AQSHning Kaliforniya shtati Los Anjeles shahrida Immigratsiya va Bojxona xizmati (ICE) tomonidan o‘tkazilayotgan reydlarga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. O‘zbekiston TIV ushbu namoyishlar yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur namoyishlarda O‘zbekiston fuqarolarining ishtirok etgani to‘g‘risida hech qanday rasmiy tasdiqlangan maʼlumot kelib tushmadi.
Shu bilan birga, AQSHdagi barcha vatandoshlar ushbu mamlakatning amaldagi qonun-qoidalariga qatʼiy amal qilishga, tinchlik va xavfsizlikni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirildi.
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davom etadi. Zarur hollarda fuqarolar AQSHdagi elchixona va Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari mumkinligi qo‘shimcha qilindi.
Izoh (0)