• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    Namangan, Andijon va Xorazm viloyatlarida noqonuniy hujralarda bolalarga diniy taʼlim berish holatlari aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Videodan kadr
    Foto: Videodan kadr

    Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlatobod tumanida yashovchi 1957-yildan tug‘ilgan shaxs yashash manzilida hech qanday diniy maʼlumotga ega bo‘lmasdan, 8 nafar voyaga yetmagan shaxsga diniy taʼlim berib kelgani aniqlandi. 

    Ushbu shaxs MJtKning 241-moddasi (diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) bilan javobgarlikka tortildi. Noqonuniy diniy taʼlim olayotgan 8 nafar bolaning MJtKning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan chora ko‘rildi. 

    Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori IIOga murojaat qilib, qabuliga kelgan voyaga yetmagan shaxsning butun tanasi shilingan va yiringli jarohatlar aniqlanganini maʼlum qilgan. Xabar asosida surishtiruv harakatlari olib borildi. 

    Foto: Videodan kadr
    Foto: Videodan kadr

    Maʼlum bo‘lishicha, 1985-yilda tug‘ilgan ayol Asaka tumanidagi xonadonda 6 oy mobaynida asli Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida yashovchi voyaga yetmagan bolaga noqonuniy ravishda diniy saboq berib kelgan. Darslar davomida muttasil ravishda bolaning boshi va tanasining turli qismlariga yog‘och, quvvatlovchi qurilma kabeli hamda boshqa jismlar bilan urib, do‘pposlagan. 

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

    Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan shaxs va uning qizi hech qanday diniy maʼlumotga ega bo‘lmasdan turib, xonadonida hujra tashkil qilib, voyaga yetmagan 16 nafar bolaga noqonuniy diniy taʼlim berib kelgan. Ular har bir bola uchun 1 mln so‘mdan pul olib, darslarni o‘zlashtira olmagan bolalarni muntazam kaltaklagan.

    Foto: Videodan kadr
    Foto: Videodan kadr

    Ushbu shaxslarga nisbatan MJtKning 241-moddasi (diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

    Bundan tashqari, 8 nafar bolaning ota-onalariga MJtKning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

    O‘zbekistonda farzandini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

    Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi. Ushbu qonun loyihasi 2024-yil 25-iyun kuni deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingandi. Oliy Majlis Senatining 16-avgustdagi yalpi majlisida qonun ma’qullandi.

    Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev buni ayrimlar qonunni noto‘g‘ri talqin qilayotgani sabab bola huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga oid qonun bo‘yicha izoh bergandi.

    “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, bolaning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim olishini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga sharoit yaratish ota-onalar majburiyati hisoblanadi. Biroq Odiljon Tojiyev hozirgi kunda bolalarning noqonuniy diniy saboq olishiga, davlatning majburiy ta’lim tizimi ta’siridan chetda qolishiga hamda ularda biryoqlama dunyoqarash va mutaassiblik kayfiyati shakllanishiga ota-onalarning o‘zi sababchi bo‘lib qolayotganini aytgandi.

    Xususan, noqonuniy diniy ta’lim berish asosan ota-onalar tashabbusi bilan “hujra” sharoitida tashkil etilmoqda. Oxirgi 5 yilda “hujra”da diniy ta’lim olgan 9 705 nafar bola aniqlangan. Aksariyat hollarda ota-onalar o‘z bolalarini diniy ta’lim berish huquqi bo‘lmagan tashkilot yoki shaxs ixtiyoriga bir necha oyga qarovsiz tashlab ketishi kuzatilmoqda. Bu orada bola to‘laqonli shaxs sifatida rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan muhitdan uzilib qolmoqda.

    Yuqoridagi xatti-harakat yuridik tilda “bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilish”deb bayon qilingan. Qisqa qilib aytganda, ota-ona bolasini ‘hujra’ga topshirsa, javobgar bo‘ladi. Hujralar faoliyati esa ko‘p yillardan beri qonun bilan qat’iy taqiqlangan, degan edi Odiljon Tojiyev.

    Shuningdek, bu narsa ota-onaning o‘z farzandiga diniy saboq, ta’lim-tarbiya berishiga umuman aloqasi yo‘qligini, chunki bu har qanday ota-onaning o‘z farzandini shaxsan o‘zi tarbiya qilish bo‘yicha daxlsiz huquqi hisoblanishini qayd etib o‘tgandi.

    18 iyun, 23:30   Izoh (0)   1747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #xujra#diniy ta'lim

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Garri Potter”ning sirli olamidagi g‘ayritabiiy, hatto sehr yordamida ham tushuntirib bo‘lmaydigan holatlar

    19.06.2024, 11:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.