• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShda pulsiz qolayotgan politsiya va Twitter’dagi muxlislari o‘chirilayotgan Xitoy diplomatlarining nojo‘ya xulq-atvori. Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” jahon matbuoti sharhi ruknining navbatdagi muhokamalarga boy sonini diqqatingizga havola etadi.

    Politsiya budjetini kesish jinoyatchilikning oldini olishga yordam beradimi?

    AQShda Jorj Floydning o‘limi natijasida norozilik namoyishiga chiqqanlar bugun politsiyaga ajratilayotgan budjet mablag‘larini kamaytirishni talab qilmoqda. Britaniyada chop etiladigan The Guardian nashri namoyishchilarning bunday talabi ortida nima yotgani va so‘l siyosatchilarning bu talabni amalga oshirish jinoyatchilikni o‘sishiga olib kelmasligiga ishonishlari qanchalik to‘g‘ri ekani haqida maqola tayyorladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Faollarning politsiya budjetini qisqartirish haqidagi talablari qisqa fursatda omma orasida mashhur bo‘lib ketdi va qo‘llab-quvvatlanmoqda. Jamoatchilik politsiyaga ajratilayotgan mablag‘larni jamiyatning ehtiyojlariga sarflashni taklif qilmoqda. Bunday taklifni esa ayrim qonunshunoslar ham olqishlamoqda.

    Politsiyaga va turmalarga ajratilayotgan mablag‘larni qisqartirish borasidagi takliflar AQSh jamiyatida anchadan beri taklif qilib kelinayotgan masala. Faollar nazarida huquqni muhofaza qilish sohasiga ajratilayotgan mablag‘larni uy-joy bilan ta’minlash, ishsizlik bilan kurashish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muhim sohalarga yo‘naltirish kerak. Bu taklifni ilgari surayotganlar nazarida oxirgi besh yil mobaynida politsiyani isloh qilishga qaratilgan choralar natija bermadi va fojia (Floydning o‘limi) bilan tugadi.

    So‘nggi hisob kitoblarga ko‘ra, AQSh hukumati so‘nggi 40 yil mobaynida politsiya xizmatiga 115 milliard dollar mablag‘ ajratib kelmoqda. Ayrim shtatlarda politsiya xizmatiga ajratilayotgan mablag‘lar shtat budjetining yarmidan ham ko‘pini tashkil qiladi. Misol uchun, Los Anjeles politsiya departamentiga budjetdan 1,8 milliard dollar mablag‘ ajratiladi. Bu sarf xarajat esa ijtimoiy sohalarga ajratilayotgan mablag‘lardan ancha ko‘p. Koronavirus davridagi inqiroz sababli hukumat ta’lim, yoshlar dasturlari, san’at va madaniyat, istirohat bog‘lari, kutubxonalar, uy-joy xizmatlari sohasiga ajratilayotgan mablag‘larni qisqartirayotgan bo‘lsa-da, politsiya mablag‘lari inqirozdan avvalgi davrdagidek qolmoqda yoki ayrim shtatlarda yanada ko‘paygan.

    Namoyishlar manzarasida ayrim shahar hokimlari va qonunshunoslar politsiyaga ajratilayotgan mablag‘lar masalasida o‘z fikrlarini darhol o‘zgartirishga ham ulgurdi. Los Anjeles hokimi politsiyaga ajratilayotgan mablag‘ni 150 million dollarga qisqartirishga va’da berdi. Nyu-Yorkda shahar kengashidagi bir vakil politsiya mablag‘larini 1 milliard dollargacha qisqartirishga chaqirmoqda.

