Daryo

“Bunday holatlar Ispaniyadagi hakamlik sifatiga shubha bilan qarashga undaydi” – Bellingem

Futbolchi “Osasuna” bilan bahsda haqoratli so‘z ishlatgani vaji bilan maydondan chetlatilgandi

1 daqiqa o‘qish16 696 ko‘rishlar0 izoh0

“Real Madrid” futbolchisi Jud Bellingem “Osasuna”ga qarshi (1:1) o‘yindan so‘ng hakamlik haqida fikr bildirdi.

Foto: Getty Images

Angliyalik futbolchi uchrashuvning 1-bo‘limida haqoratli so‘z ishlatgani vaji bilan maydondan chetlatilgan edi. 

“Biz endi o‘yinni o‘zgartira olmaymiz, lekin umid qilamanki, videoyozuvlardan keyin qandaydir o‘zgarishlar bo‘ladi.

Futbolchi maydonda bo‘lsa, har xil hissiyotlarga beriladi. Siz maydonda ekansiz, hissiyotlar sizni xursand qilishi, qoniqarsiz natija uchun g‘azabni keltirishi mumkin.

Bunday holatlar Ispaniyadagi hakamlik sifatiga shubha bilan qarashga undaydi”, – dedi Bellingem.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar