• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Futbol

    Angliyada YCHL yo‘llanmasi uchun kurash avjida: poygada “Chelsi”, “Siti”, Arsenal” va yana 3 jamoa bor

    Ushbu mavsumda Angliya Premyer Ligasida chempionlik masalasida intriga yo‘qoldi. Ko‘plab mutaxassislar mavsum o‘rtasida “Liverpul” chempionlikni qo‘lga kiritishini taxmin qilgan bo‘lsa-da, ular aprel oyida buni rasmiylashtirdi. Ammo chempionatda bitta intriga bor — Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash. Musobaqa yakunlanishiga 2 tur qoldi, ammo keyingi mavsum Angliyadan qaysi jamoalar klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirda qatnashishiga aniqlik kiritilmagan.

    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images

    Bu yil Angliya Premyer Ligasidan birdaniga 5 ta klub mazkur chempionatga yo‘l oladi. Shuningdek, Yevropa Ligasi g‘olibi — “Manchester Yunayted” yoki “Tottenhem” ham qo‘shimcha kvota sifatida Chempionlar Ligasida qatnashadi. Hozircha unda qatnashadigan bir jamoa nomi ma’lum — “Liverpul”. Qolgan 4 ta yo‘llanma uchun 6 ta klub bahslarga kirishgan. Muhim eslatma, agar jamoalarning ochkolari teng bo‘lib qolgan taqdirda asosiy ko‘rsatkich sifatida musobaqadagi to‘plar farqi hisobga olinadi.

    “Arsenal” – 99,9%

    Mikel Arteta jamoasi uchun Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi deyarli kafolatlangan. Oxirgi ikki turda kimga qarshi o‘ynashidan qat’i nazar, “kanonirlar” musobaqa chiptasini qo‘ldan chiqarishi imkonsiz. Hatto qolgan ikkala o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrasa-da, kuchli beshlikdan tushib ketish ehtimoli past.

    Foto: Getty Images

    Bunga asosiy sabab — “Nottingem” va “Chelsi” o‘zaro to‘qnash kelishi, ya’ni ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahsda qaysidar jamoa yoki ikkalasi ham ochko yo‘qotadi. Agar navbatdagi turlarda “Nottingem” g‘alaba qozonib, “Arsenal” yutqazsa ham, to‘plar farqi “kanonirlar” foydasiga qoladi. Shu bois London grandining keyingi mavsum YCHLda qatnashishi deyarli aniq, lekin nazariy jihatdan qolganlarda imkoniyat bor. Keyingi turda “Arsenal” buni 100 foizga aniq qilishi kutilmoqda.

    “Nyukasl” – 95,5%

    Eddi Hau shogirdlari mavsum oxiriga kelib yaxshi sport formasiga kirib oldi. Joelintonning jarohatiga qaramay, klub kuchli o‘yin namoyish qilmoqda. Oldinda “qarg‘alar”ni “Arsenal”ga qarshi safardagi o‘yin va “Everton”ga qarshi uy uchrashuvi kutib turibdi.

    “Nyukasl” Yevropa Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyati yaxshi. Agar ular navbatdagi bahslarda bitta g‘alabani qo‘lga kiritsa, buni rasmiylashtiradi.

    Foto: Getty Images

    Ba’zi ssenariylarda hattoki bitta durang ham kifoya qiladi. Bu “Chelsi” va “Nottingem” o‘rtasidagi bahs hamda “Aston Villa”ning to‘plar farqidagi yomon natijasi evaziga qo‘lga kiritilishi mumkin. Agar ular ikki bahsda ham mag‘lubiyatga uchrasa-da, nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib qoladi. Lekin buning ehtimoli juda past.

    “Manchester Siti” – 92,7%

    Pep Gvardiola jamoasi mavsum o‘rtalarida inqirozga uchragan edi. Biroq keyinchalik holatni barqarorlashtirishdi va ayni payda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun juda yaqin turibdi.

    Foto: Getty Images

    “Shaharliklar”ning hisobida “Nyukasl”dan 1 ta kam ochko bor. Lekin bu jamoalardagi holat deyarli bir xil — qolgan 2 bahsda 1 ta g‘alaba yetarli. Uchrashuvlar esa unchalik kuchli bo‘lmagan jamoalarga qarshi: “Bornmut” bilan uyda va “Fulhem”ga qarshi safarda. Agar “Siti” ikkala bahsda ham imkoniyatni boy bersa, YCHL yo‘li deyarli yopiladi. Lekin mavsum so‘nggi ekanligi hamda raqib jamoalar o‘rtamiyona ekanligi hisobiga “shaharliklar”ning holatini yomon deb bo‘lmaydi.

