• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chegara bilmas koronavirus, Idlibdagi mojaro, Oltinsoy voqealari, “Oskar”ni egallab olgan “Parazitlar”. Fevral nimalari bilan esda qoldi?

    Va nihoyat 2020-yilning ikkinchi oyi ham o‘z poyoniga yetmoqda. Yanvar oyi singari fevral reytingi ham qiziq voqea-hodisalar bilan to‘ldi. Quyida yuz bergan voqealarning ba’zilarini tahlil qilishga urinib ko‘ramiz.

    Koronavirus vasvasasi

    Fevral oyi yanvardek koronavirus atrofidagi xabarlar, vahimalar, raqamlar fonida boshlandi. O‘tgan oydan buyon  keng tarqalayotgan yangi virus atrofidagi voqeliklar fevral oyining birinchi dekadasiga nisbatan pasaygani kuzatildi. Bir qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham Xitoydagi fuqarolarni evakuatsiya qildi. 4—6-fevral kunlari Xitoyning Uxan hamda Pekin shaharlaridan charter reyslari amalga oshirildi. Xitoydan olib kelingan fuqarolar Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus tayyorlab qo‘yilgan muassasalarda 14 kun davomida karantin ostiga olindi. Ular belgilangan vaqt davomida maxsus tekshiruvlardan o‘tkazildi va birortasida ham virus aniqlanmadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ammo evakuatsiyadan hamma ham birdek rozi emas. Jumladan, Ukrainaning Poltava viloyatida odamlar evakuatsiya qilinganlar ketayotgan avtobusni belgilangan hududga kiritmaslik maqsadida yo‘lini to‘sib chiqqani shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

    Fevral oyining ikkinchi va uchinchi dekadalari koronavirusning dunyo bo‘ylab keng tarqalishi haqidagi xabarlarga to‘lib ketdi. Xitoydan tashqaridagi mamlakatlarda kasallik tarqalishi va o‘lim holati bo‘yicha Janubiy Koreya (kasallanganlar 2 ming nafardan oshib ketdi, 13 kishi vafot etdi) va Eron (95 kishi kasallandi, 15 kishi vafot etdi) mamlakatlari yetakchilik qilmoqda.

    Yevropa davlatlari orasida esa Italiya eng ko‘p koronavirus qayd etilgan mamlakat bo‘lib qolmoqda. Italiyaliklar orasida 220 nafarga yaqin kishi kasallangan bo‘lsa, shulardan 167 nafari birgina Lombardiya viloyatiga to‘g‘ri keladi. Lombardiya Yevropada koronavirusning o‘chog‘i bo‘lishi mumkin. Mamlakatda olti kishi halok bo‘ldi. Italiyada birinchi o‘lim 21-fevral, juma kuni, qayd etilgan edi. Shundan so‘ng mamlakat sakkizta shaharni turistlar uchun yopiq deb e’lon qildi va bir qator futbol uchrashuvlari bekor bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Ko‘rshapalak sho‘rva, koronavirusning 25 ming qurboni, otib tashlanayotgan kasallar. Koronavirus haqida yana qanday feyk xabarlar tarqatildi?
    • Koronaviruslarning manbai ko‘pincha ko‘rshapalaklar bo‘lgan. Nega?
    • O‘latdan koronavirusgacha. Karantinlar qachon paydo bo‘lgan?
    • Xitoy koronavirusi bo‘yicha 27-fevralning asosiy xabarlari
    • Xitoy koronavirusi bo‘yicha 26-fevralning asosiy xabarlari
    24-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda 80 mingdan ortiq kishi virusni yuqtirib olgan bo‘lsa, 2619 tasi vafot etdi. Vafot etganlar orasida 28 nafari Xitoydan tashqaridagi mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu raqamlar yana ortishi mumkin. Shuningdek, shu kuni yana bir qator davlatlar — Afg‘oniston, Iroq, Kuvayt va Bahraynda ham virus yuqtirganlar aniqlandi. Pokiston Eronning Qum viloyati bilan chegara qismidagi ziyoratchilardan iborat 200 kishini karantin ostiga oldi.

    Xitoy hukumati esa koronavirus tarqalishiga olib kelgan yovvoyi hayvonlar sababli barcha turdagi yovvoyi hayvonlar savdosi va iste’molini zudlik bilan butunlay taqiqlashga qaror qildi. Shuningdek, har yili 5-martda o‘tadigan Kommunistik partiyaning yalpi majlisining noma’lum muddatga qoldirganini e’lon qildi. Aytishlaricha, Xitoy kommunistik rejim ostida hali hech qachon bunchalik inqiroz yoqasiga kelib qolmagan edi.

    Yana bir qiziq ma’lumot, kasallik bundan buyon COVID-19 degan maxsus kodli nom bilan ataladigan bo‘ldi. Voqealar rivojining bu tarzda keskin tus olishini hech kim kutmagan edi va ko‘rinishidan muammo tez orada hal bo‘ladiganga o‘xshamaydi.

    Idlib — eski mojaroning yangi nuqtasi

    Butun dunyo koronavirus bilan ovora bo‘lib turganidan foydalangan Suriya harbiy kuchlari 3-fevral kuni demilitarizatsiyalangan hudud hisoblangan Idlib provinsiyasidagi Saqorib shahrida joylashgan Turkiya harbiy bazasiga qarata raketa zarbalari berdi. Raketa hujumlari natijasida besh nafar askar va uch nafar turk harbiy kuchlarining mas’ul xodimi halok bo‘ldi. Bunga javoban esa turk harbiylari 46 ta Suriya qo‘shinlari pozitsiyasiga 222 ta raketa zarbasi berdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 35 nafarga yaqin Suriya harbiysi halok bo‘lganini aytdi. Suriya bo‘yicha inson huquqlari tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra esa bu raqam 12 nafarni tashkil etdi. Ammo har ikkala ma’lumot ham Suriya hukumati tomonidan tan olinmadi. Aynan mana shu voqealardan keyin Suriya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar biroz taranglashdi. Bu bilan hodisalar yakunlanmadi. Bir qator harbiy amaliyotlardan keyin Suriya qo‘shinlari 11-fevral kuni shaharni egallab, u yerda o‘z nazoratini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

    Fevral oyida davom etgan to‘qnashuvlar oqibatida turkiyalik 16 nafar harbiy halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Turkiya bir necha haftadan buyon Suriya shimolidagi Idlib provinsiyasida harbiy amaliyotlarda ishtirok etmoqda. Turkiyaning bunday qarorga kelishiga esa 2019-yilning dekabr oyidan buyon Suriya hukumatining Idlibni qayta egallash uchun boshlagan amaliyotlari sabab bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • OAV: Turkiya harbiylari Idlibda Suriya otryadini yo‘q qildi
    • O‘n to‘rtinchi rus—turk urushi kelib chiqadimi? Siyosatshunos Mixail Magid sharhlaydi
    • Suriya qurolli muxolifoti Idlib janubi-sharqida hukumat qo‘shinlariga hujum uyushtirdi
    2018-yil sentabrda Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida Idlibda o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuvga erishilgan, Idlib harbiy harakatlardan holi hudud, deya tan olingan edi. Turkiya harbiy qo‘shinlarining viloyat hududiga kiritilishiga sabab qilib o‘z chegarasidagi xavfsizlik masalalarini ko‘rsatdi. Shuningdek, mintaqada vujudga keladigan har qanday harbiy amaliyot Turkiya hududiga qochoqlar oqimini kuchaytirib yuborishi ham mumkin. Bugungi kungacha Turkiya o‘z hududiga 3,7 million suriyalik qochoqlarni qabul qildi.

    19-fevral kuni Prezident Erdo‘g‘on Suriya harbiylariga qarshi zarba berish bilan tahdid qildi. Bunga javoban esa Putin Erdo‘g‘onni Suriya hududidagi “terrorchi” guruhlarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Shuningdek, Turkiya va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Myunxenda o‘tgan xavfsizlik sammitida Suriyadagi vaziyat yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

    Taranglikka qaramay, ikkala taraf ham Suriyadagi vaziyatning chigallashib ketishini xohlamaydi. Bugungi kunda Suriya masalasi bo‘yicha yetakchi tashqi kuchlar aynan Rossiya va Turkiya bo‘lib turibdi. Rossiya rasmiy Damashq hukumatini qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya, asosan, musulmon sunniylardan iborat hukumatga qarshi kuchlarni qo‘llab keladi.

    Qozog‘istondagi etnik mojaro

    Sobiq Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan so‘ng Markaziy Osiyo hududi bir necha bor etnik mojarolar maydoniga aylandi. Shunday etnik mojarolardan biri 7-fevral kuni Qozog‘istonning Jambul viloyati Masanchi qishlog‘ida yuz berdi. Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegarasi yaqinida qozoqlar va do‘nganlar o‘rtasida kuchli to‘qnashuv bo‘ldi.