    AQSHning Filadelfiya, Baltimor, Vashington, Kolumbiya okrugi, San-Fransisko kabi shaharlaridagi siyosatchilar ham mahalliy politsiya budjetini qisqartirish fikrini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Politsiya borasidagi eng keskin fikrlar esa Jorj Floyd o‘ldirilgan Minneapolisda yangradi – politsiya idorasini butunlay tarqatib yuborish.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Norozilik namoyishi mavzusi o‘zgarayotganidan xursand bo‘layotgan ayrimlar esa taklif qilinayotgan qisqartirish miqdoridan norozi bo‘lmoqda. Los Anjelesda “Qora tanlilar ham inson” harakati a’zolari mer taklif qilgan politsiya xarajatlarini 51 foizga qisqartirish g‘oyasidan norozi bo‘lib, ajratilayotgan ulush 5,7 fozi bo‘lishi kerakligini taklif qilmoqda. Critical Resistance va MPD 150 guruhlari esa politsiya budjetini keskin tarzda qisqartirgan holda sohani isloh qilinishini ilgari surmoqda. Ularning nazarida politsiyaning ayrim xizmatlarini butkul tugatgan holda yangi giyohvandlarga bepul yordam beradigan yoki psixologik yordam ko‘rsatadigan xizmatlarni ochishni taklif qilmoqda.

    Politsiya va turmalarni butunlay bekor qilishga chaqirayotganlar nazarida esa bunday mahkamalar mohiyatiga ko‘ra irqchilik asosiga qurilgan va jamiyat xavfsizligi uchun hech qanday xizmat qilmaydi. Politsiya mahkamalarida ochilmagan jinoyatlar to‘lib yotibdi va bularning bari oiladagi zo‘ravonlikni oldini olishda ham mutlaqo foydasiz.

    Politsiyani qisqartirish naf beradimi? Ayrim tadqiqotlar faoliyat qisqartiriladigan bo‘lsa, jinoyatchilik foizi ham pasayishini ko‘rsatgan. Politsiyachilar esa agar ular ishdan ketadigan bo‘lsa, jinoyatchilik ko‘payishini iddao qilmoqda. Biroq Nyu-Yorkda 2014–2015-yillarda politsiyachilar mayda bezorilikka kamroq ahamiyat bera boshlagach, jinoyatchilik darajasi ham pasayganini ko‘rish mumkin. Tadqiqotchilar nazarida mayda bezorilik uchun tatbiq qilinadigan og‘ir jazolar jamiyatni yanada kuchliroq bo‘lgan noroziliklar to‘lqiniga olib keladi. Agarda qashshoqlik uchun jazo qo‘llanilsa, ya’ni yo‘l qoidasini buzganlik yoki jarimani o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun yuqori miqdordagi jarimaga tortishlar mavjud bo‘lsa, u holda jamiyatda jinoyatchilik yanada ko‘payishiga olib keladi.

    Politsiya kasaba uyushmalarida ham budjetini qisqartirish masalasiga turicha yondashuvlar bor. Ayrim kasaba uyushmalari mablag‘larni qisqartirish jamiyatning jinoyatlashuviga olib keladi deb, mamlakatda norozilik namoyishlari keltirib chiqargan tartibsizliklarni misol qilmoqda. Ayrim qisqartirishni ma’qullayotganlar esa ommaviy tartibsizliklarning politsiya tomonidan shafqatsizlarcha bostirishga urinishi bugun jamiyatga zarar keltirishdan boshqasiga yaramadi, degan iddao bilan chiqmoqda.

    Politsiya mablag‘larini qisqartirish borasida turli fikrlar mavjudligi bu masalaning hali-beri hal qilinmasligi, ular kerakmi degan savollar o‘z yechimini topishi uchun vaqt kerakligi ma’lum bo‘ladi.

    Twitter nega Xitoy ta’siridagi akkauntlarini o‘chirib tashlamoqda?

    Twitter Gonkongdagi voqealar, koronavirus atrofidagi hodisalar va Jorj Floyd o‘limiga bog‘liq AQShdagi norozilik namoyishlariga aloqador bo‘lgan xitoylik siyosatchilar ta’siri ostida deb topilgan 170 mingdan ortiq akkauntlarni o‘chirib tashladi, deb yozadi The Guardian nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Avstraliya strategik tadqiqotlar instituti tadqiqotchilari nazarida Xitoy hukumati Twitter’ni mamlakat ichida taqiqlagan bir vaziyatda yuqoridagi mavzular bilan bog‘liq mavzularda boshqa mamlakatlardagi siyosiy voqealarga ta’sir qilish maqsadida postlar ulashmoqda. Postlar mavzusi Gonkongdagi norozilik namoyishlari, surgun qilingan xitoylik milliarder Guo Venguy, koronavirus va Tayvan bilan bog‘liq  va bu mavzular, asosan, Xitoy tashqarisida yashovchi xitoy tilli foydalanuvchilarga qaratilganini aytadi.

