Angliya terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng yelkasini operatsiya qildiradi.

Futbolchi hammasi joyida ekani, yelkasidagi og‘riq juda ham kuchli emasligini aytdi.
“Bu muammoni hal qilishga tayyorman. Operatsiya finaldan bir necha kun o‘tgandan keyin bo‘ladi”, degan angliyalik futbolchi.
Maʼlumot uchun, Bellingem klublar o‘rtasidagi JCH guruh bosqichida “Pachuka”ga qarshi o‘yinda (3:1) uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Izoh (0)