Xonanda Jastin Biber va uning rafiqasi Xeyli Biberning muxlislari ularning yashirincha ajrashganiga ishonmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri turli dalillarni jamladi.

Internet foydalanuvchilari 28 yoshli Xeylining ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘ini Xalqaro otalar kuni bilan tabriklamaganini payqadi. Jastin esa hanuz noodatiy, hatto tajovuzkor xarakterga ega g‘alati postlar joylashtirishda davom etmoqda.
Ajrim haqidagi mish-mishlarni kuchaytirgan yana bir omil Xeylining milliard dollarlik shartnomasidir. U o‘zining Rhode nomli kosmetika brendini Elf Beauty kompaniyasiga sotdi. Biberlar yashaydigan Kaliforniya shtati umumiy mulk qonunlari amal qiladigan hudud hisoblanadi. Bu degani, nikoh davrida orttirilgan barcha aktiv va qarzlar teng taqsimlanadi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mashhur juftlikning ajralgani haqidagi taxminlarga turlicha munosabat bildirishgan:
“Biberga yordam kerak, Xeyli esa bolasi bilan uni tark etishi kerak”.
“Bechora yigit, unga shifokor ko‘rigi kamlik qilmaydi”.
“Xeyli baribir Jastinga munosib emas, u juda maftunkor ayol”, deb yozadi foydalanuvchilar.

Jastin Biber va Xeyli Biber (oldingi familiyasi — Boldvin) zamonaviy shou-biznesning eng mashhur juftliklaridan biri hisoblanadi. Ular ilk bor 2009-yilda tanishgan, ammo munosabatlari 2016-yil atrofida jiddiy tus ola boshlagan. Bir necha bor ajrashib, yana yarashgan bu juftlik 2018-yil sentyabr oyida to‘satdan Manxetten sudi binosida nikohdan o‘tgan. Keyinchalik 2019-yil 30-sentyabrda ular 500 ming dollar sarf etilgan dabdabali to‘y marosimini o‘tkazgan.
-pymHTxA8.avif)
Ammo 2024—2025-yillarda juftlik atrofida sovuqlik alomatlari sezila boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Xeylining Jastinni muhim sanalarda tabriklamagani, birga kamroq ko‘rinayotgani va hatto ba’zi tadbirlarda yolg‘iz qatnashayotgani muxlislar va ommaviy axborot vositalarining diqqatini tortmoqda. Lekin Jastin ham, Xeyli ham bu mish-mishlarga rasmiy izoh bermagan. Ularning ayrim so‘nggi suratlarda baribir birga ko‘ringani, Xeylining hamon nikoh uzugi taqib yurgani sababli ayrimlar bu taxminlarni asossiz deb hisoblaydi.
Izoh (0)