    Tadqiqotchilar 2018-yil yanvaridan 2020-yilning apreligacha qoldirilgan 348 608 ta tvit izohlarni tahlil qilgan va ularning aksari dushanba va juma kunlari ish soatlari vaqtida qoldirilganligiga e’tibor qaratishgan. Dam olish kunlari esa mazkur akkauntlarda sokinlik kuzatilgan.

    Twitter’dagi akkauntlarning 78,5 foizi  deyarli folloveri yo‘q akkauntlar bo‘lgan bo‘lsa, 95 foiz akkauntlarning ko‘pi bilan 8 nafar folloveri bo‘lganini, ammo ular sun’iy ravishda botlar yordamida faol bo‘lgani aytiladi. Folloveri yo‘q jami 156 tvit postlar 50 dona layk yig‘gani va 26 tasi retvit qilingani shubha uyg‘otadi.

    Ayrim Twitter’dagi akkauntlar esa buzilgan va bir bangladeshlik shaxsga tegishli Twitter akkauntida Gonkongdagi namoyishlarga qarshi xitoycha post qoldirilgan.  Qoldirilgan postlarning aksariyatida Gonkongdagi namoyish qatnashchilari shafqatsizlik bilan harakat qilayotgani, AQShning bu namoyishlarga turtki bo‘layotgani va Xitoyning koronavirusga qarshi faol kurashayotgani madh qilinadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Twitter soxta akkauntlarni o‘chirib tashlaganiga qaramay, Twitter va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yangi akkauntlar tashkil qilinayotgani ta’kidlanadi. Bu akkauntlardagi postlar hozirda AQShdagi “Qora tanlilar ham inson” norozilik namoyishlariga diqqat-e’tibor qaratgan holda “AQSh ikkiyuzlamachilik qilmoqda, Gonkongdagi norozilik namoyishlarida Gonkong politsiyasini qoralagan holda o‘z mamlakatida Amerika politsiyasining norozilik namoyishlariga qarshi shafqatsizlik qilishga chaqirmoqda”, deb postlar qoldirmoqda.

    Shunday bir manzarada tadqiqotchilar rus trollari bilan bog‘liq bo‘lgan 1 152 ta akkauntga va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning siyosatini maqtayotgan 7 340 ta akkauntga duch kelishgan.

    Twitter kelajakda bunday akkauntlarning mohiyatini tushunish uchun akademik doiralar bilan o‘zaro ishlashi haqida ma’lum qiladi.

    Tadqiqotchilar, shuningdek, Tramp tarafdorlarining koronavirus pandemiyasining kelib chiqishi bilan bog‘liq soxta axborot tarqatayotganiga e’tibor qaratgan.

    Avstraliyalik jurnalistlar Twitter kompaniyasidan Tramp tarafdorlarining akkauntlari bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tazilmoqdami yoki yo‘q, shuni surishtirmoqda, deb yozadi The Guardian nashri.