    “Chelsi” – 56,3%

    Enso Mareska boshchiligidagi “Chelsi” ayni payt turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Bu holatda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun so‘nggi ikki o‘yinda faqat g‘alaba zarur. Agar “Chelsi” 6 ochko to‘plasa, deyarli kafolatlangan holda musobaqa chiptasini qo‘lga kiritadi. 

    Foto: Getty Images

    Nazariy jihatdan “Aston Villa” ham 6 ochko to‘plab, to‘plar farqi evaziga London klubini quvib o‘tishi mumkin. Ammo hozir “Chelsi” raqibidan 12 ta gol farqi bilan oldinda. Uning uchun “Villa” keyingi ikki uchrashuvda kamida 15 marta gol urib, o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormaslik talab qilinadi. Ammo bunday ssenariyni amalga oshish foizi 0 ga teng. 

    Shu bois, “aristokratlar” qolgan ikki bellashuvda o‘zi uchun kerakli ochkolarni qo‘lga kiritsa kifoya qiladi. Londonliklar so‘nggi turlarda “Manchester Yunayted” (uyda) va “Nottingem Forest” (safarda)ga qarshi maydonga tushishadi.

    “Aston Villa” – 37,9%

    Unai Emeri jamoasi ushbu mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi darajasida o‘yin ko‘rsata olshini isbotladi. Ular turnirda ajoyib qatnashib, chorak finalgacha yetib keldi. Biroq bu mavsum musobaqa uchun yo‘llanma olish oson kechmayapti. “Aston Villa”ni oldinda “Tottenhem” (uyda) va “Manchester Yunayted” (safarda) bilan o‘yinlar kutmoqda.

    Foto: Getty Images

    Raqiblar hozirda yaxshi formada emas, biroq “Villa”ning YCHLga chiqishi uchun faqat o‘z o‘yinlarigi g‘alaba yetarli emas. Yuqorida aytilganidek, ularda to‘plar farqi juda yomon. Agar turnirga borishni istasa, juda yirik hisoblarda g‘alaba qozonishi talab etiladi. Lekin bu juda qiyin. Masalan, “Chelsi” 8:0 yutqazib, “Villa” 8:0 yutsa ham, bu ssenariy amalda ro‘y berishi qiyin.

    Eng real variant — raqiblar, xususan “Siti” yoki “Chelsi” ochko yo‘qotishi va “Villa” bundan foydalanishi.

    “Nottingem Forest” – 17,8%

    “Nottingem” uzoq vaqt kuchli uchlikda yurdi. Ammo so‘nggi haftalarda natijalar keskin pasaydi: 6 turda atigi 1 ta g‘alaba. Endi esa ular Chempionlar Ligasi uchun raqiblarining omadsizlikka uchrashini kutishi kerak.

    Jamoa uchun yaxshi tomoni — “Chelsi” bilan bevosita to‘qnashuv mavjudligi. Ya’ni bu o‘yinda g‘alaba qozonish orqali bevosita raqibdan ochko tortib olish mumkin.

    Foto: Getty Images

    Biroq bunga erishish uchun avval “Vest Hem”ni safarda mag‘lub etish talab etiladi. So‘ng “Chelsi” ustidan g‘alaba va raqiblar — “Villa” yoki “Chelsi”ning boshqa o‘yinlarda ham ochko yo‘qotishini kutishi talab etiladi.

    Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Angliya Premyer Ligasida chempion nomi oldinroq ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash oxirgi turlargacha saqlanib qoldi. “Liverpul” allaqachon YCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Endilikda qolgan to‘rtta o‘rin uchun “Arsenal”, “Nyukasl”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Aston Villa” va “Nottingem Forest” klublari o‘z imkoniyatlarini ishga solmoqda.

    Eng qulay holat “Arsenal” va “Nyukasl”da – ular deyarli Chempionlar Ligasi ishtirokchisiga aylanib bo‘lgan. “Manchester Siti” ham yakuniy bosqichda kerakli ochkolarni qo‘lga kiritsa, asosiy vazifani uddalaydi. “Chelsi” esa o‘z qo‘lida bo‘lgan imkoniyatni boy bermaslikka harakat qiladi – ayniqsa, “Nottingem” bilan hal qiluvchi o‘yin hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. “Aston Villa” va “Nottingem Forest” esa raqiblarning xatolariga umid qilmoqda.

    Shunday qilib, yakuniy ikki tur futbol ishqibozlari uchun yuqori darajadagi intriga va kutilmagan burilishlarga boy bo‘lishi aniq. Qaysi jamoa musobaqa yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi — barchasi maydondagi o‘yinlarda hal bo‘ladi.

    16 may, 11:21   Izoh (0)   4009
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Chelsi#Manchester Siti#Abduqodir Husanov#Arsenal#APL#YCHL

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Akanji “Manchester Siti”da debyut qilgan Abduqodir Husanovni o‘yin davomida qanday ruhlantirganini aytdi

    27 yanvar, 11:00

    “Unga vaqt kerak edi” — Gvardiola Husanov haqida fikr bildirdi

    27 yanvar, 18:14

    Taniqli karikaturachi Omar Momani Abduqodir Husanov haqida karikatura chizdi (foto)

    28 yanvar, 09:07

    Yoshko Gvardiol Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

    29 yanvar, 08:50

    Gvardiola va De Bryuyne “Arsenal”ga qarshi o‘yindan avval Husanov haqida fikr bildirdi

    2 fevral, 16:49

    Gvardiola “Arsenal”dan uchralgan mag‘lubiyat va Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

    3 fevral, 09:18

    An’anaga aylangan mo‘jiza. “Real”ning kambeklari — bu endi tasodif emas, klub DNKsining bir qismi

    11 fevral, 15:41

    Gvardiola Abduqodir Husanov qaysi jihatini rivojlantirishi kerak ekanini aytdi

    17 fevral, 15:41

    Gvardiola “Tottenhem”ga qarshi uchrashuv oldidan Abduqodir Husanov haqida gapirdi

    26 fevral, 10:26

    Maksim Shatskix: “Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”ning kelajagi”

    6 mart, 18:49

    UEFA o‘tgan mavsum eng ko‘p maosh to‘lagan klublar ro‘yxatini e’lon qildi

    7 mart, 19:14

    APL. Superkompyuter Angliya chempionati g‘olibi qaysi jamoa bo‘lishini taxmin qildi

    11 mart, 15:03

    Yozgi transfer oynasi paytida top jamoalarga o‘tishi mumkin bo‘lgan hujumchilar 

    12 mart, 13:35

    Maydonda haqiqiy jangchi, hayotda esa kamtar va vazmin yigit – Abduqodir Husanov 

    14 mart, 18:26

    Holand “Manchester Siti”dan “Real”ga ketmoqchi — manba

    18 mart, 08:07

    Transfermarkt: APLda narxida eng ko‘p o‘zgarish bo‘lgan futbolchilar

    19 mart, 14:20

    “Chelsi” “Real”ning ikki futbolchisi uchun 180 million yevro to‘lamoqchi

    20 mart, 17:20

    Yamal va Pedri “Barselona” rahbariyatidan bir futbolchini xarid qilishni talab qilmoqda 

    30 mart, 14:40

    21-asrning eng zo‘r hujum triosi aniqlandi

    8 aprel, 08:38

    APL klubi Rodrigo uchun 120 mln yevro taklif qilishga tayyor  

    10 aprel, 12:30

    Chempionlar Ligasi tarixidagi yirik remontadalar: “Arsenal”ga qarshi bahsda “Real” uchun hali hammasi yakunlanmadi

    11 aprel, 15:20

    Gollivudning eng boy otalari pullarini nimaga sarflaydi?

    12 aprel, 16:57

    “Azar — Messi va Ronaldu bilan bir xil darajada edi” — Jon Terri

    12 aprel, 14:36

    “Roma” YCHL uchun tayyorgarlik boshladi. Klub yozda kimlarni xarid qilmoqchi?

    11 may, 15:29

    Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi hayoti: yomon start, lekin katta umidlar

    14 may, 17:25

    “Manchester Yunayted” keyingi mavsum transferlar uchun qancha sarflamoqchiligi ma’lum bo‘ldi

    15 may, 14:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.