. Men bunga ishongim kelmasdi. Menga nisbatan adolatsizlik qilingandek tuyuldi, tushkunlikka tushdim. O‘zimga ishonish o‘rniga, boshqalarni aybladim. Oxir-oqibat, men harakat qilishni to‘xtatdim — bu esa tanazzulga olib keldi”.

    Shomurodov o‘zgara oldi va Ranyerining “Roma”sida muhim futbolchilardan biriga aylandi

    U yerda yana bir gap bor: “Hozir men o‘zimni boshqa futbolchidek his qilyapman. Ranyeri meni hayotga qaytardi”.

    Eldor Klaudio bilan ikki yil oldin — “Kalyari”da ijarada bo‘lganida uchrashgan. Murabbiy unga darhol ishonch bildirgan. Shomurodov birinchi turdanoq maydonga tushgandi. Hammasi ham yaxshi ketmadi, jarohat xalaqit qildi, ammo hujumchi formasini tikladi va bahorda yana A Seriyada gol ura boshladi.

    O‘tgan yozda u Rimga qaytdi. Daniele de Rossi uni so‘nggi daqiqalarda maydonga tushirardi. Ivan Yurich esa kamroq ishonardi. Ammo xorvat tez orada jamoani tark etdi va “Roma”ga Ranyeri keldi. Bir oydan so‘ng jamoa mag‘lub bo‘lishni to‘xtatdi. Aynan o‘sha paytlarda Shomurodov muntazam ravishda zaxiradan maydonga tusha boshladi.

    Bahorga kelib u taktik detalning almashtirib bo‘lmaydigan qismiga aylandi. Ranyeri uning ijrochiligidan o‘yin davomida raqibning zaif tomonlariga bosim o‘tkazish va uni soddalashtirish uchun foydalangan. Eldor kartinaga kerakli shtrixlarni kiritgandi.

    Masalan. “Verona” bilan o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi markaziy himoya chizig‘ining lateral va chekka qismlari o‘rtasida — murabbiy zaif deb hisoblagan zona orqali kirib bordi. Rim derbisida Artyom Dovbikka juda yaqin joylashdi — “Latsio” shundoqqina darvoza oldiga “yotib oldi”, ammo ikki baland bo‘yli hujumchi raqibning yopiq vaziyatiga e’tibor qaratdi. “Yuventus”ga qarshi o‘yinda u 3-4-3 ni 4-4-2 ga aylantirdi va markaziy himoyachilarga bosimni oshirdi; keyinchalik, yurish ish berganda va “Roma” o‘yinni tenglashtirganda, Ranyeri past blokka qaytdi va Eldorni o‘rta chiziqqa tushirdi — u yana uddaladi.

    Foto: Championat
    Foto: Championat

    Buning ustiga, Shomurodov har bir daqiqadan maksimal darajada foydalandi: “Yuventus”ga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirdi, “Monsa”ga qarshi o‘yinda 1+1 ni amalga oshirdi, “Atletik”ni mag‘lub etdi. “Eldor biz uchun nima qilgani va nima berayotgani bilan fundamental ahamiyatga ega, — dedi murabbiy. — U soatiga 100 mil tezlikda harakatlanib, borini beradi. U oltinga o‘xshaydi, men uni juda hurmat qilaman”.

    Eldor mavsumni “Roma”ning asosiy hujumchisi sifatida yakunladi

    Shomurodov qanchalik foydali futbolchi ekanligini yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun mana bu ma’lumotni keltiramiz: Dovbik bilan ilk daqiqalardan birga o‘ynay olasizmi, degan savol aprel oyidagi matbuot anjumanlarida odatiy holga aylandi. Italiyalik jurnalistlar bunday o‘yinchini zaxira o‘rindig‘ida qolishini tasavvuriga sig‘dirishmas edi. Uni ilk daqiqalardayoq maydonda ko‘rishni istashardi.

    Nihoyat Ranyeri sukutni buzdi va fikr bildirdi: “Yo‘l-yo‘lakay paydo bo‘lib, Shomurodov o‘yinni buzadi. Agar u boshidan o‘ynasa-yu, lekin xuddi shunday hissa qo‘shmasa, menda o‘q uzish uchun patron qolmaydi”.

    Ammo ko‘p o‘tmay bahslar tugadi. Shomurodov so‘nggi olti turni asosiy tarkibda o‘tkazdi. Bu ham oddiy o‘yinlar emasdi. “Roma” garchi o‘sha paytda orzu amalga oshmaydigandek tuyulgan bo‘lsa-da, hamon Chempionlar Ligasiga chiqish haqida o‘ylardi.

    Milanning ikki jamoasi, “Fiorentina” va “Atalanta” kabi jamoalarga qarshi murakkab o‘yinlarga yaqinlashdik. Ranyeri Eldorni asosiy tarkibda tushiryaptimi, demak, shu variantni ma’qul ko‘rgan. Hatto, uni joylashtirish uchun sxemani o‘zgartirgan: ikkita baland bo‘yli hujumchi bilan o‘ynashga o‘tdi.

    Foto: Championat
    Foto: Championat

    “Roma”ga yakunda bir ochko yetmay qolganiga Shomurodovning aybi yo‘qligi aniq. Ushbu murakkab o‘yinlarning dastlabkisi, “Verona”ga qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Ikkinchisida, “Inter”ga qarshi bahsda esa golli uzatmani amalga oshirdi. “Fiorentina”ga qarshi o‘yinda ham golga hammualliflik qildi.

    2025-yilda Eldor barcha turnirlarda 5+4 natija qayd etdi (mavsumda esa 7+6) — har 131 daqiqada samarali harakat qildi. Bir vaqtning o‘zida u pressing samaradorligi bo‘yicha A Seriyaning eng yaxshi hujumchilari qatoriga kirdi va to‘qqizliklar orasida asosiy yordamchilar to‘rtligiga kirdi. Faqat Romelu Lukaku, Mateo Retegi va Nikola Krstovichlar undan oldinda. Qayd etib o‘tish kerak, yuqoridagi uch hujumchi maydonda Eldordan ko‘ra ko‘proq daqiqalarga ega bo‘lgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Rimdagi faoliyatini Jozega unchalik kerak bo‘lmagan hujumchi sifatida boshlagan Eldor Shomurodov hozirga kelib, “Roma”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

    ***

    Shu bilan birga, Eldor O‘zbekiston terma jamoasiga katta yordam berdi va jamoa tarixda birinchi marta mundialga yo‘l oldi! Tabiiyki, Shomurodov bunda muhim rollardan birini bajardi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Albatta, O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 da kattaroq maqsadlarni oldiga qo‘ygani aniq. Bu yo‘lda esa Eldorga Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va boshqa futbolchilar yordam beradi.

    17 iyun, 17:55   Izoh (0)   3013
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eldor Shomurodov#Roma#O‘zbekiston terma jamoasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21

    Andijonda 2,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.