    Xitoylik diplomatlarning nojo‘ya xulq-atvori

    “O‘tmishdagi xitoylik diplomatlardan farqli ravishda hozirgi kundagi xitoylik diplomatlar Xitoy manfaatlarini va obro‘sini xorijda o‘ta zo‘ravonlik va qat’iyat bilan himoya qilmoqda”, deb yozadi The Project Syndicate nashri. Maqola muallifi nega xitoylik diplomatlar diplomatik yondashuvlarini o‘zgartirayotgani sabablarini izohlashga urinadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    O‘tmishda xitoylik diplomatlar qaltis masalalarda o‘ta sokinlik va kuchli tayyorgarlik bilan harakat qilishgan, ortiqcha salbiy harakatlardan tiyilgan va diqqat markazga tushib qolishdan o‘zlarini ehtiyot qilgan. Biroq bugungi davrdagi yosh xitoylik diplomatlar eski an’analar bilan aloqasini uzishga tayyordek tasavvur uyg‘otmoqda va ayniqsa, koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda Xitoyning rolini ijobiy baholash uchun kurashmoqda. Bu esa xorijda “bo‘rilar diplomatiyasi” deb nomlanadi va bu diplomatiyaning bir uchi xitoylik diplomatlarga kaltak bo‘lib ham tegmoqda.

    COVID-19 virusi tarqalishi arafasida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I xitoylik diplomatlarga xorijda Xitoy obro‘sini tajovuzkorona va yon bermay himoya qilish haqida ko‘rsatma beradi. Agarda Uxandagi rasmiylar koronavirusga o‘z vaqtida chora topganda edi bugunda xitoylik diplomatlarga tashqi ishlar vazirining ko‘rsatmalarini bajarishga hojat ham qolmagan bo‘lardi. Biroq… G‘isht qolipdan ko‘chib bo‘lgan.

    Xitoylik diplomatlar vazir ko‘rsatmasini bajarishga kirishib ketdi. Mart oyi o‘rtalarida Xitoy tashqi ishlar vazirining yangi tayinlangan o‘rinbosari Chjao Liszyan  fitna nazariyasiga qo‘l urdi va koronavirusni Uxanga xorijdan, to‘g‘rirog‘i, amerikalik harbiylar olib kelishgani haqida bayonot berdi.

    Aprel oyi boshlarida esa Xitoyning Fransiyadagi elchisi anonim maqolalar yordamida fransuz hukumati koronavirusga chalingan keksa kishilarni e’tiborsiz qoldirayotganida ayblab chiqdi. Xuddi shu oyda Avstraliya hukumati koronavirusning qayerdan kelib chiqqanini aniqlash borasida xalqaro tekshiruvlar o‘tkazilishi haqida gapirganda Kanberradagi elchi Avstraliyaga nisbatan boykot va iqtisodiy jazo choralari kiritish bilan tahdid qildi.

    Xitoy diplomatiyasining “jangari bo‘rilari” o‘zlarining ahmoqona harakatlari uchun hech qanday mukofot yoki moddiy manfaat olmasligi ham tayin. Ularning harakatlari Xitoy imijini na yaxshilay oladi, na pandemiyada Xitoyni ayblayotganlarning hujumlarini to‘xtata oladi. Aksincha, ularning xatti-harakatlari Xitoyning xalqaro siyosatdagi obro‘siga ziyon yetkazmoqda.

    Xitoy nega diplomatiyaga yondashuvini o‘zgartirmoqda savolining bir necha sabablari mavjud. Birinchidan, tarixiy o‘ziga ishonchning yo‘qligi va yaqin atrofdagi mamlakatlarga iqtisodiy hamda geosiyosiy ta’siridan faxrlanishdan aqlini yo‘qotadigan darajada bo‘lishning birlashuvi natijasidir. Xitoy o‘tmishda bir necha yuz yilliklar mobaynida tahqirlangan mamlakat bo‘lib keldi. Bugun iqtisodiy va geosiyosiy qudratga ega bo‘lib borayotgan mamlakat sifatida esa o‘tmishdagi yetkazilgan azoblarni unutmaganligidir.

    Bugungi Xitoy esa uni barcha birdek hurmat qilishlariga erishish uchun harakat qilmoqda, garchi ayrim g‘arb davlatlari Xitoy tomonga tosh otayotgan bo‘lsa-da. Ikkinchidan, bugungi Xitoy rejimi siyosiy sadoqatga urg‘u bermoqda. Janob Sining markazlashgan hokimiyati bugun diplomatlariga ular o‘z vazifalarini qay darajada to‘la to‘kis bajarayotganiga emas, aksincha, ularning Xitoy rahbariga qay darajada sodiq qolayotganini inobatga olmoqda. O‘tgan yili Si Yuy Xitoy tashqi ishlar vazirligi partiya kotibligiga tayinladi. Aslida esa Si Yuyda diplomatik tajriba ham, uquv ham yo‘q. Avvallari esa bunday lavozimga tajribali diplomat olib kelinar edi.

    Xitoylik diplomatlar Xitoy mafkurasi targ‘iboti bilan shug‘ullanar ekan, bu ularning haqiqiy vatan oldidagi missiyasiga zid bo‘lsa-da, rejim davrida omon qolish haqida ko‘proq xavotirga tushmoqda. Xitoy kommunistik partiyasi qabul qilgan tajovuzkor targ‘ibot diplomatiyasi biror-bir ishkalga yo‘liqadigan bo‘lsa, bu mamlakatda siyosiy dasturning noto‘g‘riligida emas, balki tanlangan taktikaning noto‘g‘ri ekanligida, deb bong urilmoqda. Xitoy diplomatlari esa siyosiy dissidentga aylanib qolish nechog‘lik qimmatga tushishini ancha yaxshi bilib qolgan. Xitoy o‘z diplomatlarini “tanlangan taktikadagi xatolari” sababli jazolaydigan bo‘lsa, kelajakda Xitoyning kelajagi uchun eng “iflos” ishni qiladiganlarda kommunistik partiyaga xohish qolmaydi.

    Bundan kelib chiqadigan mantiq esa diplomatlarning muvaffaqiyatsizligi uchun rejim ularga o‘zlarini oqlash imkonini bermoqda va natijada ular xorijda eng yomon siyosatni ildiz otishiga yordamlashmoqda. Nuqsonlarni ko‘rsatish uchun esa Xitoyda erkin matbuot taqiqlangan. Shunday ekan xitoylik diplomatlar xato diplomatiyasidan xalqning oldida kulgiga qolishdan emas, aksincha, o‘z xo‘jayinlarining e’tiboridan qolishdan ko‘proq qo‘rqadigan bo‘lib bormoqda. Bu esa katta xatodir.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    13.06.2020, 10:16   Izoh (0)   78205
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh rasmiylari harbiylarni Iroqdan olib chiqib ketish davom etishini ma’lum qildi

    13.06.2020, 08:46

    Qozog‘iston 20-iyundan boshlab xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

    13.06.2020, 06:25

    Olmazorni aylangan Mirziyoyev, atrofi o‘ralgan Cherchill, ajabtovur dizaynli himoya niqoblari. 12-iyun suratlari

    12.06.2020, 23:57

    Shimoliy Koreya AQSh bilan munosabatlari “umidsizlik nuqtasi”ga yetganini ma’lum qildi

    12.06.2020, 22:08

    Tramp amerikaliklarning Afg‘onistondagi harakatlarini tergov qilayotgan Xalqaro jinoyat sudi xodimlariga sanksiyalar qo‘llashga ruxsat berdi

    12.06.2020, 21:38

    Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 510 ming kishidan oshdi

    12.06.2020, 17:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHdagi kompaniya havodan benzin olishni taklif qilmoqda

    Dunyo | 29 may, 20:10

    Uch qahramon: adabiyot va kinodagi arxetiplar

    O‘zbekiston | 29 may, 19:30

    Buxoroga Xitoydan 24 dona zamonaviy avtobus xarid qilindi

    O‘zbekiston | 29 may, 19:40

    Xorazmda 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 29 may, 19:25

    Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari samolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 29 may, 19:15

    117 kun davom etgan ochlik — sovet tuzumi tanqidchisi bo‘lgan yozuvchining taqdiri qanday kechgandi?

    Dunyo | 29 may, 19:00

    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

    Reklama | 29 may, 18:00

    Hayotni tubdan o‘zgartirib yuborgan daholar haqidagi 6 ta film va serial

    Madaniyat | 29 may, 18:55

    Nyu Yorkda shahar aholisiga kommunal to‘lovlarni bitkoin orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi

    Dunyo | 29 may, 18:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.