    To‘qnashuvga do‘nganlarning qozoq millatiga mansub qariyani kaltaklagani sabab bo‘lgani aytildi. To‘qnashuv oqibatida jami 10 kishi halok bo‘ldi, 137 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Jarohatlanganlardan 37 nafari shifoxonaga yotqizildi. Masanchi qishlog‘ida yashaydigan do‘nganlarning ko‘pchiligi Qirg‘iziston huzuriga qochib o‘tdi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dan ortiq uy, 15 ta savdo obyekti hamda 23 ta avtomashinaga zarar yetkazilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Masanchi qishlog‘ida, asosan, kelib chiqishi xitoylik musulmonlardan bo‘lgan do‘nganlar istiqomat qiladi. Ular XIX asrda Xitoy hukumati ta’qibidan qochib Markaziy Osiyo, jumladan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston hududiga kelib o‘rnashgan.

    Mavzuga doir: Qozog‘istonning ommaviy tartibsizlik sodir bo‘lgan viloyatida vaziyat barqaror ekanligi aytilmoqda

    Ushbu voqealardan keyin O‘zbekistondagi taniqli blogerlardan biri, tilshunos va jurnalist Eldor Asanov o‘z blogida do‘nganlar haqida maqola yozib qoldirgandi.

    Oltinsoydagi adolatsizlik

    15-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi “Xalqobod” mahallasida mahalliy aholi va ichki ishlar hamda hokimiyat organi xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergani haqidagi video tarqaldi. Mojaroning sababi esa ekin ekiladigan yer-maydonlarda mahalliy aholi tomonidan qurilgan noqonuniy turar joy binolarinining buzilishi bo‘lgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, ushbu yer maydonlari avvalgi hokimiyat xodimlari tomonidan fuqarolarga noqonuniy ravishda sotilgan. Ammo oxirida mahalliy aholi aybsiz aybdorga aylanib qolgan. Voqea matbuotda, jumladan, saytimizda ham batafsil yoritilgani uchun tafsilotlarga to‘xtalib o‘tirmaymiz. Bu haqda bir qator siyosiy arboblar, Oliy Majlis deputatlari ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ular orasida Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirovning fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans keltirib chiqardi.

    Mavzuga doir:

    • Oltinsoy voqeasi: IIV Rossiyada yurgan fuqaroni ham aybladi, aholi esa tuman IIB boshlig‘i odamlarga qo‘l ko‘targanini ta’kidlamoqda
    • “Fuqaroga meni saylamagansiz deyish noto‘g‘ri”. O‘zLiDeP yetakchisi hamkasbi Alisher Qodirovning shov-shuvli bayonotiga munosabat bildirdi
    Aslida, bunday holatlarda deputatlarning munosabat bildirishi juda muhim hodisa hisoblanadi. Chunki mahalliy hokimiyat tomonidan ta’qib va tazyiqqa uchragan xalq deputatlar “himoyasi”ga muhtoj bo‘ladi. Deputat, birinchi navbatda, xalq vakili bo‘lgani uchun xalq manfaatlarini ilgari surishi lozim. Qodirov esa ayni shu paytda keskin bayonot berib katta xatoga yo‘l qo‘ydi.

    Ayniqsa, uning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi savol beruvchiga qarata aytgan “meni siz saylamagansiz” qabilidagi gaplari tabiiyki ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi. Oltinsoyda odamlarning uyi buzilishi borasidagi qarorlar va “noqonuniy” deb topilayotgan yer maydonlarida qurilgan uy-joylar birinchisi emas. Bunday hol yillar davomida butun respublika hududida keng tarqalgan hodisa edi.

    Ayni shu voqealar, ya’ni Oltinsoydagi oddiy fuqarolarning uyi buzilishi fonida rossiyalik bir guruh xokkeychilarga va’da qilingan Tashkent City hududidagi uylarning kaliti tantanali topshirilishi juda qiziq chiqdi.

    Gollivuddan “Oskar”ni tortib olgan “Parazitlar”

    9-fevral kuni AQShning Los-Anjeles shahridagi Dolby teatrida 92-an’anaviy “Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi “Oskar” mukofotini topshirish marosimi ham o‘tgan yilgisi singari boshlovchilarsiz tashkil qilindi. Marosimning o‘ziga xos jihati shundaki, unda mukofot tarixida ilk bor Gollivudda suratga olinmagan film yilning eng yaxshi filmi deb topildi. Janubiy koreyalik rejissor Pon Jun Xo tomonidan suratga olingan “Parazitlar” filmi 4 ta nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topildi: eng yaxshi film, eng yaxshi xorijiy film, eng yaxshi rejissorlik ishi va eng yaxshi ssenariy uchun.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ko‘pchilik kutganidek, yilning eng yaxshi aktyori deb “Joker” filmida bosh rolni ijro etgan Xoakin Feniks tan olingan bo‘lsa, eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida “Judi Garlend” filmidagi Judi roli uchun Rene Zellveger g‘olib deb topildi. Mashhur aktyor, “Troya” filmidagi roli bilan tanilgan Bred Pit “Bir paytlar Gollivudda” filmidagi roli uchun eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor nominatsiyasi g‘olibi deb e’lon qilindi.

    Mavzuga doir: Tramp Janubiy Koreyaning “Parazitlar” filmi “Oskar”ga loyiq ko‘rilganidan norozi ekanligini ma’lum qildi

    Navoiyxonlik va Babur Day

    Bu oy O‘zbekistonda ham madaniy tadbirlar har yilgidek Alisher Navoiy va Bobur tavalludi sanalariga to‘g‘ri keldi.

    9-fevral Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan bir qator tadbirlar uyushtirildi. Navoiy haykali oldiga yig‘ilgan jamoatchilik kengashi vakillari, san’atkorlar, shoir va yozuvchilar shoirning g‘azallaridan namunalar o‘qidi.

    14-fevral kuni esa shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanasi ko‘lami jihatidan Alisher Navoiynikidan farq qilsa-da, ijtimoiy tarmoqlardagi Happy Babur Day maxsus heshtegi orqali juda mashhur bo‘ldi. Bir necha yildan buyon ijtimoiy tarmoqlarda shunday heshteg o‘tkazish odat tusiga kirib qoldi.

    Bu yil hatto xorijlik diplomatlar ham bunga e’tibor qaratdi. Avvaliga AQSh elchisi Deniel Rozenblum Alisher Navoiy ijodidan namunalarni o‘zbek tilida o‘qigan bo‘lsa, Buyuk Britaniya elchisi ijtimoy tarmoqqa Happy Babur Day heshtegli suratini joylashtirdi. Bu esa tarmoq foydalanuvchilarining e’tiboridan chetda qolmadi. Jumladan, taniqli bloger, Alimoff Telegram kanali asoschisi Nurbek Alimov o‘z kanalida quyidagicha izoh qoldirdi:

    “Boburiylar sulolasini yo‘qotib yuborganlar Bobur kunini nishonlamoqda) Qiziqda dunyoning ishlari”.

    Mana, yana bir oyni ham ortda qoldirdik. Keladigan oy esa barchaga yaxshiliklar bilan kelsin.

    Avvalgi oylar sharhi: Yong‘inlar to‘xtadi, tojvirus epidemiyasi boshlandi. Sulaymoniy o‘ldi, Haysam ibn Tariq yashadi. Yanvar nimalar bilan esda qoldi?

    29.02.2020, 08:47   Izoh (0)   79018
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    16-martdan Toshkentdan Tataristonga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

    29.02.2020, 08:14

    “Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarish”. Sherzod Shermatov Jizzaxdagi o‘quvchilar sochini chizg‘ich bilan o‘lchash holatiga munosabat bildirdi

    29.02.2020, 07:15

    Qozog‘istonda ag‘darilib ketgan avtobusda 14 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgani ma’lum qilindi

    28.02.2020, 23:24

    Namanganda soxta DXX xodimlarining bir fuqaroni qo‘rqitib 150 ming dollar pulni olib qo‘ygani fosh bo‘ldi (video)

    28.02.2020, 23:08

    Senat Oliy sud sudyaligiga ikki nomzodni tasdiqladi

    28.02.2020, 22:53

    Erkinjon Turdimov: Ular “bomj”ga aylanib, kimlarningdir “qurol”i bo‘lib qolyapti

    28.02.2020, 22:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAAda ajrashish uchun rekord miqdorda tovon puli belgilandi

    Dunyo | 12 may, 12:10

    Mbappe “Real”ning 30 yillik natijasini takrorladi

    Sport | 12 may, 11:47

    O‘zbekistonda nogironligi borlarni ishga qabul qilganlarga 1-iyundan subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:43

    Kongo DRdagi suv toshqinlarida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    Dunyo | 12 may, 11:38

    “Sumerki” yulduzi Teylor Lotner hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    Kino | 12 may, 11:24

    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

    Reklama | 12 may, 10:30

    O‘zbekistonda 13-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:15

    Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab Uzbekistan Airways parvozlarida majburiy o‘zgarishlar bo‘ladi

    O‘zbekiston | 12 may, 10:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.