Daryo

“SSKA” Abbosbek Fayzullayev bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Klub va futbolchi o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2026-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi

1 daqiqa o‘qish24 897 ko‘rishlar0 izoh0

Moskvaning “SSKA” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Metaratings.ru tayanib Sports.ru xabar bermoqda.

Foto: Bobsoccer

Maʼlum qilinishicha, klub O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisiga yangi va hozirgiga qaraganda yaxshi shartnoma taklif qilish niyatida.

“SSKA” va Fayzullayev o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2026-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

Maʼlumot uchun, Abbos “SSKA”da o‘zining  ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda u RPLda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 gol urgan va 7 golga assistentlik qilgan. 

Joriy mavsumda esa futbolchi RPLda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Avvalroq FIFA Moskvaning “SSKA” jamoasiga 2026-yil yozigacha bo‘lgan transfer taqiqini joriy etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar